Til va madaniyat
Bilingvizmning bilingval bolalar
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Bilingvizmning bilingval bolalar
nutq qobiliyatlari rivojiga ta’siri Manzura Shamsiyeva 1 Abstrakt Jahon tajribasi va xalqaro doirada o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot xulosalari bugungi kunda bolaning aqliy rivojlanishi shakllanishida bilingvizmning ta'siri masalasi yangi mazmun kasb etishini dalillaydi. Rivojlanib borayotgan dunyoviy tendensiyalar ayrim xalqlarning boshqasi tomonidan assimilyatsiyasi, bir tomondan, milliy qadriyatlar, madaniyat, tilning yo‘qolishi, ijtimoiy dezadaptatsiyaga olib kelsa, boshqa tomondan, aksincha, hayotda milliy namoyishlarning eng so‘nggi shakllarigacha namoyon bo‘lishiga olib keladi. Maqolada ko‘pchilikni qiziqtiradigan masala – bilingvizmning bola rivojlanishiga ta'siri yoritiladi. Kalit so‘zlar: bilingvizm, bilingval, monolingv, miya faolligi, tilni o‘zlashtirish, bir tilli, ikki tilli, Meg apparati, kodlar o‘zgarishi, chalkashlik. Kirish Dunyoda XX asr o‘rtalaridan boshlab bolalar bilingvizmiga bo‘lgan munosabat, uning shakllanishiga nisbatan qiziqish kuzatila boshlandi, so‘nggi yillarda esa aholining turli qatlamlarida bu fenomenga nisbatan ijobiy munosabat doimiy ravishda oshib bormoqda. Bugungi kunda xorij davlatlarida bilingvizm va ko‘p tillilikning shakllanishiga tillar va madaniyatlarni saqlab qolish imkoniyati sifatida qaralmoqda. Erta bolalar bilingvizmini bir tilli bola rivojlanishi kabi haqiqatan normal hodisa deb hisoblash uchun bilingval bolalarning ota-onalari va bolalar bilingvizmini shakllantirish haqida o‘ylanayotgan ota-onalarning munosabatini bilish muhimdir. Shu sababli bolalar bilingvizmi haqidagi faqat nazariyalar va olimlarning tadqiqotlari emas, balki bilingval shaxs shakllanishi va ijtimoiylashuvi jarayonlarida ishtirok etuvchilar – 1 Shamsiyeva Manzura Bababekovna – tayanch doktorant (PhD), O‘zbekiston Milliy universiteti. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling