Til va madaniyat


Rus va turkiy xalqlar o‘rtasidagi aloqalar


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

 Rus va turkiy xalqlar o‘rtasidagi aloqalar
Qadimgi davrlarda boshlangan slavyan va turkiy xalqlarning 
o‘zaro munosabatlari yozuv yodgorliklari, shuningdek, zamonaviy 
adabiyotlarda aks etadi. Bu manbalar xalqning tarixiy xotirasini 
tiklashga imkon beradi va rus tili tarixidagi leksik-semantik 
jarayonlarni tavsiflaydi.
Darhaqiqat, turkizmlar rus tiliga antik davrlar, yozma 
yodnomalar paydo bo‘lishidan ancha oldin kirib kelgan. Ularning 
tarixi hozirgi Rossiya hududi, Volga va Qora dengiz cho‘llari bilan 
chegaradosh o‘rmon-dasht mintaqalarida yashovchi xalqlarning 
ajdodlariga borib taqaladi.
Turkolog N.Baskakov turkiy qabilalarning Sharqiy slavyan 
tillarida, rus, ukrain va belorus lug‘atlarida sezilarli iz qoldirganligini 
hamda shu tillarning frazeologiyasi va grammatikasiga maʼlum 
darajada taʼsir ko‘rsatganligini qayd etadi. 
Dastlab rus tilidagi turkizmlar (qozoq, tatar, qrim-tatarcha


52
Baxtiyor ABDUSHUKUROV, Lobar ARALOVA 
turkcha so‘zlar) haqida XV-XVIII asrlarda yozila boshlandi. Bu 
so‘zlarning rus tiliga kirishi rus xalqining Qozoq, Qrim xonliklari 
va Turkiya bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalarning mustahkam-
lanishi, o‘sishi natijasida yuz berdi. Shunday qilib, XIX asrga qadar 
turkiyzabon davlatlar bilan til aloqalari mustahkamlanib, Rossiyada 
turkiy tillarni biladigan tarjimonlar va diplomatik xodimlar o‘qitildi.
N.А.Baskakov tasnifiga asoslanib, rus va turkiy tillar 
aloqalaridagi rivojlanishni quyidagi davrlarga ajratish mumkin:
Birinchisi, Kiyev Rusidan oldingi davr (I-VIII asr)da slavyan 
lahjalarining eron va fin qabilalari dialektlari hamda turkiy qabilalar 
lahjalari bilan o‘zaro munosabatlari shakllangan. 
Ikkinchisi, Kiyev Rusining paydo bo‘lish davri. Qadimgi rus 
tilining, birinchi navbatda, turkiy qabila ittifoqlari - pecheneg tillari, 
keyin esa polovets (qipchoqlar)lar tili bilan yaqin aloqalari yo‘lga 
qo‘yilgan. Bu davrda basurman, poyabzal, qamish kabi turkiy so‘zlar 
o‘zlasha boshlagan.
Uchinchisi, mo‘g‘ullar istilosidan keying davr. Bu vaqtda 
qadimgi rus knyazliklari Oltin O‘rdaga qaram bo‘lgan va mazkur 
hududlarda keng tarqalgan turkiy tilning qipchoq lahjasi rus tiliga 
jiddiy taʼsir ko‘rsatgan. Natijada ataman, pul, soqchi, hoji, xon singari 
ko‘plab istilohlar kirib borgan.
To‘rtinchi davr - sobiq Qozon, Аstraxan, Sibir va Qrim 
xonliklari, shuningdek, Kavkaz va O‘rta Osiyo xalqlarining Rossiyaga 
qo‘shib olinishi. Ushbu davrda mayiz, xanjar, salla kabi leksemalar 
qardosh turkiy tillar orqali rus tili lug‘at tarkibidan o‘rin olgan.
Beshinchisi, sobiq SSSR xalqlari o‘rtasida aloqalarning 
faollashuvi, yaʼni XX asrning boshidan to hozirgi kungacha bo‘lgan 
davr. Bu davrda akin, basmach, dushman singari so‘zlar zamonaviy 
rus tiliga o‘zlashdi.
XVII - XVIII asrlarning oxirlariga kelib tilshunos olimlar 
turkizmlarni emas, aksincha, Yevropa tillaridan kirib kelgan so‘zlarni 
tadqiq qila boshladi. Chunki turkiy leksemalar rus tiliga o‘zlashgan 
so‘zlar qatorida Yevropa tillaridan keyin ikkinchi o‘rinda turardi. 
Shunday bo‘lsa-da, keyinchalik rus lug‘atlarida mavjud turkizmlar 
aniqlandi va maxsus lug‘atlar yaratildi. Turkiy so‘zlarning barqaror 
qatlami rus tilining leksik tizimida hozirgi kungacha saqlanib 
kelmoqda. Kezi kelganda aytish kerakki, G‘arbiy Yevropa kabi Sharq 
atamalari ham rus xalqlarining nutqi va yozuvini mustahkamladi.
Hozirgi O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro etnik 
aloqalar tarixi xonliklarning paydo bo‘lish davridan boshlanadi. 
Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan klassifikatsiyalar bizga o‘zbek va rus 
tilidagi aloqalarni davriylashtirishga imkon beradi. Tasniflarga ko‘ra, 
ikki til aloqalari tarixi to‘rt davrni o‘z ichiga qamrab oladi:
1) XVI asrdan, ya’ni O‘zbekiston hududida xonliklarning 


vujudga kelishidan mamlakatning Rossiyaga qo‘shilib olinishigacha 
bo‘lgan davr. 
2) XVIII asrdan XX asrgacha bo‘lgan davr. Bu vaqtda Xiva, 
Buxoro xonliklari hamda Rossiya o‘rtasida diplomatik va savdo 
aloqalari o‘rnatiladi.
3) Sovet davri.
4) Zamonaviy davr. U XX asr oxiri (O‘zbekiston Respublikasi 
suverenitetini qo‘lga kiritishi) dan hozirgi kungacha bo‘lgan muddatni 
tashkil etadi. Аlbatta, davrlarning har biri ikki til aloqalarining 
intensivligi va mavjud lug‘atlar tarkibi bilan farq qiladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling