Til millatning ko'zgusidir
Download 11.68 Kb.
|
TIL MILLATNING KOzgusi
"TIL MILLATNING KO'ZGUSIDIR" Assalomu Aleykum va rahmatulloh shirinzabon o'zbegim! Tomirida Imom Al Buxoriy,Hazrati Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuklar qoni oqayotgan o'zbegim! Qadim tariximizga nazar tashlasak,bizning diyorimiz, o'zining yuksak madaniyati bilan nom qozongan, barcha millat va elatlar bizning buyuk allomalarimiz, qoldirgan yuksak madaniyatdan,andoza olib havas qilishgan. Buning yorqin misoli,so'z mulkining sultoni, Hazrati Alisher Navoiyning,hayot yoli va yozgan asarlarini aytishimiz mumkin.Bugungi kunda, butun dunyo fan adabiyotlarida,Hazrati Alisher Navoiyning asarlari, juda katta qiziqish bilan o'rganilmoqda. Bizning shunday yuksak tariximiz va madaniyatimiz bor, lekin,bu yuksak madaniyatimiz,yillar o'tishi bilan,o'zining asl mohiyatini yo'qotib boryapti, hozirgi zamonaviy texnalogiyalar,ijtimoiy tarmoqlar,jadal rivojlanib borayotgan bir davrda,jamiyatimizga yot g'oya va madaniyatlar osongina kirib kelyapti,afsuski,bunday ma'naviy buzilishlar xalqimiz orasidagi, nutq bilan bog'liq holatlarda yaqqol namoyon bo'lyapti. Agar biz e'tibor bersak,oilaviy kelishmovchiliklarda, yoshlarimizning so'zlashuv jarayonida tilimiz bilan bo'gliq muammolarga ko'p duch kelmoqdamiz,hozirgi kundagi, yosh oilalarning buzilishiga ham,tilimizga chetdan kirib kelgan ma'nosi juda ham yomon bo'lgan, so'zlarning ishlatilishi sabab bo'lmoqda,bu kabi ma'naviy qoloqsizliklarga,afsuski ko'pchiligimiz e'tiborsizmiz. Men sizga xalqimiz orasidagi ommalshgan bir nechta, so'zlarni keltirib o'taman: 1)"Iflos"so'zi,xalqimiz orasida keng tarqalgan bo'lib, arab tilidan olingan,asl ma'nosi "hech narsasi yo'q, chorasiz" degan ma'noni beradi,Hadisi sharifda; "Rasululloh sallollohu alayhi vassallam, bu so'zni, qiyomatda nomai amolida, birorta ham yahshi amallari bo'lmagan bandaga nisbatan ishlatilishini aytganlar" Alloh o'zi asrasin bunday ayanchli holatga tushishligimizdan. 2)"Maraz" so'zi ham,bizda keng tarqalgan bo'lib, bu so'z ham arab tilidan kirib kelgan, ma'nosi "kasal,kasallangan" degan ma'nolarni beradi. Bu kabi ma'nosi yomon so'zlar,gapirsak juda ham ko'p, endi bir o'ylab,taffakkur qilaylik, biz bu kabi so'zlarni kuniga nechi marotaba ishlatib,bir-birimizga qanday muomila qilayotganimiz haqida o'ylab ko'raylik. Shu o'rinda Hazrati Alisher Navoiyning go'zal so'zlarini keltirib otsam: "Odamiy til bila sayr hayvondin mumtoz bo'lur va ham aning bila sayr insonga sarafroz bo'lur" Buyuk alloma,bu hikmatlari bilan,insonni hayvonlardan ustun tomoni tili va go'zal xulqida ekanligini ta'kidlaganlar. Yana bir xalqimiz suygan yozuvchi Abdulla Oripov ham o'zining buyuk asarlari bilan ma'naviyatimiz va madaniyatimizga ulkan hissa qo'shgan ularning "ONA TILIM"she'ri juda ham ta'sirli va yuksak saviyada yozilgan bo'lib,tilimiz munosib tarzda e'tirof etilgan: Ming yillarkim bulbul kalomi, O'zgarmaydi, yaxlit hamisha, Ammo sho'rlik to'tining holi, O'zgalarga taqlid hamisha, Ona tilim,sen borsan,shaksiz, Bulbul kuyin she'rga solaman. Sen yo'qolgan kuning,shubhasiz, Men ham to'ti bo'lib qolaman. Qarang,naqadar chiroyli va ma'noli so'zlar bizning shunday ulkan ma'naviy merosimiz va buyuk allomalarimiz bor, biz bularga loyiq bo'lishimiz uchun va yana shunday buyuklar yetishtirishimiz uchun qadriyatlarimizni va o'zligimizni anglashimiz kerak,bo'lmasa biz ham shoirimiz aytgandek,to'tining holiga aylanib qolamiz. Biz yosh avlod vakillari bugundan o'zimizni va atrofimizdagi insonlarni isloh qilib,yo'qolib borayotgan qadriyatlarimizni tiriltirishimiz lozim. So'zimning yakunini yurtimizning faxri,dunyo tan olgan alloma,dinimiz va ma'naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qoshgan olim,Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining so'zlari bilan yakunlasam: "Besharm ,behayo so'z va nojo'ya xatti-harakatlar ham mo'min kishining siymosiga to'g'ri kelmaydi." Maqola muallifi: Toshmatova Buhojarxon Ravshanbek qizi. Foydalanilgan adabiyotlar: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Odoblar Xazinasi". "An-naym"arab tili lug'ati. "UZBAZA.UZ"sayti. Download 11.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling