Til millat-faxri
Download 15.81 Kb.
|
Til millat
Til millat-faxri 1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Respublikamiz Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu sana mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Shu bilan bir paytda tilimizning ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlash, yuksaltirish uchun ham beqiyos imkoniyati yaratildi. Har yili 21 oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Til-millatning borligini, uning tarixi haqida ma’lumot beruvchi vosita hamdir. Ayni damda orzu umidlarimiz, istiqlolimiz, qalbimiz oynasi hamdir. Shuning uchun, ona tilimizga doimo hurmat va e’tiborda bo‘lib, uning jamiyatimizdagi mavqeini yuksaltirishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Erdam boshi tildir”, ya’ni “Barcha fazilatlar, ezguliklar tildan boshlanadi” deyiladi. Tilimizning nafisligi, boyligi va ma’no nozikliklari hazrat Alisher Navoiy ijodida o‘zining yuksak ifodasini topdi. Ulug‘ mutafakkirning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida she’riyat va badiiyat tiliga nomunosib deb qaralgan tilimizning keng imkoniyatlari, jozibasi o‘ta nazokat bilan sharhlangan. «Layli va Majnun»da so‘z, demakki, til aytgan bilan sovumaydigan tarona, olgan bilan tugamaydigan xazina, deb ta’riflanadi: Aytib sovumas taronasen sen, Olib qurumas xizonasen sen. Til – millatning boyligi, tuganmas xazinasi, ko‘zgusi. Vatanimiz mustaqillikka erishgach, ona tilimiz o‘zining haqiqiy o‘rni va mavqeiga ega bo‘ldi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi. Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o‘zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning yo‘qolishini anglatadi. Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muammola vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham har bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi. Til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’analarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak bo‘ladi. “Xorijiy tillarni bilish insonning madaniyatidan, ziyoliligidan darak beradi. Ona tilini bilish esa har bir fuqaro oldidagi muqaddas burch”, deganida donishmandlar ming marta haq fikrni aytishgan. O‘zbek adabiy tili, o‘zbek adabiyotini rivojlantirish sohasida o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni yuksak darajada ado etgan Alisher Navoiy o‘zining ajoyib nazm durdonalarini, yuksak badiiy qimmatga ega bo‘lgan «Xazoyin-ul maoniy», «Xamsa» kabi asarlarini ona tilida yozish orqali o‘zbek tilining qudratini, uning boy tasviriy vosita va imkoniyatlarga ega ekanligini, to‘liq ma’noda badiiy adabiyot tili ekanligini amaliy tarzda isbotlab berdi. O‘z xalqi uchun uning madaniyati uchun va umuman kelgusi avlodlar uchun katta sharafli ishlarni amalga oshirdi, bu bilan faxrlanib: Turk nazmida chu tortib men alam, Ayladim ul mamlakatni yakqalam. yoki: Men ul menki, to turk bedodidur, Bu til birla to nazm bunyodidur. Falak ko‘rmadi men kabi nodire, Nizomiy kibn nazm aro qodire. deb ajoyib faxriyalar yozdi. Alloh taolo insonni yer yuzidagi mahluqotlari ichida eng afzali qilib yaratgan. Har bir berilgan ne’matlarni agar sanamoqchi bo‘lsak, batahqiq uning sanog‘iga yetolmaymiz. Alloh taolo insonni to‘la-to‘kis, mo‘‘tadil va eng chiroyli suratda yaratganligini o‘z kalomi Qur’oni karimda ochiq-oydin bayon qilgan. Insonda bo‘lgan buyuk ne’matlardan biri bu tildir. Alloh taolo bu haqida Qur’oni karimda quyidagicha bayon qiladi. «(Biz insonga) til va ikki labni (bermadikmi)?» (Balad surasi, 9-oyat). Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam bir kuni Abbos roziyallohu anhuga: «Go‘zalligingiz meni ajablantiradi» dedilar. U kishi: «Insonning go‘zalligi nima, ey Allohning Rasuli?» dedilar. Payg‘ambar Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam: «Uning tili» dedilar. Demak, ushbu hadisdan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, til insonning go‘zalligi hisoblanar ekan. Bu go‘zal ne’matdan bu dunyodagi hayotimizda chiroyli tarzda foydalanib, go‘zal amallar qilishga oshiqaylik! A.Naimov. Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Bundan 27 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan edi. Chunki, Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo singari buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib qolgan edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq prezidentimiz tomonidan o‘zbek tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qo‘yilib, bu ish amalga oshirilgan edi. Ona tilimiz – o‘zbek tiliga 1989 yil 21 oktyabrda davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Agar o‘shanda til to‘g‘risida qonun qabul qilinmaganda edi, o‘zbek tili ham tarix saxifalaridan joy olgan bo‘larmidi?!. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo‘llaniladigan so‘zlarni o‘z ichiga olgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” bu borada amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir. Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o‘zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning yo‘qolishini anglatadi. YuNYeSKO vakillarining so‘zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so‘zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo‘lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda so‘zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bo‘lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida so‘zlashuvchi aholining 80 foizi xamon o‘z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta’lim tizimida foydalanishning imkoniyati yo‘q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku aytmasa ham bo‘ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar o‘z tillaridan ko‘ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Bugun Internet tilining 81 foizi ingliz tiliga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, avvallari ham tillar paydo bo‘lgan, muammolada bo‘lib, ma’lum vaqtdan so‘ng yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin hozirgidek tillarning jadallik bilan yo‘qolishi tarixda kuzatilmagan. Yo‘qolib ketish havfida bo‘lgan tillarning saqlab qolish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning asosiy maqsadi ham madaniyatlar va tillar xilma-xilligini ta’minlashdan iboratdir. Chunki aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanib qoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o‘tmishi va madaniyati hurmat qilinadi. Tilshunoslar yo‘qolib ketish arafasida turgan tillarni saqlab qolishning imkoniyatlari hozircha qo‘ldan boy berilmaganini aytishadi. Tillarni saqlab qolish uchun esa, BMT ekspertlarining fikricha, bu tillardan ta’lim tizimida keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak. Download 15.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling