Til va madaniyat


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Nodira ALAVUTDINOVA, Muqaddas ABDURAHMONOVA


zaruriyat va mustaqillik tashkil qiladi. Bunga ko‘ra o‘quvchi shaxsi 
ayni vaqtda zaruriy munosabatlar doirasidan tashqarida ham bo‘la 
olmaydi va ayni vaqtda o‘zining qobiliyatiga ko‘ra shu zaruriyatdan 
tashqarida bo‘lishga ham intiladi. Shu intilishning mohiyatini undagi 
mustaqillik, mustaqil fikr, ijodiy fikrlash madaniyati tashkil etadi. 
Bu jarayonda asosiy motiv vazifasini ongli maqsad va shu maqsadga 
erishish uchun tanlangan pozitsiya belgilaydi. Mazkur ko‘nikmani 
o‘quvchi yoshlarda shakllantirish uchun uning shaxsiga aloqador 
bo‘lgan barcha institutlarda (oila, maktab, mahalla jamoatchilik...) 
uning ijodiy fikrlashi uchun, birinchidan, sharoit, ikkinchidan, talab 
bo‘lishi kerak.
2. Bu zaruriyatning ijro etilishida maqsadga muvofiq holda 
uyushtirilgan tajriba – maktabda o‘tkaziladigan darslar hisoblanadi. 
Bu jarayonda ona tili darslarining vazifasi beqiyosdir. 
Mazkur darslarda o‘quvchilarning ijodiy fikrga ko‘ra erkin 
bayonlarini ma’lum bir maqsadga yo‘naltirishni shakllantirish kerak. 
Bunda ona tili darslarida interfaol usullardan keng foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
3. Determinizm munosabatining ikkinchi tomoni erkinlikning 
zaruriyatlar dunyosiga kirib borishi hisoblanadi. Bu o‘rinda biz uchun 
asosiy tezis-mustaqil fikr, mustaqil fikrlash jarayonida o‘quvchining 
mavjud zaruriyatlarini hisobga olishdir. Mustaqil fikrlash 
ko‘nikmasini shakllantirishda zaruriyatlarni hisobga olish va ulardan 
samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Agar biz mazkur 
fikrni ona tili darslariga ko‘chiradigan bo‘lsak, bunda o‘quvchining, 
birinchi navbatda, 5-sinf dasturida talab qilingan standartlarni 
o‘zlashtirmog‘i va undan kelib chiqqan holda belgilangan hajmdagi 
so‘z boyligiga ega bo‘lishi, gap tuzish qoidalariga rioya qilishi lozim. 
Bundan tashqari, ma’lum bir fikrlarni tasdiqlash yoki inkor etish 
uchun lozim bo‘lgan sodda hukmlar va shular asosida xulosalar 
chiqarish qoidalarini o‘zlashtirishlari kerak. Shunday holdagina 
mustaqil fikr va mustaqil fikrlash jarayonini o‘quvchi tomonidan ona 
tili darslarida ijodiy tarzda amalga oshirish imkoniyatiga erishiladi. 
Mazkur imkoniyatning amalga oshishini ijtimoiy psixologiyada 
birinchi qadam deyiladi. Bu o‘rinda birinchi qadamdagi ijodiy 
fikrlash va undan keyingi bosqichdagi erkin fikrlash va navbatdagisi 
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, bosqichlardan bosqichlarga o‘tishning, 
bir tomondan, grammatik, ikkinchi tomondan mantiqiy asoslarini 
o‘qituvchi o‘z faoliyatida rejalashtirmog‘i lozim. Buning uchun uning 
o‘zi boy axborotga va xilma-xil uslublardan foydalanish malakasiga 
ega bo‘lmog‘i shart.
4. Erkin fikr, erkin fikrlash faqat fikr uchun mavjud bo‘lmaydi, 
balki u o‘quvchi shaxsini o‘rab turgan zaruriyatlar dunyosiga aks 
ta’sir ham qiladi, shaxsni maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirish 
73
Ijodiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish muammolari


vositasi ham hisoblanadi. Mazkur tezisdan kelib chiqqan holda 
o‘quvchi ona tili darslarida o‘qituvchi tomonidan taklif qilingan yoki 
darslarda an’anaga aylangan qoidalarga o‘z munosabatini bildiradi. 
Shuningdek, o‘zining tasavvuridan kelib chiqqan holda harakatdagi 
qoidalarning muqobillarini taklif qiladi. Albatta, fikrlash erkinligiga 
ko‘ra fikrlarni amalga oshirish, mavjud qoidalarni o‘zgartirish 
benihoya qiyindir. Bu o‘rinda til va dunyoqarash o‘rtasidagi tafovutni 
hisobga olmoq kerak. Til, asosan, evolyusion yo‘l bilan o‘zgaradi. 
Dunyoqarash esa siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. 
Albatta, dunyoqarashning zaminini milliy g‘oya tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga ko‘ra
mamlakatda birorta mafkura davlat mafkurasi hisoblanmaydi va 
bo‘lishi ham mumkin emas, ammo milliy g‘oya fikrlar xilma-xilligi, 
turli xildagi qarashlar mushtarakligi asosida rivojlanmog‘i kerak. 
Ayni jabhalarning xilma-xil tarzda va xilma-xil yo‘llar bilan Vatan 
obodligiga, yurt tinchligiga va uning farovonligiga ko‘ra o‘zgarib 
borishini taqozo qiladi. Demak, erkin fikr bir qancha ziddiyatlarni 
yengish hisobiga o‘ziga yangi makon yaratib boradi. Fikrning yangi 
makon yaratishi eski qoida, qadriyat, qarash va me’yorlarning 
kamayishiga nisbatan teskari proporsionaldir. Ammo bular nisba-
tida hamisha erkin fikr makonining kengayib borishi umuminso-
niyat sivilizatsiyasining qonuniyati hisoblanadi.
O‘quvchi yoshlarda mustaqil fikr, fikr erkinligi, mustaqil 
tafakkurni shakllantirish murakkab jarayondir. Mazkur jarayonga 
baho berishda, dolzarbligini alohida ta’kidlashimizda muhim 
o‘rinni, birinchidan, uning mamlakatimizning bugungi kuni va 
istiqboli uchun benihoya zarur ekanligini, ikkinchi tomondan 
esa, unga kompleks yondashish kerak ekanligini tushunishimiz 
zarur. Bu o‘rinda hozirgi zamon fani metodologiyasining muhim 
tamoyili bo‘lgan fanlar integratsiyasi omilidan keng foydalanish 
kerak. Shundagina, bir tomondan, ijodiy fikr, tafakkur erkinligini 
shakllantirish uchun keng imkoniyatlar tug‘iladi, ikkinchi tomondan, 
ijodiy fikrni amalga oshirish imkoniyatlari kengayadi, uchinchi 
tomondan, fikr erkinligini kuzatish, o‘rganish, tahlil qilish usullarini 
takomillashtirish mumkin bo‘ladi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan «Ta’lim to‘g‘risidagi 
Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni hayotga 
tatbiq qilish jarayoni pedagogika va psixologiya fanlarining 
hamkorligini, o‘zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib 
qo‘ydi. «Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni 
kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo‘lib yetishishi, 
barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi 
pedagogik texnologiyalarni ta’lim va tarbiya jarayonlariga tatbiq 
etishda pedagogikaning o‘z uslub va qoidalari bilan cheklanib 
74
Nodira ALAVUTDINOVA, Muqaddas ABDURAHMONOVA


bo‘lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh 
avlodning ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan 
tortib, toki yangicha o‘qitish texnologiyalarini bola tomonidan 
o‘zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga 
nechog‘lik ta’sir ko‘rsatayotganligini o‘rganish asosida ta’lim-tarbiya 
ishini tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar 
bilan uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, ma’naviy barkamollik 
tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy 
etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o‘qitishning eng 
ilg‘or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tatbiq etishni nazarda 
tutadi» [Karimova 2000, 9].

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling