1-mashq. Matnda ajratib ko’rsatilgan so’zlar tarkibidagi undoshlarni tavsiflang.
Markaziy Osiyo xalqlari uzoq tarixga egadir. Eramizdan avvalgi 1 minginchi yillarda bu o’lkada, yunon manbalarida ko’rsatilishicha, skif (sak) lar deb nomlangan xalqlar istiqomat qilgan. Lekin aholi o’zi yashagan joyning nomiga qarab turlicha atalgani ham adabiyotlarda keltiriladi. Masalan, Amudaryoning quyisida yashaganlar g` xorazmliklar; Zarafshon vodiysida yashaganlar g` sug’dlar; Murg’ob daryosi vodiysida yashaganlar − margianlar; Farg’ona vodiysida yashaganlar − parkanlar kabi nomlar bilan ma’lum bo’lgan.
N a m u n a: Markaziy so’zi tarkibida m, r, k, z, y undoshlari qo’llangan: M undoshi 1) hosil bo’lish o’rniga ko’ra – lab-lab (bilabial); 2) hosil bo’lish usuliga ko’ra —portlovchi; 3) un paychalari ishtirokiga ko’ra − jarangli; 4) ovoz bilan shovqinning ishtirokiga ko’ra − sonor. (Boshqa undoshlarga ham shu tartibda tavsif berilsin).
2-mashq. Bir undosh bilan farqlanuvchi bir bo’g’inli so’zlardan (kvaziomonimlardan) bir nechasini topib, ulardagi undoshlarni tavsiflang.
9- mashq. She’riy parchada qatnashgan undosh fonemalarni paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra tasnif qilib sxemada ifodalang.
Mehnat bilan zar bo‘ldi tuprog‘im mening,
Bo‘lmas xazon bu yashnagan bog‘im mening.
Ketdi dildan eski qayg‘u dog‘im mening,
Past bo‘lmagay baxtim, buyuk tog‘im mening.
Ozod elim, ozod vatan, dorilomon,
Bo‘ldi ajab saodatli yangi zamon.
O‘z erkida ishlaydi hur xalqim omon,
G‘ayrat bilan bog‘landi belbog‘im mening.
(Habibiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |