Til va madaniyat
“Katorga” leksemasining semantik taraqqiyoti Xulosa
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
101
“Katorga” leksemasining semantik taraqqiyoti Xulosa Qiyosiy tahlil jarayonida “katorga”ning avvalgi va hozirgi ma’nosida ham “yopiqlik” semasi to‘liq saqlanib qolganligi ma’lum bo‘ldi. Turli davr lug‘atlarida “katorga”ga berilgan ta’riflarni o‘rganib, manbalardagi unga o‘zakdosh so‘zlarning ma’nolarini qiyoslab, olimlarning bu haqdagi qarashlarini tahlil qilgan holda uning sof turkiy leksema ekanligi haqidagi xulosaga kelish mumkin. Zero, tarixiy-ijtimoiy sabablarga ko‘ra qadimgi turkiy tildan rus tiliga va u orqali dunyoning boshqa tillariga o‘tib, jahon kezgan turkiy so‘zlar ko‘p miqdorni tashkil qiladi. Afsuski, ba’zida o‘zbek xalqining xijolat bilan qiynalib talafffuz qiladigan, og‘zaki nutqqa o‘zlashgan “utyug” kabi rus so‘zlari aslini olganda sof turkiy ekanligini bilmaymiz. “Utyug”ni aksent bilan “utik” deb noto‘g‘ri talaffuz qilayotganimizdan uyalamiz. Vaholanki, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ot-it turk” asarida turkiy xalqlarda kiyimni tekislash, unga ishlov berish ma’nosidagi “utimaq” fe’li mavjudligi aytiladi. Demak, “utimaq” harakatini amalga oshiruvchi vosita vazifasini “utik” bajargan. Buni biz, aksincha, asli kabi talaffuz qilayotganimizni bilmaymiz. Birgina shu so‘z turkiy xalqlarning madaniyati o‘sha davrlardayoq qanchalik darajada ekanligiga guvohlik berishi mumkin. XI asrda yozilgan asarda kiyimni tekislab, unga ishlov berib kiyish madaniyati shakllangani qayd etilgan bo‘lsa ham, aslida bu buyum va harakatning mavjudligi undan ham oldingi asrlarga borib taqalishi mumkin. Qadimgi turkiy tildan rus tili va u orqali o‘zga tillarga ko‘p miqdordagi so‘zlarning o‘zlashishini ham madaniy turmush va taraqqiyotning yuqori darajasi natijasi, deb asoslash mumkin. “Katorga” ham xuddi shunday. Bu leksemani katta sig‘imli lug‘atlarda ba’zan rus, ba’zan yunon tiliga oid, ba’zan esa umuman kelib chiqishi noma’lum ekanligi qayd qilingan. “Katorga” o‘ziga xos semantik taraqqiyot davrini o‘tagan. Aynan shu sababli va o‘zga tilning talaffuz me’yoriga moslashib, xuddi boshqa leksemalar kabi, ayrim fonetik o‘zgarishlarga uchragan. Lekin uning semantikasida “qishki, yopiq yuk tashuv vositasi” degan dastlabki ma’nosidan butunlay uzilish holati yo‘q. Demak, xulosa sifatida “katorga”ni asli turkiy leksema deb baholash mumkin. Adabiyotlar Баскаков, Н. А. 1979. Русские фамилии тюркского происхождения. Москва: Наука. Этимологический словарь тюркских языков. Москва, 1977 Фасмер, М. 1986. Этимологический словарь русского языка. Москва. Гумбатов, Г. 2012. Историческая прародина тюрков. Баку: 102 Kamola RIXSIYEVA Элм и тахсил. Кожевникова, Й.А. 2009. Тюркизмы в современном русском языке. Шипова, Й.Н. 1976. Словарь тюркизмов в русском языке. Алма-Ата: Наука. Юналеева, Р.А. 2005. Тюркизмы в русской классике: словарь с тексто- вым ииллюстрациями. Казан: Таглимат. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling