Til va madaniyat
E-pochta: kkamola954@gmail.com Iqtibos uchun
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
E-pochta: kkamola954@gmail.com
Iqtibos uchun: Rixsiyeva, K. G'. 2021. “Katorga” leksemasining semantik taraqqiyoti”. Ozbekiston: til va madaniyat 1 (1): 97–103. 97 Uzbekistan: Language and Culture 2021/1(1) tillar bir-biriga qandaydir darajada ta‘sir ko‘rsatgan. Jumladan, turkiy tillarning jahon tillariga ko‘rsatgan ta’sirini o‘rganishning o‘zi tilimizning mavqeyini namoyish etadi. Jahonning yirik tilshunoslari qayd etishicha, turkiy tillardan rus tiliga va u orqali Yevropa tillariga 2500 dan ortiq so‘z o‘zlashgan bo‘lib, aslida bu raqamlar undan ham ko‘proqni tashkil qiladi. Olimlar buni itimoiy- madaniy va iqtisodiy aloqalar natijasi, deb baholaydilar. Bunday leksemalarning namunalari nemis tilshunosi Maks Fasmerning ko‘pjildlik “Russisches Etimologisces Worterbuch” (1950-yillar) hamda Y. Shipovaning “Словарь тюркизмов в русском языке” (1976) asaridan o‘rin olgan. Rus olimlarining e’tirof etishicha, rus tili lug‘at tarkibida o‘zlashmalar yetarlicha ko‘p qismni tashkil qiladi va bu o‘zlashmalarning deyarli yarmi turkiy tillardan o‘zlashgan so‘zlarni tashkil qiladi. Y. Shipovaning “Словарь тюркизмов в рус- ском языке” lug‘ati bu boradagi dastlabki lug‘atdir. Lug‘at muallifi nafaqat rus tiliga o‘zlashgan turkiy so‘zlar miqdorini aniqlash, balki ularning etimologiyasini ochib berishga ham erishgan. Olimlarning qayd etishicha, turkiy so‘zlar rus tili leksik qatlamiga o‘zlashganda talaffuz talabi bilan turli fonetik, morfologik va leksik-semantik o‘zgarishlarga uchragan. Bu yo‘nalishda yaratilgan adabiyotlardan yana biri R.A.Yunaleevaning 2005-yilda nashr etilgan “Tюркизмы в русс- кой классике: словарь с текстовыми иллюстрациями” kitobi hisoblanadi. Bu asarda rus tiliga turkiy tildan o‘zlashgan so‘zlardan hosil bo‘lgan frazeologizmlar va ularning rus tilidagi o‘rni birinchi bo‘lib tadqiq qilindi. Lug‘atda XIX asr yozuvchilari ijodi materiallari asosida rus og‘zaki so‘zlashuvidagi birliklarning ahamiyati asoslangan. Bu zamonaviy leksikografiyada yangi shakldagi lug‘at sanaladi. Ushbu asar turkiy so‘zlar etimologiyasi va tahlili bo‘yicha yirik manbadir. Unda so‘zlarning ma’nosini izohlashda turli xil matnlardan keng foydalanilgan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling