1-topshiriq. Savollarga javob bering.
1-mashq. Matnda ajratib ko’rasatilgan so’zlarning tarkibidagi unililarni tavsiflang.
O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li to’rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:
• umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
• xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
• insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
• vatanparvarlik.
N a m u n a: Yangilash so’zida a unlisi (birinchi va uchinchi bo’g’inlarda) va i unlisi (ikkinchi bo’g’inda) qo’llangan: a unlisi -lablanmagan, quyi keng, old qator; i unlisi – lablanmagan, yuqori (tor), old qator. Barcha bo’g’inlarda bu ikki unli o’zining asosiy (tipik) ottenkasida reallashgan.
2-t o p sh i r i q. Mustaqil ish. Bir unli fonema bilan farqlanuvchi bir bo’g’inli so’zlardan (kvaziomonimlardan) bir nechasini toping. Ulardagi unlilarga tasnif asosida tavsif bering, so’z ma’nolarini farqlashdagi vazifasini tushuntiring.
Davom ettiring…
Fokus…
Bo’g’in cho’qqisi…
Fonema ottenkalari…
Alveolar…
Uvular…
Faringal…
Korrelatsiya…
Sonant…
Neytralizatsiya…
Artikulatsiya…
Affrikata…
Yumuq fokusli burun tovushi…
1. Konsonantizm nima?
2. Hozirgi o’zbek adabiy tili konsonantizmi qanday undoshlardan tarkib topgan?
3. Undosh fonemalarning qaysi belgilari tasnifga asos bo’lgan?
4. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlarning turlari?
5. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlarning turlari?
6. Ovoz paychalari ishtirokiga ko’ra undoshlarning turlari?
7. Ovoz va shovqin munosabatiga ko’ra undoshlarning turlari?
8. O’zbek tili konsonantizmidagi munozarali masalalar?
1-t o p sh i r i q. Tegishli adabiyotlardan savollarga javob toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |