Til dil kaliti
Download 65.73 Kb.
|
TIL BAYRAMI SSENARIYSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vergul”
- 1-boshlovchi
1-boshlovchi: Davramizga yanada ko’tarinki ruhda davom etishi uchun Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’olonidan ” olingan parchaga beramiz.
2-boshlovchi: Sahnaga 5-sinf o‘quvchilarni taklif qilamiz. Ularning “Fikrlar bekati” mushoirasi nomli ko’rinishlariga beramiz. “Vergul”: Shoshmang, meni demang norasida, o‘rnim tengdosh bo‘laklarning orasida… “Qo‘shtirnoqlar”: Ko‘chirma gap ketolmaydi bizdan qochib, uni doim olamiz keng quchoq ochib… “Tire”: Dialogda mening eng ko‘p turar joyim, yana ma’no takrorlansa, men bor doim… “So‘roq-undov”: Xushsurat, xush odobmiz, go‘yoki bir quyosh-obmiz. Kerak paytlar birlashib, ham savol, ham javobmiz. “Nuqta”: Fikrlarning bekati – Nuqtadirman, Har darak gap oxirida to‘xtaydurman. Gapim tamom, bundan bo‘lak menga ne bor, O‘ylaymanki, so‘zim qolmas bee’tibor. 1-boshlovchi:5-sinflar ijrosidagi raqsga beramiz.( Bayram haqidagi qo’shiqqa raqs) 2-boshlovchi: (Sahna ko‘rinishi. Shoh va mulozimlari kirib keladi). Shoh: — Menga dunyodagi eng lazzatli taomni keltiring. (Vazirlar maslahatlashib, til go‘shtidan taom pishirib keldilar). Shoh (tatib ko‘rib): — Bu qanday etdurkim, mazasi rohati jondur? 1- vazir: — Bir qoshiq qonimdan keching, olampanoh! Bu — til go‘shtidan pishirilgan taom. Shoh: — Borakallo, aqlingizga tasanno! Endi meng‘a eng achchiq narsadan tayyorlangan taom keltiring. (Bu gal ham unga til go‘shtidan yemak keltirdilar). Shoh: — Bu taom nedan iborat? 2- vazir: — Ey, aqli bokaram zot! Bu gal ham til go‘shtidan taom tayyorladik. Zero, dunyoda achchiq so‘z, shafqatsiz tildan-da achchiqroq narsa bo‘lmas, deb fikr etdik, olampanoh. Shoh: — Ofarin, ofarin! Haqiqatan, dunyoda tildan-da shirin, tildan-da achchiq narsaning o‘zi bo‘lmas. 1-boshlovchi: Inson shunday oliy bir mavjudotki, unga aql-idrok, fahm-u farosat bilan birga so`zlay olish qobilyati ham berilgan. 2-boshlovchi: Ha, so`zning qudrati buyuk. U butun jahonni qo`lda tutmoqqa qodir. So`zdan qimmatliroq, undan ulug`roq kuch yo`q dunyoda. YULDUZ USMONOVA VATAN QO’SHIG’I Yakunlash so’z navbatini maktabimizning direktori Rahimov Ahadxon Abdullayevichga beramiz. Download 65.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling