21-oktyabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sanaga bag‘ishlab tayyorlangan
“Til bilgan - el bilar” mavzusidagi tadbir dasturi.
Sahna bezaklari: Mavzu yozilgan baner, kitoblar vistavkasi hamda gullar bilan bezatilgan. Slaydlar namoyishi boshlanadi.
Davlatimiz madyiyasi yangraydi.
Sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar.
1-boshlovchi: Assalom, ey olam, feruza osmon,
Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar.
Kamtarin davrada bugun mehmonsiz,
Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.
2-boshlovchi: Assalom azizlar, do‘st-u yoronlar
Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,
Oltin boshingizda Humo qush ko‘rdik
Ulug` anjumanda Sizni xush ko‘rdik.
1 -boshlovchi: Zargarimsan, gavharimsan, so`zimsan,
Oq-qorani tanituvchi ko‘zimsan.
Pok tuprog`im, rizq-u ro‘zim, tuzimsan
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim
2-boshlovchi: Qon qardoshlar davrasida o‘rning bor,
O‘z bayrog`ing, madhiyang bor, tug`ing bor,
Mardliging bor, subuting bor, qadring bor
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim
1 -boshlovchi: Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar! Qadrli mehmonlar!
21-oktyabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sanaga bag‘ishlab tayyorlangan
“Ona tilim qalbim quyoshi” mavzusidagi adabiy-badiiy kechamizga xush kelibsizlar.
2 -boshlovchi: Bu yil ushbu tarixiy va muborak sanaga 25 yil to‘ladi. Bugungi shodiyona kun bilan tabriklash uchun ilk tabrik so‘zini ________________________________________________ beramiz. Marhamat Uztoz.
Alla aytiladi.
Endigi navbat xorijiy tillarni o‘rganishga da’vat etuvchi qo`shiqqa. Avaz O`tar she`ri . Komiljon Otaniyozov musiqasi. Ijro etadi Hamza Saidov.
Do'stlaringiz bilan baham: |