Til qanday paydo bolgan, degan savolning javobi qadim zamonlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bu jumboqning yechimi juda murakkab bolib, uni inson nutqining paydo bolishi masalasi bilan tenglashtirib bolmaydi


Download 159.03 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi159.03 Kb.
#1104512
Bog'liq
Tilshunoslik. Tilning paydo bòlishi. Rahimova Gulsanam


Farg'ona davlat universiteti Xorijiy tili va adabiyoti fakulteti ingiliz tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich talabasi Rahimova Gulsanamning Tilshunoslik fanidan "Tilning paydo bo'lishi" mavzusida tayyorlagan taqdimoti
Til qanday paydo bolgan, degan savolning javobi qadim zamonlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bu jumboqning yechimi juda murakkab bolib, uni inson nutqining paydo bolishi masalasi bilan tenglashtirib bolmaydi. Yuqoridagi savol faqat tilshunoslik fanigagina tegishli bolib qolmay, bu muammo antropologiya, psixologiya, etnografiya kabi onlab fanlarning ham organish obyektidir. Hozirgacha yer yuzida umuman bashariyatga xos bolgan tilning qachon, qanday paydo bolganligi, dastlabki tillardagi sozlar, uning leksik, sintaktik, morfologik, semasiologik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va hal etilishi mumkin ham emas. Tilning paydo bolishi bilan ayrim aniq tillarning yoki til oilalarining paydo bolishi masalalarini aralashtirmaslik lozim.
Hozir yer yuzida mavjud bolgan millat, elatlarga tegishli jonli tillarning, ba’zi bir olik tillarning ham kelib chiqish tarixi organilgan, organilmoqda. Bu u qadar qiyin masala emas. Chunki ba’zi bir muayyan tillar va shi tillarga qardosh bolgan tillar turli davrlarda , har xil shart – sharoitlarda, bilvosita va bevosita sabablarga kora paydo bolgan.
Til~nutq~nutq sharoiti” aspektida olib borilgan uzoq yillik tadqiqotlar samarasiga tayangan holda komil ishonch bilan ayta olamizki, tilning paydo bolishi ong va jamiyatning paydo bolishi bilan, qolaversa, yer yuzida inson zotining paydo bolishi bilan uzviy bogliqdir. Ilmiy gepoteza(taxmin)lar odamning paydo bolish evolyutsiyasi va jamiyatning shakllanishini uch bosqichga bolib korsatadi:
Yuqori darajada taraqqiy etgan avstralopiteklar davri. Bu bosqichda ilk ibtidoiy odamlar ikki oyoqlab yurishga otib, tayoq, tosh,suyak parchalaridan qurol sifatida foydalanganlar. Bu bizdan ikki – uch million yil oldingi davrga togri keladi.
Paleantroplar bosqichi. Bu davrda paleantroplar, ya’ni eng qadimgi odamlar sun’iy qurollar, turar joy tayyorlaganlar, yirik hayvonlarni jamoa bolib ov qilish bilan shugullanganlar. Bu bizdan taxminan bir million yillar oldingi davrga togri keladi.
Hozirgi zamon kishilari bosqichi. Ilmiy taxminlar bu davr 40-50 ming yillar oldin paydo bola boshlaganligini korsatadi. Chamasi, bir million yillar avvalgi eng qadimgi odamlar uzoq va murakkab jarayon davomida insonga xos biologik hamda sotsial xususiyatlarga ega bola boshlaydilar. Aniq nutq ularga hayvonot dunyosidan ajralish, jamiyat bolib uyushish, uyushgan holatda mehnat qilish hamda tafakkurning rivojlanishiga turtki boladi.
Tilning paydo bolishi uchun faqat biologik zaminlargina emas, jamiyatning paydo bolishi ham nihoyatda zarur edi. Antropologiya (odam hamda irqning kelib chiqishini organuvchi fan), arxeologiya (tarixiy dalillar va madaniy yodgorliklar asosida odamning otmish tarixini organuvchi fan) fanlarning uzoq davrlardan beri olib borayotgan tekshirishlari, ilmiy izlanishlari natijasida kishilik tarixi ikki davrdan iborat degan fikrga kelingan. Bular – tarixgacha bolgan davr va tarixiy davr. Tarixgacha kishilarning ibtidoiy jamoa bolib yashashi ya’ni kishilik jamiyatining shakllanish, tiklanish, uyushish davridir.
Download 159.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling