Til millatning ko‘zgusi. Milliy uyg‘onish davrining zabardast vakili Abdulla Avloniy aytganidek: Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotdur
Download 14.29 Kb.
|
Til millatning
Til millatning – ko‘zgusi. Milliy uyg‘onish davrining zabardast vakili Abdulla Avloniy aytganidek: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotdur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”. Demak, til faqatgina o‘tmishni emas, balki millatning buguni va ertasini ham ko‘rsatib bera oladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 mayda e’lon qilingan “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni 3-bandi 6-xatboshisida “Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish” vazifalari belgilandi. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, biz universitet talabalari lisoniy hodisalarni atroflicha tadqiq etishimiz va ularni kelajak avloga zamonaviy ta’lim vositalari yordamida o‘rgatishimiz lozim. Shu nuqtayi nazardan, mazkur bitiruv ishi mavzusi dolzarblik kasb etadi. Frazemalar smantikasi o‘ziga xos murakkab strukturaga ega. Frazeologik ma’noning murakkabligi frazemalarning leksik-semantik munosabatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Frazeologik ma’nolar o‘rtasdagi ziddiyat masalasi antonimiya chegarasidan chiqadiki, ularni so‘zlar kabi antonimiya hodisasi chegarasida o‘rganish keng qamrovli hodisani tor qolipga solgandek tuyuladi. Bizningcha, frazemalarning zid ma’no munosabatlarini antisemiya munosabati doirasida tadqiq etish o‘zbek tilshuosligi uchun dolzarb masala kasb etadi. Zero, tilshunosligimizda frazeologik ma’no munosabatlari alohida o‘rganilgan emas. Tadqiqot obyekti: frazemalarning ma’noviy munosabatlari. Tadqiqot predmeti: frazemalarning ma’noviy munosabatlaridagi ziddiyat. Tadqiqot maqsadi: frazemalarning qarama-qarshilikka asoslangan ma’noviy munosabatlarini tadqiq qilish. 4 Qo‘yilgan maqsadga asoslanib quyidagilar tadqiqot vazifalari qilib belgilandi: -ma’noviy ziddiyat haqidagi zamonaviy nazariyalarni to‘plash va umumlashtirish. -antisemiya munosabatining mohiyatini oydinlashtirish. -antisemiya va antonimiyaning farqli tomonlarini aniqlash -frazemalardagi turkumlanish muammosiga oid fikrlarni o‘rganish -frazemalardagi antisemik munosabatni ochib berish. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati: 1. Antisemiya haqidagi zamonaviy nazariyalar to‘plandi va umumlashtirildi. 2. Frazeologik ma’noning antonimik munosabatlari tahlil qilindi va bu masala bo‘yicha takliflar berildi. 3. Frazeologik ma’noning antonimik munosabatlari tahlil qilindi va bu masala bo‘yicha takliflar berildi. 4. Frazeologik ma’noning antisemik munosabatlari tahlil qilindi va bu masala bo‘yicha takliflar berildi. 5. Frazemalarning ma’noviy munosabatlari o‘qitishda noan’anaviy darslarning o‘rni tahlil qilindi, innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari o‘rganildi va tavsiyalar berildi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati quyidagilar bilan belgilanadi: a) ishning xulosa va tavsiyalaridan tilshunoslik nazariyasi bo‘yicha olib borilayotgan bitiruv malakaviy ishlar, kurs ishlarining yozilishida foydalanish mumkin; b) tadqiqot natijalari o‘rta maktab va akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan ona tili va o‘zbek adabiy tili fani darslariga tatbiq etilishi, tanlov fanlari matnlariga faktik material sifatida kiritilishi mumkin. Download 14.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling