"Til-ma'naviyat ko'zgusi" mavzusida ochiq dars ishlanmasi


Download 46.5 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi46.5 Kb.
#100464
Bog'liq
9a-sinfda


9A-sinfda “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” fanidan

"Til-ma'naviyat ko'zgusi" mavzusida ochiq dars ishlanmasi
Reja:

  1. So'z qadri

  2. "Davlat tili" to'g'risida"gi qonun.

  3. So'zlashganda boshqa millat va elatlarning tillarini hurmat qilish tushunchasi.

  4. Milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon boiishi.


Darsning maqsadi:
Ta'limiy: "Davlat tili to'g'risida"gi qonun, So'zlashganda boshqa millat va elatlarning tillarini hurmat qilishning mohiyati haqida. Milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'lishi.

Tarbiyaviy: Inson ma'naviyatini shakllanishida ona tilining o'rni beqiyos ekanligi tushuntiriladi. O'quvchilarda jamoat joyida va uyda o'z fikrini bildirishda odob-axloq qoidalariga rioya qilish malakalari shakllantiriladi.

Rivojlantiruvchi:Milliy-g'urar va iftixor tuyg'ulari yuksaltiriladi. Globallashuv jarayonida "ommaviy madaniyat" ona tilini yo'qolib ketishiga sabab bo'lishi mumkinligi haqida ma'Iumotlar beriladi.
Dars usuli: Aralash
Dars jihozi:
Didaktik: Prezident Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch" kitobi, qo'llanma, darslik, tarqatma savollar, vatman, marker, skotch va boshqa zaruriy buyumlar.

Darsning texnik chizmasi:


1.

T tashkiliy qism - 10 daqiqa.

2.

O' o’quvchilarni faollashtirish - 10 daqiqa.

3.

Y yangi mavzu bilan ishlash - 15 daqiqa.

4.

O' o’quvchilarni rag'batlantirish-5 daqiqa.

5.

U uyga vazifa - 5 daqiqa

Faollashtirish uchun savollar

  1. So'zlashuv odobi deganda nimani tushunasiz?

  2. Telefondagi so'zlashuv bilan odatdagi so'zlashuvning nima farqi va qanday umumiylik tomonlari bor?

  3. Maktabda, o'qituvchining savoliga javob berish uchun qo'l ko'tarish shartmi?

  4. Davlat tili deganda nimani tushunasiz?

  5. O'zbektiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?

  6. Davlat tili bilan birga yurtimizdagi barcha millat va elatlarning tillari rivojiga ham shart-sharoitlar yaratilganligining sababi nimada deb o'ylaysiz?

  7. Jamoat joyida, avtobusda, teatr va kino zalida, futbol tomoshasida yoki sport to'garagida qanday so'zlashgan ma'qul deb o'ylaysiz?

  8. Telefonda so'zlashganda "Da, hozir boraman, znaesh ya tebe pozvanyu, ladno, chao!" kabi so'zlarning ishlatilishiga munosabatingizni bildiring.

Savolarni o'quvchilarni guruhlarga bo'lib, har bir guruh uchun alohida berish mumkin.

O'quvchilarning har bir savolga bergan javoblari e'tiborsiz qoldirilmasligi lozim, javoblar umumlashtiriladi.



O'qituvchining xulosasi:

Ma'lumki, o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millatning ruhidir.

("Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch." Islom Karimov).

O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir.

O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf odatlari va an'analarini hurmat qilishni ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.(O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 4-modda)

Ibrat: «Nodon kishi lashkar nog'orasiga o'xshaydi: ovozi balandu ichi bo'm-bo'sh va g'arib». (Sa 'diy Sheroziy)



"Har bir millatning dunyoda borligini ko'rsatadurgan oinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmoqdir". (Abdulla Avloniy)

Uyga vazifa:

  1. Avtobusdagi qizchaning onasiga bo'lgan muomalasiga munosabat bildiring?

  2. Telefonda siz qanday so'zlashgan boiar edingiz?

  3. Telefondan qaysi vaqtlarda foydlanish to'g'ri hisoblanadi?

  4. Ushbu savolni oila a'zolaringiz bilan muhokama qiling.

  5. Odamning tashqi qiyofasi uning odobiga mos kelishi kerakmi?

  6. Quyidagi "da", labbay, eshitaman, qulog'im sizda, uzr keyin gaplashsak bo'ladimi?, men hozir avtobusdaman, xvatet boshqa telefon qilmang, ya nemogu seychas s vami razgovarivat - darsdaman, privet, poka-poka, xayr omon bo'ling, uchrashguncha xayr, assalomu alaykum, salom, ladno uchrashguncha so'zlaridan telefonda so'zlashish uchun ma'qul bo'lganlarini jadvalga soling.



Telefonda so'zlashishda ishlatiladi

Ishlatilmaydi







Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat

asoslari” fani o’qituvchisi: Ernazarova Yo.O.



Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling