Alisher Navoiy So’zdirki nishon berur o’likka jondin


Download 16.57 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi16.57 Kb.
#1344592
Bog'liq
Kerakli


Alisher Navoiy

So’zdirki nishon berur o’likka jondin,


So’zdirki xabar berur jonga jonondin,
Insonni so’z ayladi judo hayvondin,
Bilgin gavhari sharifroq yo’q ondin.

So‘zdurki, nishon berur o‘lukka jondin,


So‘zdurki, berur jonga xabar jonondin.
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq, yo‘q ondin.

Har kimsaki, so‘z demak shiorida durur,


Ma’no guli nutqining bahorida durur.
So‘zkim, demasun ulki ixtiyorida durur,
So‘z yaxshiligi chu ixtisorida durur.

So‘zdan kishining g‘amu balo hosilidur,


Har nuqtada tili desa, balo doxilidur.
Besirfa degan kishiga tili qotilidur,
Alqissaki, kimsaning balosi tilidur.

Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar,


Har nechaki ag‘yor durur, uni yor aylar.
So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar,
Yumshog‘i ko‘ngullarni giriftor aylar.

So‘zdin o‘lukning tanida ruhi pok


Ruh dog‘i tan aro so‘zdin halok.

Vazifa:
Makorim-ul axloq - G’iyosdiddin Xondamir




Kimki bir ko‘ngli buzug'ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka'ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.
Garchi xalq ozodasimen, yor agar bandarn desa,
Andin ortuq anglakim, bir banda ozod aylagay.
Yordin har kimki bir so‘z der, tuganmasdin burun,
Istaramkim, avvalidin yona bunyod aylagay.
Yor hijronidin o‘lgumdur, bu nav ermish sazo,
Ul kishigakim, biravga o‘zni mu'tod aylagay.
Necha sabr avroqi yozg'ay ko‘nglum-u bir oh ila,
Sarsari ishqing yetib, borini barbod aylagay.
Shayxdin zuhdi riyoyi kasb o‘lur, yo Rab, qani,
Dayr pirikim, fano rasmini irshod aylagay.
Odam avlodida kamdur odamiyliq shevasi,
Odam ermas, ulki mayli odamizod aylagay.
Ne balodurkim, falak har kimga cheksa tig'i kin,
Yongilib avval mening jonimg'a bedod aylagay.
Besha ichra devlar maqtuli o‘lsun, ey pari,
Gar Navoiy yona azmi Astrobod aylagay.

Manba https://tafakkur.net/kimki-bir-kongli-buzugning/alisher-navoiy.uz

Ochmag'ay erding jamoli...
Ochmag'ay erding jamoli olamoro koshki,
Solmag'ay erding bori olamda g'avg'o koshki.
Chun jamoling jilvasi olamg'a soldi rustaxez,
Qilmag'ay erdi ko‘zum ani tomosho koshki.
Bo‘lmag'ay erdi ko‘zum o‘tlug' yuzung ko‘rgan zamon,
Ishqing o‘ti shu'lasi ko‘nglimda paydo koshki.
Aylagach ishqing balosi zor ko‘nglimni hazin,
Qilmag'ay erding meni mahzung'a parvo koshki.
Tushmag'ay erdi firibomez lutfung bilmayin,
Notavon ko‘nglumga vaslingdin tamanno koshki.
Lutf ila ko‘nglumni vaslingdin talabgor aylabon,
Qilmag'ay erding yana zulm oshkoro koshki.
Bevafolig' aylag'ach ishqingni ko‘nglum tark etib,
Qilmag'ay erdi o‘zin olamda rasvo koshki.
Emdikim devona-yu rasvoyi olam bo‘lmisham,
Vasl chun mumkin yo‘q o‘lturgay bu savdo koshki.
Ey Navoiy, bevafodur yor, bas, ne foyda,
Nechakim desang agar yoxud magar yo koshki

Manba https://tafakkur.net/ochmagay-erding-jamoli/alisher-navoiy.uz

Ashraqat min…
Ashraqat min aksi shamsil-ka’si anvorul-hudo,
Yor aksin mayda ko‘r deb, jomdin chiqdi sado.
G‘ayr naqshidin ko‘ngil jomida bo‘lsa zangi g‘am,
Yo‘qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g‘amzudo.
Ey, xush ul maykim, anga zarf o‘lsa bir sing‘an safol,
Jom o‘lur getinamo, Jamshid, ani ichkan gado.
Jom-u may gar bo‘yladur, ul jom uchun qilmoq bo‘lur,
Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.
Dayr aro hush ahli rasvo bo‘lg‘ali, ey mug‘bacha,
Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido.
Toki ul maydin ko‘ngil jomida bo‘lg‘ach jilvagar
Chehrayi maqsudi mahv o‘lg‘ay hamul dam moado.
Vahdate bo‘lg‘ay muyassar may bila jom ichkarim,
Jom-u may lafzin degan bir ism ila qilg‘ay ado.
Sen gumon qilg‘andin o‘zga jom-u may mavjud erur,
Bilmayin naf etma bu mayxona ahlin, zohido.
Tashnalab o‘lma Navoiy, chun azal soqiysidur,
“Ishrabu, yo ayyuhal-atshon” kelur har dam nido

Manba https://tafakkur.net/ashraqat-min/alisher-navoiy.uz
Download 16.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling