Til strukturasida so'zning o'rni So'z va tushuncha


Download 51.92 Kb.
bet1/10
Sana02.06.2024
Hajmi51.92 Kb.
#1833533
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Til strukturasida so\'zning o\'rni So\'z va tushuncha-fayllar.org


Til strukturasida so'zning o'rni So'z va tushuncha

Leksika.


Reja:


  1. Til strukturasida so'zning o'rni


  2. So'z va tushuncha


  3. So'z ma'nolari o'rtasidagi munosabatlar

So'z tilning eng asosiy va markaziy birligidir. Tildagi barcha so'zlarning yig'indisi uning lug'at tarkibi yoki leksikasi (grekcha lexis – "so'z") deb ataladi. Tilshunoslik fanining tilning leksikasini o'rganuvchi bo'limi leksikologiya (grekcha lexis – "so'z" va logoc – "ta'limot") deyiladi. Tilning leksika­sini o'rganish juda keng soha bo'lib, u so'zlarning hosil bo'li­shi, lug'at sostavining boyishi va nutqda ishlatilishi, ma'nolar­ning o'zgarishi, torayishi va kengayishi, turli terminlarning qo'llanishi kabi bir qator masalalarni qamrab oladi. Shu tufayli leksikaning turli tomonlarini o'rganuvchi alohida soha­lar mavjud. Masalan, leksikologiyaning ma'no tomon­la­ri­ni o'rganuvchi soha mavjud bo'lib, bu semasiologiya (grekcha sema – "ma'no" yoki "belgi", logos – "ta'limot") deb ataladi.
So'zda tilning ifoda (tovush jihati) va mazmun jihatlari (ma'no tomoni) namoyon bo'ladi.
So'z tilning eng asosiy va markaziy birligi deb qaraladi. Chunki tildagi ko'pgina xususiyat va hodisa­larni o'rganish so'zni ilmiy tadqiq etish bilan boshlanadi. Tilning tovush strukturasini o'rganuvchi fonetika va fonologiyadagi birliklar o'z ma'nolariga ega bo'lmagani sababli bir tomonlama, ya'ni faqat ifoda jihati bilan chegaralangan birliklardir. Boshqa birliklar (so'z, so'z birikmasi, gap) esa ikki tomoniga – ifoda va mazmun jihatiga egadir. Binobarin, leksikologiya va sema­siologiya ko'p tarmoqli bo'lib, har tomonlama chuqur tek­shi­rishni taqozo qiladi.

So'z tilda turli funksiyalarni bajaradi. So'zlar­ning atash, ya'ni nominativ funksiyasi nominatsiya nazariyasi yoki ono­masiolo­giyada o'rganiladi. So'zlarning ekepressiv ma'no berish funksiyasi leksik stilistika yoki so'z stilistikasida qaraladi. So'zlarning kelib chiqishini o'rganuvchi soha etimologiya (grekcha etymon – haqiqat, logos – ta'limot) deb ataladi. Turg'un so'z birikmalari va iboralarni frazeologiya ilmiy tad­qiq qiladi. Tilning lug'at sostavidagi kishi nomlarini onomas­tika (grekcha onomastive – nom qo'yish san'ati), geografik nomlarni toponimika (grekcha topos – joy va onyma – nom) o'rganadi. Boshqa turli nomlarni o'rganuvchi sohalar ham mavjud.



Download 51.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling