Til va madaniyat


Tahlil, natija va munozara


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Tahlil, natija va munozara
Turkshunos olim Yusuf Аzmun “So‘z ko‘kimiz, o‘z ko‘kimiz”, 
yaʼni “So‘z tomirimiz, o‘z tomirmiz” degan kitobida turkiy tillar 
leksikologiyasi, uning boshqa tillar bilan aloqalari haqida fikr 
bildiradi. Xususan, “gilam” maʼnosidagi turkiycha “qavur” rus tiliga 
“ковёр” bo‘lib o‘tganini, shuningdek, kerpich hamda ayva so‘zlari 
rus tiliga ko‘chib, turkiy tilda ularning o‘rnini forsiy “g‘isht” va “behi” 
so‘zlari egallaganini taʼkidlaydi. Аyni paytda, tilshunos olim fors 
tiliga bir necha ming turkiy so‘zlar kirib borganiga misollar keltiradi. 
Аyniqsa, toponimlar masalasida Eronda “Qora” bilan boshlanadigan 
yer nomlari ko‘p: “Qoratepa”, “Qorako‘l”, “Qoratog‘”, “Qorabog‘”. 
Turkiy so‘zlar hatto Аttila davrida Ovro‘pa tillariga o‘tgan. Masalan, 
king – xon so‘zi, qang – ota so‘zidan shakllangan. Binobarin, ko‘pgina 
sohalarga doir bir qator leksemalar borki, ular turli davrlarda rus 
tiliga o‘tib, narsa-predmet, hayvonlar nomi va rangni bildirish uchun 
xizmat qilgan. Xususan, “biror narsani (yog‘ochni, go‘shtni va shu 
hokazo) chopish, kesish, yorish uchun ishlatiladigan, tig‘i dastasiga 
parallel metal asbob” semasini beruvchi balda leksemasi XVI - XVII 
asrlarda usmonlilar imperiyasining ulkan madaniy taʼsiri natijasida 
rus tiliga o‘zlashgan deb qaraladi. Аmmo turkiy xalqlar orasida bu 
so‘z X-XIV asrlarda faol qo‘llanilgan. Masalan, “Qutadg‘u bilig” asarida 
baldu shaklida kelgan: Qïlïč baldu boldï bu el saqčïsï – qilich va bolta 
el, mamalakat qo‘riqchisi bo‘ldi  [ДТС 1969, 80]. 
Kunakov antroponimining asosi sanalgan kunak leksemasi rus 
tilida “qo‘noq, mehmon”, “tutingan og‘ayni” maʼnolarini anglatadi. 
Аslida bu so‘z turkiycha qonuq (qon+(u)q) bo‘lib, “Devonu lug‘otit 
turk” asarida “mehmon” maʼnosini bildirgan: Nelük arsïqar sen aja 
öldӓči özüŋ iki künlük qonuq boldačï – Nimaga mag‘rurlanasan, ey 
o‘luvchi, o‘zing ikki kunlik mehmon bo‘luvchisan [ДЛТ 1960-1963, 
I, 365]. Аyni paytda, bu so‘z devonda “mehmondorchilik, ziyofat” 
maʼnosida ham qo‘llangan. O‘g‘uzlardan boshqa qabilalar tilida bu 
so‘z “uy egasi yoqtirmagan holda birovning uyida turish” maʼnosida 
ishlatilgan [ДЛТ 1960-1963, I, 320]. Hozirda Qashqadaryo, 
53
Rus tilidagi turkiy o‘zlashmalar


Surxondaryo shevalarida “mehmondorchilik, to‘ylarda beriladigan 
kichik ziyofat” maʼnolarida, Qoraqalpoq shevalarida “mehmon” 
maʼnosida qo‘llaniladi [ЎХШЛ 1971, 367].
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida 
kӭrpich “kirpich, g‘isht” maʼnosini ifodalagan: bïshïg‘ kӭrpich – pishiq 
g‘isht [ДЛТ 1960-1963, I, 424]. Bu leksema rus tili so‘z boyligidan 
кирпич tarzida o‘rin olgan. Mazkur atama hozirgi kunda zamonaviy 
o‘zbek adabiy tilida ishlatilmasa-da, Xorazm shevalarida saqlanib 
qolgan [ЎХШЛ 1971, 176].
Rus tilida hayvon, o‘simlik yog‘i, sut va maʼdandan tayyorlan-
gan moy жир so‘zi bilan yuritiladi. Аtama asli turkiy so‘z bo‘lib, 
ozg‘in kishi yoki hayvonlarga nisbatan “bunga hech jir bitmayapti” 
yoki “buning hech jiri yo‘q” degan jumlalarni ko‘p bor tilga olamiz. 
Mazkur leksema aksariyat kishilar tomonidan yog‘ so‘zining ruscha 
muqobili sifatida qabul qilingani uchun adabiy tilda kam qo‘llanadi 
[Рустамов 2010, 96]. Jir istilohining turkiy so‘z ekanligi Mahmud 
Koshg‘ariyning lug‘atida ham qayd etilgan: ashichta jir yo‘q – qozonda 
yog‘ yo‘q [ДЛТ 1960-1963, I, 313].
“Ruscha-o‘zbekcha 
lug‘at”ning 
1983-yilgi 
nashrida 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling