Til va madaniyat
“Katorga” leksemasining semantik
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
“Katorga” leksemasining semantik
taraqqiyoti Kamola Rixsiyeva 1 Abstrakt Ushbu maqolada “katorga” leksemasining semantikasi tahlil qilingan. “Katorga” leksemasining kelib chiqishi, asosi, yasalishi hamda ma’no taraqqiyoti qadimgi turkiy til lug‘atlarida yoritilishi o‘rganilgan. O‘zbek, rus va ingliz tili izohli hamda elektron lug‘atlarida berilgan ma’nolari qiyosiy tahlil qilingan. Rus olimlarining bu mavzudagi tadqiqotlari va lug‘atlarida izohlangan ma’nolari asosida uning yunon emas, balki turkiy so‘z ekanligi asoslangan. Tilshunos olimlarning bu so‘z etimologiyasi haqidagi fikrlarini tahlil qilish asosida yangi xulosalar bayon qilingan. Qadimgi turkiy tildan rus tili va u orqali boshqa tillarga o‘zlashgan shu kabi so‘zlar haqida qisqacha fikr-mulohazalar qayd qilingan. Kalit so‘zlar: leksema, semantika, semantik taraqqiyot, o‘zlashma, lug‘at, elektron lug‘at, izohli lug‘at, etimologiya, katorga. Kirish Har qanday tilning lug‘at tarkibiga nazar tashlar ekanmiz, unda turli hajmda boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarning o‘rni alohida bilinib turadi. Dunyoda sof tilning o‘zi yo‘q. Tillarning qadim tarixi, tabiati va xususiyatlarini tadqiq etishda shu tildan boshqa tillarga o‘zlashgan leksemalar etimologiyasini va semantikasini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki bunday semantik, etimologik tahlil jarayonida ana shu leksemaning o‘zlashish davri, dastlabki shakli va ma’nolari oydinlashib, leksemaning tarixiy- semantik taraqqiyotini aniqlashimiz, u haqida yangi ma’lumotlar olishimiz mumkin. Tilning ijtimoiy tabiati ham shunda namoyon bo‘ladi. Ya’ni til jamiyat bilan tug‘iladi, u bilan birga taraqqiy etadi, rivojlanadi. Ijtimoiy-madaniy hayotdagi o‘zgarishlar, avvalo, tilning leksik sathida yaqqol aks etadi. V.fon Gumboldt ta’rificha, har qanday kichik til ham o‘rganish va tadqiq etishga loyiqdir. Dunyoda ko‘p 1Rixsiyeva Kamola G'ofurovna – o‘qituvchi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling