Til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir


Download 13.86 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi13.86 Kb.
#1741275
Bog'liq
Til ijtimoiy, doim o\'zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir





Til ijtimoiy, doim ozgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir.
1-mashq. Matnni o’qing, undagi fikrlarga o’z munosabatingizni bildiring. O’zbek tilining taraqqiyoti haqida bilganlaringizni yozing.
Til – inson aqliy, ruhiy va amaliy faoliyatining quroli va harakatlantiruvchi kuchi, bu faoliyatnatijasi sifatidagi tajribalarning jamlovchisi va saqlovchisi, kishilar o’rtasidagi, ajdod va avlod orasidagi bilim-u axborot “oldi-berdisi”ning timsolsiz ta’minlovchisi. U yo’qolsa, tamaddun tugaydi, u salomat bo’lmasa, millat sochilib ketadi. Shuning uchun esi o’zida xalq, erki o’zida davlat til muhofazasini muhtasham maqsad deb biladi, uni taraqqiy qildirish qayg’usini bir on unutmaydi.
Mustaqil O’zbekiston davlati erkinlikning dastlabki yillaridanoq o’zbek tilining muhofazasi va taraqqiyoti uchun barcha qonuniy asoslarni yaratdi. Chorak asrdan oshdiki, o’zbek tili davlat tili sifatidagi o’ttiz ikki milliondan ortiq nufusning nufuzli tili maqomida rivoj topib bormoqda.
O’zbek tili istiqlol bois misli ko’rilmagantaraqqiy yo’lidan bormoqda, jamiyatimizning tubdan yangilanishi, ko’lamli islohotlar tilimizning yanada boyishiga omil bo’lmoqda. Shu bilan birga, dunyo miqyosida yuz berayotgan o’zgarishlarning ta’siridan ham tilimiz tashqarida emas, muayyan bir jamiyatyoki xalq doirasidagina emas, balki bugungi globallashuv zamonida jamiyatlar va xalqlar hayotida minglab yangidan yangi tushuncha-tasavvurlar paydo bo’lmoqda va ular hech qanday to’siqni pisand qilmay, sur’at bilan dunyoning turli burchaklariga yetib bormqda. Dunyoning qaysi bir burchagidagi til bo’lmasin, uning lug’at tarkibi mahalliy, mintaqaviy va global miqyosdagi ana shunday turfa o’zgarishlarga muvofiq ravishda kengayib, muntazam o’zgarib bormoqda va bu, albatta, tabiiy holatdir. So’ngi paytlarda, olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, insoniyat tasarrufidagi bilimlar hajmi har o’n yilda ikki barobarga ortib bormoqda va bu holat ham til tarkibining jadar sur’atlar bilan boyib borishiga olib kelmoqda.
Ma’lumki, tilning taraqqiyoti uning lug’at boyligida, bu boylikning ko’payishi, so’zlar ma’no tarkibining ko’lamdorlik kasb etishida, muayyan morfologik va sintaktik shakllarning rang-baranglashishi hamda me’yorlashishi kabi bir qancha jarayonlarda namoyon bo’ladi.(N.Mahmudov)
2-mashq. Turkiy til asoschisi hisoblangan Alisher Navoiy gaplarini o’qing va o’z fikrlaringizni bildiring.

  1. Baxtli va aqlli odam yosh umrini bekorga o’tkazmaydi, qiladigan ishlarini qilib, murodiga yetmasdan – bu dunyodan ketmaydi.(Xamsa, “Saddi Iskandariy”dostoni)

  2. O’spirinlik davri – mehnat-riyoziyot chog’idir, qarilik esa u dunyoga ketish arafasidir.(Xamsa, “Saddi Iskandariy”dostoni)

  3. Kimgaki, Tangridan rahm-shafqat yetar ekan, u o’zgalarning ahvolidan tajriba va ibrat oladi.(Xamsa, “Saddi Iskandariy”dostoni)

  4. Nafsi aqlidan ustun bo’lgan odamlarning soni ko’p bo’lsa ham, ammo xalq aqlli odamlarni hurmat qiladi, ularga yon bosadi.(Xamsa, “Saddi Iskandariy”dostoni)

  5. Yigitlik erur qulluq etmak chog’i,

Qariliq erur chunki ketmak chog’i.(Xamsa, “Saddi Iskandariy”dostoni)

  1. Musofir bo’l, ammo vatan ichra bo’l,

Tila xilvat-u anjuman ichra bo’l.(Xamsa, “Saddi Iskandariy”dostoni)

  1. O’z vujudingg’a tafakkur aylagil,

Har ne istarsen – o’zungdin istagil.(“Lison ut-tayr”)

  1. Insonni so’z ayladi judo hayvondin,

Bilkim, guhari sharifroq yo’q andin.

  1. Yomon so’zkim kelib jong’a urg’ay,

Ki jondin o’tib imong’a urg’ay.(Xamsa, “Hayrat ul-abror”)

  1. Har kimsadaki bo’lsa qanoat, g’am yo’q.(“Nazm ul-javohir”)


Download 13.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling