Til va madaniyat


Sodda gaplarning tushunilishi


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Sodda gaplarning tushunilishi
Psixolingvistik testlar to‘plami turli grammatik murakkab-
likdagi gaplarni tushunish qobiliyatini tekshirishga mo‘ljallangan. 
Psixolingvistlarning fikricha, bunday qabul qilish qobiliyati til 
kompetentligining umumiy darajasini ko‘rsatadi. Bolalar o‘z nutqida 
egallagan grammatik murakkablikdagi gaplarni tushunadi. Bu 
topshiriqlarni bajarish muvaffaqiyati verbal materialning hajmi va 
bolaning eshitish xotirasi sifatiga bog‘liqdir. 
Gaplarni tushunishni tahlil qilishda nafaqat grammatik 
xatolarga, balki so‘zlarni tushirib qoldirish, so‘zlarni almashtirish 
kabi leksik xatolarga ham e’tibor qaratildi. Murakkab keng tarqalgan 
gaplarni qaytarish o‘ziga xos qiyinchilik tug‘dirdi.
Birinchi test quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
Ko‘rsat: qalam bilan taroq, taroq bilan qalam; kalit bilan 
qalam; qalam bilan kalit; taroq bilan kalit; kalit bilan taroq.
Baholash mezonlari:
har bir to‘g‘ri bajarilgan topshiriq uchun – 3 ball;
xato bilan bajarilgan topshiriq uchun – 2 ball;
xato bajarilgan topshiriq uchun – 1 ball;
topshiriqni bajarishdan bosh tortish – 0.
Testni bajarish natijalari 1-diagrammada berilgan (3-rasm).
3-rasm.
85
Bilingvizmning bilingval bolalar nutq qobiliyatlari rivojiga ta’siri


1-diagrammadan ko‘rinib turganidek, barcha guruhlar bir-
biridan tubdan farq qiladi. Bunda quyidagi qonuniyatlarni ajratish 
mumkin.
1. Monolingv bolalarning semantik-sintaktik munosabatlar 
shakllanganlik darajasi bilingval bolalarga qaraganda yuqori bo‘ldi.
2. Barcha bolalarda yoshi bilan bog‘liq ravishda topshiriqlarni 
bajarish darajasi o‘sganligi kuzatildi, bu maktabda tilni tizimli 
o‘rganishni boshlagani bilan asoslanadi. Biroq monolingv bolalar 
bilingval bolalardan sezilarli darajada o‘zadi, bu holatda esa 
bilingvizm mazkur qobiliyatning rivojlanishini sekinlatishi haqida 
gapirish mumkin. 
3. Yetti yoshli bolalarda (24%) vazifani noto‘g‘ri bajarish 
kuzatildi, aynan: “Kalit bilan qalamni va qalam bilan kalitni ko‘rsat” 
topshirig‘ini bajarishda harakat bir xil bo‘ldi. Biroq shuni aytish 
joizki, yordam ko‘rsatilganda ular o‘z xatolarini to‘g‘riladilar.
4. Sakkiz yoshli monolingv bolalar vazifani to‘g‘ri bajarishdi.
5. Bilingval bolalarda testni noto‘g‘ri bajarish ko‘proq
kuzatildi (64% yetti yoshli bolalarda va 32% sakkiz yoshli bolalarda), 
bu esa monolingv bolalarga qaraganda bilingval bolalarda leksik 
zaxira kamligi bilan asoslanadi. Ba’zi bilingval bolalarda grammatik 
tuzilishni tushunishda buzilish kuzatildi. Ular tomonidan so‘zlar 
boshlang‘ich shaklda qabul qilindi. Natijalardan ma’lum bo‘ladiki, 
yuqorida keltirilgan 3 yoshgacha bo‘lgan bilingv bolalardagi 
miyaning reaksiya kuchi, ijobiy jihatlari vaqt o‘tishi bilan salbiy 
tomonga o‘zgargan. 
Bunda qator omillar mavjud bo‘lib, bilingv shaxsni 
shakllantirishda quyidagi jihatlarni e’tiborga olish maqsadga 
muvofiqdir: 
1. Tartibsiz ravishda shakllangan ikki tillilik ikkinchi tilni 
to‘laqonli va to‘g‘ri o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi. Natijada “yarim 
tillilik” yuzaga keladi va bola nafaqat ikkinchi tilni, balki o‘z ona tilini 
ham noto‘g‘ri o‘zlashtiradi.
2. Bevosita kundalik muloqot orqali kontaktdagi tillarning 
adabiy shakli emas, balki faqat so‘zlashuv tili o‘zlashtiriladi. So‘zla-
shuv tilining o‘ziga xosligi shundaki, adabiy tildan farqli ravishda 
u me’yorlashtirilmagan, barqaror emas va juda ham chegaralangan 
leksikani qamrab oladi. O‘zaro aloqadagi tillarning ikki taraflama 
interferensiyasi nutq me’yorlarini yanada beqarorlashtiradi va 
adabiy til me’yorlaridan yanada uzoqlashtiradi.
3. Oilada ikkinchi tilni qo‘llash jarayonida ona tilini unutib 
qo‘ymaslik lozim. Ikkala tilni ham har kuni bir me’yorda qo‘llash 
86
Manzura SHAMSIYEVA


maqsadga muvofiq, agar bunga rioya qilish murakkablik tug‘dirsa, 
unda bolada sun’iy, ya’ni o‘quv bilingvizmini shakllantirish tavsiya 
etiladi. Chunki maktab til kompetensiyasini shakllantirish va bir 
necha tillarni to‘liq o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv 
jarayonida o‘quvchi tilni to‘g‘ri qo‘llash malakasini o‘zlashtiradi va 
tilni egallashda muhim sanalgan taqqoslash imkoniga ega bo‘ladi.
4. “Yarim tillilik”ning sababi ikki tillilik emas, balki muvofiq 
shaxslarning past madaniyat darajasi, oila tarbiyasi va ta’limning 
past darajasi sanaladi.
5. Bolaning ikkinchi tildagi kompetensiya darajasi uning 
birinchi – ona tilining rivojlanish darajasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling