Mahalliy budjet xarajatlari tarkibi va ijtimoiy soha taraqiyotida tutgan o’rni va ahamiyati


Download 0.8 Mb.
bet1/9
Sana10.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1184750
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mahalliy budjet xarajatlari va optimallashtirish masalalari 2 2


MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………….… 3
ASOSIY QISM:

  1. Mahalliy budjet iqtisodiy mohiyati va vazifalari ……...…………...……..

  2. Mahalliy budjet xarajatlari tarkibi va ijtimoiy soha taraqiyotida tutgan o’rni va ahamiyati……………….……………….........................................................16

  1. Mahalliy byujedni tashkil qilishdagi muommolar.

  2. Mahalliy byudet xarajatlari tizimi va va ularni barqarorlashtirish masalalari……………….…………………………………………………32



XULOSA…………………………………………………………………...…….36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………….…37
KIRISH

Parlament yuqori palatasi a'zolari to‘rtinchi yalpi majlis doirasida “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqishdi.


Qonun prezidentning “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti barqarorligini ta'minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Qonunning qabul qilinishi koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta'minlash va ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda xarajatlarni optimallashtirish maqsadlariga xizmat qiladi.
Farmonga muvofiq Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilganligi munosabati bilan respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larning chegaralangan miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritilib, Qonunning 5-ilovasi yangi tahrirda berilmoqda.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining qarorlariga asosan ayrim davlat boshqaruv organlari tuzilmasida ma'muriy o‘zgartirishlar amalga oshirilganligi, shuningdek, yillik budjet to‘g‘risidagi qonun birinchi marta joriy etilishi munosabati bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan ayrim holatlardan kelib chiqib, boshqa o‘zgartirishlar ham kiritish zarurati paydo bo‘lgan.
Shuningdek, Prezident qaroriga asosan respublika hamda mahalliy budjetlardan amalga oshiriladigan xarajatlarni qisqartirish va davlat daromadlarini oshirish yuzasidan tegishli tadbirlar belgilangan va ular ijrosining huquqiy asoslari Qonunda belgilangan. Xususan, respublika budjetidan advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash, fermer xo‘jaliklari tomonidan iste'mol qilinadigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun hamda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun beriladigan subsidiyalar mahalliy budjetlar orqali moliyalashtirishi belgilanayotganligi sababli hududiy budjetlarga beriladigan transfertlar ko‘paytirilmoqda.
Mahalliy byudjet daromadlari mahalliy va umumdavlat soliqlari hisobiga shakllanadi. Mahalliy soliqlar va soliqsiz daromadlar mahalliy byudjet xarajatlarini qoplash uchun etarli emas, mahalliy byudjet daromadlarining asosiy qismini boshqariladigan daromadlar hisobiga ta’minlanadi. Bu soliqlar bo‘yicha ajratiladigan me’yorlar soliqlar va hududlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan bo‘ladi va har yili hukumat qarori asosida qayta ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda bu me’yorlarning yildan-yilga oshib borishini kuzatishimiz mumkin. Buni mahalliy byudjet xarajatlarini shu hududdan tushadigan soliqlar hisobiga qoplash va yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga transfertlar hajmini kamaytirish zaruriyati bilan izohlashimiz mumkin. Chunki, soliq bazasining yuqoriligi me’yorlarni past belgilashga sabab bo‘ladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlarini muctahkamlash borasida mahalliy hukumatning soliq undirish va soliq bazalarini kengaytirishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirishni oshirish, ya’ni ortiqcha undirilgan soliqlarning mahalliy byudjetlarga tushadigan qismini oshirishni yo‘lga qo‘yish yaxshi samara beradi. Ushbu kurs ishida mahalliy budjet xarajatlari va optimallashtirish masalalari mavzusi yoritilgan adabiyotlarni tahlil qilib yoritib berilgan.
Ushbu kurs ishida budjet xarajatlari va optimallashtirish masalalari yoritilib berilgan. Kurs ishimiz kirish, asosiy qism: 4 paragref, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


  1. Download 0.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling