Til va adabiyot ta’limiga yangicha nazar: anor islomova Dilnoza Ibragimjonovna
Download 17.64 Kb.
|
dilnoza islomova 53
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- “ANOR”
- Metod nomi 1-guruh 2-guruh 3-guruh
- Foydalanilgan adabiyotlar
TIL VA ADABIYOT TA’LIMIGA YANGICHA NAZAR: ANOR Islomova Dilnoza Ibragimjonovna 53-maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Farg’ona viloyati Bag’dod tumani XTB Annotatsiya. Maqolada maktab til va adabiyot ta’limidagi ayrim muammolar, ularning kelib chiqish omillari va yechimiga oid fikrlar bayon etilgan. Dars sifati va samaradorligini oshirishga hizmat qilivchi yangi metod haqida fikr ilgari surilgan. Kalit so’zlar: pedagogik texnologiya, ta’lim sifati, metod, usul, o’yin, ANOR, individual, guruhlarda ishlash, fikr, ommalashtirish, rag’batlantirish. Har bir fan o’zining uzluksiz taraqqiy etib borish bosqichlariga egadir. Bunda, albatta, fanning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan har qanday holat keng ko’lamdagi bahs-munozalarga boy bo’ladi. Bu jarayonda ilgari yaratilgan va hozirda yangi qirralari tadqiq etilgan mavzularning o’zaro munosabati bugungi kunda taraqqiyot bosqichi oldida turgan muammo va masalalar, ularni tadqiq etish yo’llari hamda bu borada ilgari surilgan fikrlar ilm ahlining diqqatida turadi. Biz shunday tezkor zamonda yashayapmizki, davrning o’zi hozirgi yosh avloddan fikrlash va bilimlarni tezkor namoyish etishni talab qilar ekan, o’quvchilarda bu bilimlarni rivojlantirish uchun dunyo bilan hamqadam holda yangi usul va metodlardan foydalanish oldimizda turgan birlamchi vazifalardandir. Ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri ta’lim-tarbiya jarayonini yangi pedagogic texnologiyalar bilan ta’minlash, ta’lim tizimining ilg’or tajribalarini o’rganish va ularni dars jarayoniga tadbiq etishdan iboratdir. Ba’zan o’qituvchining zamonaviy o’qitish usullarini mavzuga va o’quvchilarga mos tanlamasligi oqibatida darsdan ko’zlangan maqsadga erisha olmaslik holati kuzatiladi. Natijada o’quvchilarda ushbu fandan qoniqmaslik hissi paydo bo’ladi va o’zlashtirish pasayadi. Ayrim holatlarda esa 45 daqiqalik dars jarayonida bir nechta metodlardan foydalanishga harakat qilinadi. Bu esa darslikdan uzoqlashib, faqat o’yin bilan band bo’lib qolishga olib keladi. O’qituvchining mahorati shundaki, u birgina metod orqali ham mavzuning butun murakkabligini o’quvchining ongiga singdira oladi. Quyida e’tiboringizga darslarimda qo’llash orqali samarali natijaga erishgan “ANOR” metodini havola etsam. “ANOR” metodi. Bu usuldan har qanday yangi mavzuni o’rganib kelgandan so’ng darsning mustahkamlash qismida individual yoki o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lgan holda foydalanishimiz mumkin. A-aytish N-namoyish O-ommalashtirish R-rag’batlantirish. Guruhlarda ishlash. O’quvchilar 3 yoki 4 guruhga bo’linadi. 1-guruh mavzuga oid so’z aytadi va unga misol keltiradi. Keyingi guruhlar esa shunga o’xshash misollarni topib aytishlari kerak bo’ladi. Masalan, yordamchi so’zlar mavzusini mustahkamlash qismini quyidagicha o’tkazish mumkin.
O’yinni shu tarzda keyingi guruhlarlar davom ettiradilar. O’yin uchun 5-10 daqiqa vaqt ajratish mumkin. Bu usulni sinf doskasida yozma shaklda yoki yoki yuqoridagidek jadval ko’rinishida qog’ozga tayyorlab o’tkazish ham mumkin. Bunda o’quvchilarga maxsus qog’ozchalar tarqatiladi. Javoblar shu qog’ozchalarga yozilib jadvaldagi cho’ntakchalarga solinadi. Topshiriqni to’g’ri bajargan o’quvchilar yoki o’quvchilar guruhi anor shaklidagi rag’bat kartochkalariga ega bo’ladilar. Ana shunda o’qituvchi guruhidagi o’quvchilari bilan erkin va mazmunli fikr almashishi, bilim berishi uchun vaqt yetarli bo’ladi. Eng ko’p anor to’plagan o’quvchilar yoki o’quvchilar guruhi dars qahramoni hisoblanadi. O’ylaymanki, an’anaviy ta’lim usullaridan farqli o’laroq, bu usullar o’qituvchi bilan o’quvchining darsda keng, ayrim o’rinlarda o’quvchining o’qituvchidan ham faolroq ishtirok etishiga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. 8-sinf Ona tili darsligi Toshkent, O’qituvchi: 2019. 2. www.ziyouz.com Download 17.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling