Til va madaniyat


Bilingvizmning bilingval bolalar


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Bilingvizmning bilingval bolalar
nutq qobiliyatlari rivojiga ta’siri
Manzura Shamsiyeva
1
Abstrakt
Jahon tajribasi va xalqaro doirada o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot 
xulosalari bugungi kunda bolaning aqliy rivojlanishi shakllanishida 
bilingvizmning ta'siri masalasi yangi mazmun kasb etishini dalillaydi. 
Rivojlanib borayotgan dunyoviy tendensiyalar ayrim xalqlarning boshqasi 
tomonidan assimilyatsiyasi, bir tomondan, milliy qadriyatlar, madaniyat
tilning yo‘qolishi, ijtimoiy dezadaptatsiyaga olib kelsa, boshqa tomondan, 
aksincha, hayotda milliy namoyishlarning eng so‘nggi shakllarigacha 
namoyon bo‘lishiga olib keladi. Maqolada ko‘pchilikni qiziqtiradigan 
masala – bilingvizmning bola rivojlanishiga ta'siri yoritiladi.
Kalit so‘zlar: bilingvizm, bilingval, monolingv, miya faolligi, tilni 
o‘zlashtirish, bir tilli, ikki tilli, Meg apparati, kodlar o‘zgarishi, chalkashlik.
Kirish 
Dunyoda XX asr o‘rtalaridan boshlab bolalar bilingvizmiga 
bo‘lgan munosabat, uning shakllanishiga nisbatan qiziqish kuzatila 
boshlandi, so‘nggi yillarda esa aholining turli qatlamlarida bu 
fenomenga nisbatan ijobiy munosabat doimiy ravishda oshib 
bormoqda. Bugungi kunda xorij davlatlarida bilingvizm va ko‘p 
tillilikning shakllanishiga tillar va madaniyatlarni saqlab qolish 
imkoniyati sifatida qaralmoqda. Erta bolalar bilingvizmini bir 
tilli bola rivojlanishi kabi haqiqatan normal hodisa deb hisoblash 
uchun bilingval bolalarning ota-onalari va bolalar bilingvizmini 
shakllantirish haqida o‘ylanayotgan ota-onalarning munosabatini 
bilish muhimdir. Shu sababli bolalar bilingvizmi haqidagi faqat 
nazariyalar va olimlarning tadqiqotlari emas, balki bilingval shaxs 
shakllanishi va ijtimoiylashuvi jarayonlarida ishtirok etuvchilar – 
Shamsiyeva Manzura Bababekovna – tayanch doktorant (PhD), O‘zbekiston Milliy 
universiteti. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling