Til va madaniyat
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
Aqliy harakatlar
Umumta’lim maktablari ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash faoliyatlarini shakllantirish, malakalarini hosil qilishda aqliy harakatlarga tayanish zarurdir: perseptiv faoliyat – harakatlar natijasida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi; mnematik faoliyat – narsa va hodisalarning mohiyat va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq; fikrlash faoliyati – aql, fahm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan; imajitiv faoliyat – (“image” – obraz so‘zidan olingan) ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash, xayolda tiklashni taqozo etadi. E.G‘oziyev tafakkur psixologiyasining muhim xususiyat- laridan biri – nutq yordamida voqelikni aks ettirishdir, deb hisoblaydi. «Tafakkur bilan nutqning o‘zaro bog‘liqligi fikr yuritish operatsiyalarining vujudga kelishini osonlashtiradi» [G‘oziyev 1990, 15]. Tafakkurning asosiy xususiyatlaridan biri so‘z (nutq) orqali narsa va hodisalar o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni aks ettiraolishdir. Inson o‘z fikrini so‘zlar orqali ifodalaydi. O‘zgalarga fikrini yozma va og‘zaki nutqi vositasida yetkazadi. «O‘smirning to‘g‘ri mantiqiy fikrlashini rivojlantirish borasida ona tili va adabiyot o‘qituvchisining roli juda muhimdir. U hamma vaqt o‘quvchilarni to‘g‘ri jumla tuzishga, ravon mulohaza qilishga, fikr yuritishga, yozishga o‘rgatib boradi…» [G‘oziyev 1990, 15]. O‘quvchi yoshlarning ijodiy fikrlash faoliyatlari nutqiy (yozma, og‘zaki) jarayonda so‘zlar orqali namoyon bo‘ladi. O‘quvchi so‘z boyligi-ning holati so‘zlarni o‘rnida qo‘llash masalasi kabi muhim omillar fikr va nutq birligini ta’minlaydi. 75 Ijodiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish muammolari Og‘zaki va yuzma nutq jarayonida uzoq yillardan beri saqlanib kelgan bayoniylikdan chekinib, ijodiylik orqali mustaqil fikrlashga yo‘naltirish ta’limning yangi pedagogik texnologiyalarini ona tili darslariga joriy qilishga erishiladi. Ta’lim tizimida o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faolligi o‘ta muhim va murakkab masalalar sifatida qaralgan. Faollik ta’lim jarayonining psixologik jihatlari tarkibiga kiradi. Shuning uchun ham bu muhim muammo ko‘plab tajribali metodistlar, psixologlar, pedagoglarning diqqatini o‘ziga jalb qilgan [Shomova 1982, 18-25]. Bu ilmiy-metodik ishlarda o‘qituvchi va o‘quvchi faolligining ayrim zarur nuqtalari yoritib berilgan. Biroq ularda o‘qituvchi va o‘quvchi faolligining matn yaratishdagi hamjihatligi, hamkorligi umumnazariy muammo sifatida aytib o‘tiladi, xolos. Faollikning o‘quv jarayoni bilan chambarchas bog‘liqligi, uning ta’siri kabi ko‘pgina masalalarga jiddiy e’tibor berilmasa, ijobiy natijaga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham V.A.Dobromislov «Oliy darajadagi faollashtirish o‘quvchi tomonidan mavzuni idrok etishdir»[Dobromislov 1982, 41] degan edi. Faollik yoki faollashtirish haqida fikr yuritilar ekan, avvalo, o‘qituvchining o‘qitish jarayoni samaradorligini oshirish borasidagi faolligini alohida ta’kidlash kerak. Chunki u o‘quvchini ijodiy fikrlashga yo‘naltirishning asosiy sababchisidir. Berilgan mavzu asosida yozma matn yaratishning oliy shakli insho ekan, bunda «adabiy-ijodiy» va «ijodiy insho»lar alohida ahamiyat kasb etadi. Insho nazariyasi, insho yozishga tayyorgarlik, inshoning turlari, uning ona tili va adabiyotga oid bilimlarni o‘quvchiga singdirishdagi, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirishdagi beqiyos ahamiyati haqida tajribali olimlar, pedagog va metodistlar, jumladan, S.Dolimov, M.Asqarova, O.Sharafiddinov, Y.G‘ulomov, O.Madayevlar qimmatli fikrlarni aytib o‘tganlar. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda insho muhim o‘rin tutishi O.Sharafiddinovning «Birinchi mo‘jiza» maqolasida alohida ta’kidlangan [Sharafiddinov 1979, 11-23]. Aynan ijodiy matn yaratish jarayonida o‘qituvchi-o‘quvchi munosabati yo‘naltiruvchi - ijodiy yondashuvchi, ijodkor ko‘rinishiga erishilmas ekan, faollashtirishga, mustaqil fikrlashga erishib bo‘lmaydi. Bugun nafaqat ona tili, adabiyot darslari balki barcha fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlari, u kommunikatsiya (uzatish, ta’sir o‘tkazish), interaksiya (o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning o‘zaro ta’sir o‘tkazishi, persepsiya (insonni inson tomonidan idrok qilish, ya’ni o‘quvchilarning o‘qituvchi yoki o‘qituvchining o‘quvchi tomonidan idrok qilish) singari tarkiblardan iborat bo‘lishi davr talabiga 76 Nodira ALAVUTDINOVA, Muqaddas ABDURAHMONOVA aylandi. Ilg‘or pedagogik texnologiyaga asoslangan interfaol uslubda dars o‘tishga, o‘quvchi esa shunday darsning ajralmas qismi sifatida faoliyat yuritishga ko‘nikdi. Agar dars jarayonida “BBB”-Bilaman, Bilishni istayman, Bilib oldim - uslubidan foydalanilsa, o‘quvchilarimizning ma’lum bir mavzu yuzasidan bilimlari darajasi turlicha ekanligi ma’lum bo‘ladi. Bilishni istayman rukni esa ularda qiziqish, bilim olishga bo‘lgan intilishni ko‘rsatadi. Bu rukn mazkur ped texnologiyaning asosi hisoblanadi. Biladigan o‘quvchining bilimini boyitish bilan birga bilish darajasi past bo‘lgan o‘quvchida bilim olishga ehtiyoj tug‘diradi, bu ehtiyojni rivojlantiradi. Bilib oldim ruknida o‘quvchi aynan nimani bilib olganligini o‘zi aniqlaydi, ya’ni vazifaga evristik yondoshadi. Xulosa Bu kabi texnologiyalar o‘quvchini ham o‘z ustida ishlashga yo‘naltiradi. 2020-yilda Respublikamizda umumiy o‘rta ta’limda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirishga yo‘naltirilgan. Umumiy o‘rta ta’limning “Milliy dasturi”da aynan yuqorida aytib o‘tilgan muammolarni bartaraf etish ustuvor maqsad qilib belgilangan. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida Ona tili fanining vazifasi: “O‘quvchiga tilni o‘qitish orqali shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy to‘rt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish amallari bo‘yicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda o‘qish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi ”, - deb belgilangan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling