Qdpi xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi 1-kurs magistranti Kalit so’zlar


Download 33.92 Kb.
Sana18.11.2020
Hajmi33.92 Kb.
#147092
Bog'liq
Vatan konsepti.S.Sharipova


INGLIZ VA O’ZBEK/RUS TILLARIDA “VATAN” KONSEPTUAL SEMANTIKASINI VOQEALANTIRUVCHI TIL VOSITALARINING QIYOSIY TADQIQI

SHARIPOVA SADOQAT ABBOSXON QIZI Ssharipova257@gmail.com

QDPI Xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi 1-kurs magistranti

Kalit so’zlar: kognitiv lingvistika,konsept,vatan konsepti
Hozirgi kunda tilshunoslikda “Kognitiv lingvistika” fani rivojlanib bormoqda. Bu fan zamonaviy tilshunoslikda mustahkam o’rin egallayotgan tilshunoslikning eng dolzarb yo’nalishlaridan biri bo’lib 70-yillarda tilshunoslik maktabi sifatida paydo bo’lgan. Kognitiv so’zi inglizcha “cognize-bilmoq,anglamoq,tushunmoq” so’zidan olingan bo’lib,bu soha faqat falsafadagi bilish nazariyasi bilan cheklanmay,balki tilni tafakkur(ong) bilan bog’lab,uning hosil bo’lishidagi psihologik,biologik va neyrofiziologik jihatlarning ijtimoiy ,ma’daniy va lisoniy hodisalar bilan uzviy aloqasini chuqur ilmiy tadqiq etadi.Kognitiv tilshunoslik-tilni aqliy hodisa sifatida o’rganish uchun bir-biriga chambarchas yondashuvlarning klasteridir.A.Abduazizovning fikriga ko’ra esa,inson tili”tovushli,ovozli”bo’lib,u mazmunni hosil qilishda buyuk ahamiyatga ega ekanligini kognitiv fonetika va fonologiyada o’rganilishi sababli uni kognitiv tilshunoslikning asosiy tarkibiy qismi ekanligini e’tirof etgan. Kognitiv tilshunoslikning tayanch tushunchalaridan biri-bu konseptdir.

Konsept atamasi tilshunoslik tadqiqotlarida XX asrning birinchi yarmidan paydo bo’la boshladi va 90-yillarga kelib keng qo’llanila boshlandi. Bu atama aslida lotincha”conceptus” so’zidan olingan bo’lib”tushuncha”ma’nosini ifodalaydi.Ingliz tilida- concept,rus tilida-понятие (har ikki tilde-tushuncha) atamasi bilan tarjima qilinadi . Keyinchalik bu atama tushuncha atamasi bilan arashatirib yuborila boshlangach,uning tom ma’nodagi mazmunini aniq shakillantirishga qaratilgan ishlar tadqiq qilina boshlandi. Lingvistik ensiklopedik lug’atda konsept atamasiga quyidagicha ta’rif beriladi:”konsept bu-so’z ma’nosi kabi tushuncha bo’lib,faqat bog’lanishlar nuqtaiy nazaridan farqlanadi; ma’no-til tizimida;tilshunoslikda tushuncha ham mantiqda,ham tilshunoslikda tadqiq etiladigan mantiqiy munosabatlar va formalar tizimida bo’ladi”1

Rus tilshunosligida konsept tushunchasi XX asrning birinchi choragida faylasuf S.Askoldov tomonidan ilmiy muomalaga kiritiladi. S.Askoldovning qarashicha, konseptlar vositasida turli millat vakillari muloqotga kirishadi, shunga ko‘ra, konseptlarni yaratish va idrok qilish ikki tomonlama kommunikativ jarayon hisoblanadi. Lisoniy makonda mavjud bo‘lgan bunday tizim dunyo milliy manzarasining o‘ziga xosligini belgilaydi2.

XX asrning birinchi choragida konsept haqida mulohazalarga tanqidiy yondashiladi. Faqat 80-yillarga kelib, bu terminga ehtiyoj qayta paydo bo‘ladi. Yu. S. Stepanov o‘zining tadqiqotlarida mental shakllanishning mohiyatini ochishga harakat qilib, konsept so‘zining etimologiyasiga murojaat qiladi. “Konsept lotin tilidagi conceptus – “tushuncha” so‘zining kalkasidir. Konsept ikki tomonli xususiyatga egadir. Bir tomondan, madaniyat konsept ko‘rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va ba’zan unga ta’sir ko‘rsatadi”3. Binobarin, “N.Yu. Shvedova konseptni tushuncha ekanligini, bu tushuncha ortida esa ijtimoiy yoki subyektiv tarzda anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, o‘z tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan, xalqning umumiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turishini ta’kidlagan”4.So’zning turli tushunchalar bilan bog’lanishida ma’no ifodalash hususiyati haqida o’rta asr olimlari ham ijobiy fikr bildirib o’tganlar:“Konsept deb yozadi B.Grasian-ongda turli predmetlar (g’oyalar, tushunchalar) o’rtasidagi aloqa haqida tasavvur paydo bo’lishi va ushbu aloqani timsol,so’z yoki harakat vositasida ifodalash imkoniyati tug’ilishida shakillanadi”5 Yuqoridagi fikrlar va qarashlarga asoslanib shuni aytish joizki, konsept-bu ma’noning yoki aqliy ifodalashning kognitiv birligidir. Konsept milliy,ijtimoiy,ma’lum guruhga tegishli va individual xususiyatlarga ega bo’lib, insonning mental dunyosi ,hamda ma’daniyati va tarixiga bog’lanadi.

Ingliz,o’zbek/rus tillarida “Vatan”konseptining ifodalanishi bu shu uch tilning ma’daniy va ong sistemasida vatanga bo’lgan munosabati, uning ma’no va mazmunini teran anglash yotadi. “Vatan” konseptini keng va tor ma’nolarda tushinish mumkin.Tor ma’noda Vatan bu- kishilarning tug’ilib o’sgan yurti,bir hududgagina tegishli xalqning makoni. Keng ma’noda Vatan bu- insoniyat uchun yagona bo’lgan yer sayyorasi bo’lib, bashariyatni bir maqsadda birlashtiradi.

Vatan konsepti izohli lug’atlarda quyidagi ma’nolar bilan ifodalangan:

1.Vatan-kishining tug’ilib o’sgan o’lkasi,shahri yoki qishlog’i;yurt ,diyor. Bulbul chamanni sevar,odam-vatanni(maqol) .Ingliz :Every birds like its own nest. (proverb). Rus:У птицы-гнездо,у человека-Родина.(пословитца).

2.Vatan-kishi tug’ilib o’sgan va o’zini uning fuqarosi hisoblagan mamlakat;ona yurt. Kishining qadri amali va unvoni bilan emas,vataniga,xalqiga qilgan xizmati bilan o’lchanadi.6 Ingliz:The value of a person is measured not by his/her actions and rank,but by his/her service to homeland and people.Rus:Только тому почёт будет,кто родину не на словах,а делом любит.

3.Turar joy, poshpana,maskan,uy. Yoshi yigirma beshni qoraladi.Lekin boshida na bo’yradek vatani bor,na jonida halovati7. Ingliz:Rus: Стучит дватцать пятый год, а у него ни родины над головой ни покоя на душе.

4.O’simlik va hashorotlarning asl kelib chiqqan yerini bildiradi. “Uy limoni-rutagullilar oilasiga mansub,doimiy yashil ,subtropik o’simlik. Vatani-Xitoy,Yaponiya,Sharqiy Hindiston”.8

5.Vatan (shaftoli navi)-kechki shaftoli navi.

6.Vatan (kinostudiya)-“Vatan”-“O’zbekkino” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi kinostudiya.

Vatan konseptining ma’nodoshlari sifatida Ona yurt,ona diyor,ona tuproq,ona zamin,ota yurt,kindik qoni tug’ilgan joy,mamlakat kabi tushunchlarni olsak,ularni ingliz tiliga Motherland, mather earth,native soil,home land,place of birth,fatherland,country rus tilida esa Родина,мать-земля,родная почва,родная страна,место рождения,страна kabi ma’nodosh tushunchalar bilan ifoda- lanishini ko’rishimiz mumkin. Vatanni madh etish,uni alqash,uni sevish va u uchun har ishga tayyor bo’lish har bir insonni u qaysiki millat va elat vakili bo’lsin sharafli burchidir. Vatanni onaga qiyoslab,uni ona vatan deb aytish har bir mamalakatning milliy lug’at boyligida mavjud. Sababi,biz onamiz bag’rida qanchalar yayarab o’sgan bo’lsak, Ona –tabiat,Ona-diyor qo’ynida ham shunchalar yayrab o’samiz,erkin yashaymiz. Yuqoridagi keltirilgan misollardan kelib chiqib shuni aytish joizki,ingliz ,o’zbek/rus tillarida foydalaniladigan Vatan konseptiga oid maqollar shaklan va leksik jihatdan farqlansanda lekin, mazmun jihatdan o’xshashdir. Buning birgina sababi har bir mamalakat va xalqning o’z vatani va uni yagona universal semantikasi mavjutdir. Ingliz va o’zbek/rus lingvoma -daniyatlarida “Vatan” konsepti turlicha ifodalanadi. Ingliz lingvomadaniyatida Vatanga muhabbat ko’proq “home” tushunchasi orqali ifodalanadi. Bu holat,ingliz lingvomadaniyatining individualizmi bilan tushuntiriladi.Inglizlar o’z yashash joylarini,yani uylarini juda yaxshi ko’radilar va shu sabab uni Vatanning ekvivalenti sifatida talqin etadilar. Ularning maqollarida uy qasrga, qirollik- ga,jannatga,dunyoga qiyoslanadi: Englishman’s home is his castle. Home is where you hang your hat. Every bird likes its own nest. Home is the father’s kingdom,the children’s paradise,the mother’s world. East or West, home is best.

O’zbek lingvomadaniyati esa tarixan kollektivizm bilan harakterlanadi. Shu bois Vatan konsepti o’zbek maqollarida ona timsoli bilan namoyon bo’ladi.O’zbek maqollarida,ona Vatan tushunchasi erkinlik hissi bilan yonma-yondir.Ona yurting-oltin beshiging.Bulbul chamanni sevar,Odam vatanni.Ona yurting omon bo’lsa,Rangu-ro’ying somon bo’lmas.

Rus lingvomadaniyatida ham o’zbek lingvomadaniyatiga o’xshash bo’lib, rus millati vakillari ham Vatanni onaga qiyoslashadi. Родина- мать, умей заа нее постоять. Жить-Родине служить.Родина любимая- мать родимая. Родина- всем материям мать.



Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, konsept konseptologiya fanining o’zagi bo’lib, tilshunoslikda konseptga bo’lgan lisoniy-madaniy yondashuv konseptni madaniyatning tayanch birligi sifatida anglashni bildiradi va ma’lum bir ma’da- niyat uchun muhim bo’lgan tushunchalarni o’zida aks ettiradi. Yuqorida keltirilgan ta’rif va fikrlardan ma’lum bo’ldiki,tilshunoslikda konsept atamasiga ikki xil yo’nalishda ya’ni kognitiv tilshunoslik hamda lingvokulturologik jihatdan yondashish mumkin. Shunga ko’ra Vatan konseptida individuallik mavjud bo’lib,u biror bir shaxsning dini va millatidan qat’iy nazar uning dunyoqarashida, tafakkurida alohida ko’rinishga,obrazga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Лингвистический енциклопедический словарь.1990

  2. Аскольдов, С. А. Концепт и слово / С. А. Аскольдов // Русская словесность. От теории словес-ностик структуре текста. Антология. – М. : Academia, 1997. – С. 267–280.

  3. Степанов, Ю. С. Константы: Словарь русской культуры / Ю. С. Степанов. – М. : Академический проект, 2004.

  4. Шведова Н.Ю. Избранные работы. –М., 2005. –С.603.

  5. Европейская поетика 2010: Ст-231

  6. Shuhrat.”Shinelli yillar”Roman.Toshkent.G’ofur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.1975.

  7. S.Siyoyev”Avaz”Roman. Toshkent.”Yosh gvardiya” nashriyoti.1987.

  8. Uy ro’zg’or ensiklopediyasi



1 Лингвистический енциклопедический словарь.1990







2Аскольдов, С. А. Концепт и слово / С. А. Аскольдов // Русская словесность. От теории словес-ности
к структуре текста. Антология. – М. : Academia, 1997. – С. 267–280.




3
Степанов, Ю. С. Константы: Словарь русской культуры / Ю. С. Степанов. – М. : Академиче-ский
проект, 2004.

4

 Шведова Н.Ю. Избранные работы. –М., 2005. –С.603.

5

 Европейская поетика 2010: Cт-231

6

 Shuhrat.”Shinelli yillar”Roman.Toshkent.G’ofur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti 1975.

7

 S.Siyoyev”Avaz”Roman. Toshkent.”Yosh gvardiya” nashriyoti.1987.

8

 Uy ro’zg’or ensiklopediyasi


Download 33.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling