Til o‘rganishda texnologiyaning o‘rni


Download 21.49 Kb.
bet1/3
Sana11.11.2023
Hajmi21.49 Kb.
#1765763
  1   2   3
Bog'liq
tezis


Til o‘rganishda texnologiyaning o‘rni”
Annotatsiya: Ushbu tezisda innovatsion texnologiyalarning tasiri hamda til o'rganishning oson usullari ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, til o'rganishda innovatsion texnologiyalarning roli haqidagi malumotlarni olish mumkin.
Kalit so'zlar: interavtiv metod. ongli-qiyoslash metodi, lingvistik bilimlar, eshitish sezgisi-analizator, magnitofon, visual.
Аннотация: В тезисы показано влияние инновационных технологий и простых способов изучения языка. Вы также можете узнать о роли инновационных технологий в изучении языка.
Ключевые слова: интерактивный метод, когнитивно-сравнительный метод, лингвистические знания, слуховое восприятие, магнитофон, визуал.
Abstract: The thi thesis dicusses the effectiveness of innovative technologies and way for easy language learning and also, give the informations of the role of innovative technologies in improving learning skills
Key words: interactive method, method of conscious comparison, linguistic knowledge, auditory sense-analyzer, recorder, visual ability
KIRISH
1970-yillarda Oʻzbekistonda chet tillarini oʻqitishda jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Joriy yilda o‘zbek maktablari uchun original darsliklar mazmunini yaxshilash ishlari olib borildi. O‘tgan asrda chet tillarini o‘qitishda grammatika, talaffuz, ongli taqqoslash usullari qo‘llanilgan bo‘lsa, hozirgi texnologiya taraqqiyotida chet tilini o‘rganish ham izchil rivojlanmoqda, ya’ni yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanish izchil amalga oshirilmoqda. Hozirgi jadal rivojlanayotgan davrda fan va texnika jadal rivojlanmoqda. Har bir sohada yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, ilm-fan sohasida katta o‘zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘quvchilarga yetkazish bugungi ta’limning asosiy talablaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 2012 yil 13-dekabrda qabul qilingan PQ1875-son qaroridan so‘ng mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘qitish va o‘rganishga e’tibor yanada ortdi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi qarorida ham ta’lim va fan sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash, shuningdek, zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. nazarda tutilgan. Ana shu g‘oyalarning mantiqiy davomi sifatida Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirdi. bu saboqhaqida tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak.Tadqiqot jarayonida ilmiy bilimlarning mantiqiyligi, tarixiyligi, izchilligi va xolisligi usullaridan keng foydalanildi. Ushbu tezisda xorijiy tillarni o‘rganishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari haqidagi fikrlar tahlil qilindi. Jamol Jalilovning “Xorijiy til o‘qitish metodikasi” kitobi uslubiy manba sifatida belgilandi. Shu bilan birga Sh.M. Mirziyoyev asarlaridan keng foydalanildi.

Download 21.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling