Mustaqil ish. Fonetik tarkibi o’zaro farqli bo’lgan bir necha so’z toping, ulardagi tovushlarning shakllantiruvchi va tanituvchi vazifalarini tushuntirish. Namun a: Tol


Download 0.66 Mb.
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1307896
  1   2   3   4
Bog'liq
Fonetika.1-kurs.3-a


Mustaqil ish. Fonetik tarkibi o’zaro farqli bo’lgan bir necha so’z toping, ulardagi tovushlarning shakllantiruvchi va tanituvchi vazifalarini tushuntirish.
N a m u n a:
Tol va tor. Bu so’zlarning ikkalasida uchtadan tovush bor, ikkalasi ham bir bo’g’inli so’zlardir. Demak, tovushlar bo’g’inlar miqdori teng, ammo birinchi so’zdagi «L» bilan ikkinchi so’zdagi «R» tovushlari shu ikki so’zning fonetik qobig’ni, binobarin, ularning ma’nolarini ham farqlamoqda. Bu hol shu so’zlar tarkibidagi tovushlarning shakllantiruvchi va tanituvchi vazifalaridan kelib chiqqan.
1.Daladan biron yumush bilan qaytgan xizmatkorlar bunda qо‘nar edi. (O.) 2. Buni qarangki, uyam futbolgohga tushgan ekan. (N.Aminov) 3. Piyola sinsa, chegalab ishlatish mumkin, ammo siniqning izi yо‘qolmaydi. (T.Malik) 4. – Yо‘q madaniyatsizlik bо‘lmasin, avval bu kishini. (SH.) 5. Bu narsada hazillashib bо‘lmaydi. (T. Malik) 6. Barglarda ilinib qolgan tomchilar javhar singari yaltillaydi. (T.Malik) 7. Toshkentda ishchilarimizning faoliyati kundan kun oshganini fahmlayman. (O.) 8. – Bundan chiqdi, о‘g‘lingiz akalarim frontda deb, bilgan noma’qulchiligini qilaverishi mumkin? (O.) 9. Qochqinni tutibdilar, ammo bir kishining irodasizligi tufayli bugun orol aholisining hamma yuz о‘g‘iribdi-yu, bordi-keldi qilmay qо‘yibdi. (J.Abd.)
1-mashq. Matnni o’qing, ajratib ko’rsatilgan so’zlarning segment birliklarini aniqlang. Supersegment birliklarini toping.
Berilgan gaplardan enklitik elementlarni aniqlang. Badiiy asalardan misollar toping.
O’ylab ko’ring, supersegment birliklar ma’noga qay darajada ta’sir qiladi? Badiiy asarlardan misollar topib izohlang.
Bir bor ekan, bir yo’q ekan qadim o’tgan zamonda bir podshoh bo’lgan ekan. Shuncha xalqi bo’lgani bilan judayam qo’rqoq ekan. Bir kuni uning mamlakatiga yov bostirib kela boshlabdi. Podshoh o’z fuqarolariga yordam berish o’rniga vatanni tashlab qochmoqchi bo’libdi. Nobakor bu shohning qilmishi xalq uchun juda qimmatga tushib, yurt yovlar qo’liga o’tib ketgan ekan.
1. Vokalizm nima?
2. O’zbek adabiy tili vokalizmi qaysi fonemalarni o’z ichiga oladi?
3. Unli fonemalar undoshlardan qanday farqlanadi?
4. Unli fonemalar tasnifi nimalarga asoslanadi?
5. Lablarning ishtirokiga ko’ra unlilar qanday turlarga bo’linadi?
6. Tilning tik (vertikal) harakatiga ko’ra unlilar qanday farqlanadi?
7. Tilning yotiq (gorizontal) harakatiga ko’ra unlilarning qanday turlari bor?
8. Tasnifga asos bo’lgan qaysi belgilar fonologik xarakterdadir?
9. Qaysi belgi o’z holicha fonologik xususiyatga ega emas?
10. O’zbek tilshunosligida hozirgi o’zbek adabiy tili vokalizmiga oid qanday masalalar munozarali bo’lib kelmoqda?

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling