Kalo‘g‘lon ertagi Oltin qush


Download 30 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi30 Kb.
#1236663
Bog'liq
ertak




Kalo‘g‘lon ertagi
Oltin qush
Ahmet Yozgat
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonlarda, juda uzoq tomonlarda kichkinagina qishloq bor ekan. Bu qishloqda Kalo‘g‘lon ismli bir bechorao‘g‘lon yashar ekan. Albatta, har bir etakda bo‘lgani kabi u ham onasi bilan birga yashar va ko‘nglida podshohning qiziga ishqi bor ekan. Saroy derazasidan podshohning qizi – dunyo go‘zalini ko‘rgan Kalo‘g‘lonning na kunduzi, na kechasida halovati bor ekan. Dunyo go‘zalini hech xayolidan chiqara olmas ekan. Shu sababdan biroz g‘amgin, mahzun ekan. Uning ustiga boshida otasizlik ham bor ekan…
Kalo‘g‘lonning otasi haqida so‘z ketar ekan, u shu mintaqaning hokimi Zorbeyning odamlari tufayli kelib chiqqan falokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan. Bechora otaning dunyodan o‘tganiga ancha yillar bo‘lgan. Shu tufayli ortida qolgan ona vao‘g‘ilning qo‘lidan tutuvchi kimsalar deyarli yo‘q edi. Hayot mushkul, sharoitlari esa juda og‘ir… Zotan bu oila yo‘qsil edi, ota vafot etgach, yanada yo‘qsillashdi. Hattoki ona vao‘g‘il bir qotgan nonga ham muhtoj holga tushib qolishdi. Qo‘l uchida hayot kechirishardi.
Shukrki, qo‘ni-qo‘shnilari bor bo‘lishsin! Chunki taom paytida bir kosa sho‘rva bilan bir qotgan (quruq) non keltirishardi, ona va o‘g‘il qorinlarini to‘yg‘izishardi. Biznikilar “Shunga ham shukur!” deb hayot kechiraverishardi, ammo qachongacha? Ma’lumki, birovdan kelgan taom taom bo‘lmaydi, u ham vaqti kelib topilmaydi! Bu vaziyatda Kalo‘g‘lon bir ish topib, ishlashi lozim edi, ammo u bechora nima qilishini qilmas edi… Haqiqatda atrofda unga mos bir ish yo‘q edi.
Kalog‘lonning bir qo‘shnisi bor edi. Ismi Haslet tog‘a edi. Aslida Haslet tog‘aning ham biror tayinli ishi bor deb bo‘lmasdi. Bir tomondan hatto ishsiz hisoblanardi. Lekin u oilasini ovchilik qilib, bir kun bor bir kun yo‘q holda boqar edi. Kalo‘g‘lon keksa Haslet tog‘aning to‘rvasini ko‘rgach, “Men ham ovchilik qila olarmkinman?” – deya o‘ylanib qoladi. Ovchilik masalasida o‘ziga biroz ishonmas edi. Onasi bilan maslahatlashgach,o‘ziga ishonch uyg‘ondi. Onasi o‘g‘lining ishlashga qaror qilganligini va ovchilik qilmoqchi ekanligini eshitgach juda ham sevinadi.

  • Albatta, qo‘lingdan keladi, o‘g‘lim! Hattoki sening otang ham ovchi edi. Bir falokat tufayli bu dunyodano‘tdi. Lekino‘qlari va yoyi, haliyam qo‘ygan yerida shu holicha turibdi. Kutib tur, ularni senga olib kelaman. Keyin esa bir sinab ko‘ramiz. Yoy tortib, o‘q ota olasanmi?! O‘ljangni urib tushira olasanmi?! Usta ovchi bo‘la olasanmi?!

Kalo‘g‘lon otasining ham ovchi bo‘lganligini eshitgach juda ham mamnun bo‘ldi. Bir onda o‘ziga ishonch paydo bo‘ldi. Kalo‘g‘lon bir o‘qlarga, bir yoyga qaraydi. So‘ngra o‘qdondan bir o‘q chiqarib, yoyni tortadi. Biroz qiynaldi, ammo oxirida uddaladi. Qarshisidagi yong‘oq daraxtini nishonga olib, yoyni tortib qo‘yib yuboradi.o‘q ma’lum vaqt havoda uchadi, lekin mo‘ljalga – daraxtning tanasiga yetmadi. Yonidagi qoyaga urilib parchalandi. Shubhasiz, bu natija tufayli Kalo‘g‘on biroz xafa bo‘ladi. Lekin ovchilik ishidan voz kechmadi. Tanlagan ishini amalga oshirish uchun haliyam ishtiyoqmand edi. Mana shu ishtiyoq tufayli yana yoyin io‘qlab otadi. Buni qarangki, buo‘q ham yong‘oqning yonidan o‘tib tuproqqa qadaldi. Kalo‘g‘lon yana to‘xtamadi. Uchinchi marotaba nishonga oldi. Mana, nihoyat bu safar ko‘zlagan maqsadini amalga oshirdi va nishonni naqo‘n ikki chaqirimdan urdi.
Tabiiyki, bu natijasidan Kalo‘g‘lon sevinib, havolarga otilib: “Yashasin! Ona, bu ish qo‘limdan keldi”- deya hayqirdi. “O‘q otishni va nishonni urishni uch martada amalga oshirdim. Alloh izmi bilan endi ovchilik ishini ham bajara olaman, Qani, meni vaqtim bo‘ldi… Hozir to‘g‘ri qishloqdagio‘rmonga borib, ota kasbimga ilk qadamni qo‘yaman”.
Shunday qilib Kalo‘g‘lon har kuni erta tongdan uyg‘onib, qishloqning chekkasida joylashgano‘rmonga borardi. Kuni bo‘yi tevarak-atrofni kezib, ov qiladi, qushlarni ovlaydi. Qorong‘ulik tushishi bilan ovlagan qushlarini olib, ortga qaytar ekan.
Natijada ona o‘g‘il ov go‘shtlari bilan qozon qaynatib, el-u xalqqa muhtoj bo‘lmasdan yashay boshladilar. Hayot kechirish ular uchun ancha osonlashdi. Ustiga -ustak huzur va baxtlari bir qat ortdi, ammo Kalo‘g‘lonning ko‘nglida yara bor edi, yara…
Ya’ni podshoh qizi –dunyo go‘zali bilan bog‘liq xayol bizning ovchini hech tark etmas edi. Qiz yodiga tushishi bilan ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lar emish. Xo‘sh, buning bir chorasi yo‘qmikin? Imkonsiz ish sodir bo‘larmikin? Kelo‘g‘lon endi ishli edi, axir. Albatta, podshoh qiziga uylanish haqida xayol sura olardi. Shu tufayli Kalo‘g‘lon, o‘rmondagi bir kuning yarmini ovchilik bilan, qolgan yarmini podshoh qizi bilan quradigan turmush haqidagi xayol bilan o‘tkazishni boshlabdi.
Shunday kunlarning birida bizning Kalo‘g‘lon onasi bilan va’dalashadi. Har kuni tong otishi bilano‘rmon tomon otlanadi. Odatdagidek, ov qiladi va yashilliklar orasida baxt xayollariga cho‘madi. O‘rmon uzoq emas edi. Biroz vaqtdan keyin u yoqqa ham yetib oldi, lekin ne hikmatki, bu safar o‘rmonda birorta hayvon ko‘zga ko‘rinmasmish. Go‘yo yer yorilib, barcha hayvonlar yer tagiga kirib ketgandek emish. Shu sababli bizning ovchi biror nima ovlash maqsadida atrofni kezib-kezib, bu o‘rmonlardan ancha uzoqlashib ketibdi. U tushgan yo‘l uni oxiri yo‘q, tumansiz bir mintaqaga olib boribdi. Bu yerlar qirlar, o‘t-o‘lanlar, bog‘-u rog‘lar bilan bezangan bir diyor ekan. Tabiiyki, bu diyor egasiz emasdi. Bir boshlig‘i, egasi bor ekan. Uning ismi Zorbey bo‘lib, qushlarga qiziquvchi odam edi. Xalqdan nohaq yig‘ib olgan soliqlari evaziga ming turli qush sotib olar, butun vaqtini ular bilano‘tkazar edi. Kuni bo‘yi diqqati-e’tibori ularda bo‘lar edi. Bu odam uchun dunyo bir yon, qushlar bir yon edi. Ya’ni shu darajada qushlarga ishqiboz edi…
Zorbeyning qushlari orasida boshqalariga o‘xshamaydigani bor emishki, bu qushning dunyoda tengi yo‘q ekan. Qanotining patlari oltindan, quyrug‘i ipakdan, tumshug‘i aqiq toshidan emish. Shuning uchun ham bu tengsiz qushning xalq orasidagi nomi “Oltin qush” emish. Oltin qush Zorbeyning ko‘rkam saroyining ayvonidagi kumush qafasda yashar emish. Belgilangan kunning aniq bir vaqtlarida tashqariga chiqar, shunday atrofni aylanib, yana qafasga qaytar emish.
Ajabo, shunday bo‘lishi ham mumkinmi, Kalo‘g‘lon kelib qolgan bu diyor uzra hayrat-la olg‘a borarkan, biroz oldin qafasidan chiqqan Oltin qushga duch kelmasmishmi? U Zorbeyning va uning qushlarga ishbozligini qayerdan ham bilsin. Oltin qushdan ham xabari yo‘q edi. Yo‘lidan chiqqan bu noyob hayvonni ov qushi debo‘ylaydi.o‘ziga-o‘zi “Yashasin!” deb sevinadi. Bugungi nasibamiz ham topildi oxir-oqibat…
Bizning qaysar ovchi darrov o‘q-yoylarini hozirlaydi. Diqqat bilan nishonga olib o‘q otadi. Tabiiyki, nishondagi Oltin qushni birinchi urinishdayoq urib tushiradi. Bir onda hammasi sodir bo‘ldi, qushning qanotlari va quyrug‘idagi oltin patlari uzilib-uzilib yerga to‘kila boshladi. Kalo‘g‘lon g‘azab bilan oldinga otiladi. Ta’rifsiz sevinch ichida atrofga sochilgan patlarni tera boshladi. Bu orada qushni unutadi. Shoshib yig‘ib olgan bir uyum patni quchog‘iga solib, qushning chayqalib uzoqlashayotganini ko‘rdi. Pushaymonlik ichida qo‘llarini silkib: “Tuf-ey, go‘zalim, o‘ljani qochirdik, ko‘rdingmi?” - deya qushning ortidan qarab qoldi. U tarafda Oltin qush yarador holda Zorbeyning saroyiga qadar uchib bordi. Zotan saroyning eshigiga borguncha bechoraning toqati toq bo‘ldi, yetgan yerida o‘sha holida qoldi…
Bu vaqtda saroyning ayvonida o‘tirgan Zorbey joni kabi suyadigan Oltin qushning parishon holini ko‘rgach, hayratda qoladi. Uning lat yeganini ko‘rgach, o‘pkasi nafarmon bo‘lib ketdi. Darrov uning yoniga yugurib, sevgili qushini ehtiyotkorlik bilan yerdan ko‘taradi. Lekin uning nafas olmayotganini sezgach, qushga qaradi. Shu onda nima qilishini bilmas edi. G‘amdan tipirchilab qoladi, sochini, boshini yuladi. Bechora qushning boshiga o‘tirib ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lab yuboradi. Qanoti yulingan, quyrug‘i uzilgan qushini o‘z bolasi kabi suyib, silar emish, ammo bundan boshqa iloj yo‘q edi. Chunki oltin qushning hayotga qaytishi imkonsiz edi.

Beyning g‘amiga sherik bo‘lgan saroy xizmatchilari qoravullari Zorbeyning o‘zini yo‘qotib qo‘yishiga yo‘l qo‘ymay, uni o‘sha yerdan ko‘tarib, taxtiga o‘tqazadilar. Qushni esa xos bog‘ning bir chekkasiga ko‘mishadi. Nafaqat taxtiga, hatto saroyiga sig‘magan Zorbey tinchlanadiganga o‘xshamasdi. Qushining so‘nggi damdagi holi yodiga tushishi bilan qattiq o‘kinar edi. Qushni otgan ovchi haqida o‘ylashi bilan jazavaga tushar edi. Atrofidagilar yordamga kelib, beylarini tinchlarnitirar, lekin Oltin qush Zorbeyning yodidan chiqmas emish. Bey oxir-oqibat jahl otiga minadi. Natijada: “Agar Oltin qushimni otgan ovchini topib, jazosini bermasam, men ham bu dunyoda yashamayman”- deb o‘ziga o‘zi so‘z beradi.


Oradan kunlaro‘tdi. Biroq Zorbey haliyam g‘azabda emish va saroy karidorlarida to‘xtovsiz borib-kelar emish. Bu vaqtda faqato‘ylar, qattiq sevgan qushini otgan ovchini qanday tutish yo‘lini topa olmas emish. Oxiri xayoliga bir aqlli fikr chaqmoqdek urildi. “Hm - dedi boshini liqillatib, - aniqki bu odam oltinni sevuvchi, ya’ni molparast… U holda uni mana shu tomonidan tutamiz”.
Xayolida bir reja tuzgan Zorbey darrov saroyning balkoniga chiqdi. Orqasidan yo‘lga, bir kosa oltin sochdi: “Ey Oltin qushimni otgan odam! Qarab tur… Seni oltin vositasida tutaman! O‘ylashimcha, saroyimning oldiga sochgan bu oltinlarimning xabarini eshitgach, chidab tura olmaysan va kelasan, tipir-tipr tuzog‘imga tushasan. Tabiiyki, sen bu yerga kelgach, ko‘nglim joyiga tushadi!”
Deya o‘ylayotganmish. U shunday xayollar ichida ekan, yo‘lga sochilgan oltinlarni shu yerdan o‘tayotgan bir omadli odam sevinch bilan yig‘ib olayotganmish. Zorbey esao‘sha yerdan pastga qarayotganmish. Voy! Bu odam qushni urgan ovchi emas. Chunki u odamni tanirdi. Zorbey ertasiga ertalab ham balkonda ekan.o‘sha kun ham yo‘lga bir kosa oltin separmish. Biroz keyin bu oltinlar ham shu yerdano‘tayotgan bir odamniki bo‘ldi. Lekin bu safar qushni otgan odam u emasdi. Zorbey bu odamni ham tanir edi. O‘q otish u yoqda tursin, o‘q-yoyni tuzuk ushlolmaydigan odam edi…
O‘sha yon-atroflarda Kalo‘g‘lon qushlarning ishqibozi bo‘lgan Zorbeyning har tongda balkonga chiqib, saroy yo‘liga bir kosa oltin sochayotganligi daragini eshitadi. Lekin hech ham hayratda qolmaydi. Chunki Zorbeyning bu urinishlario‘zini tutish uchun ekanini sezish qiyin emas edi. Tuzoqni anglagach: “Demak, shunaqami”- deydi o‘zigao‘zi. “Qarab tur, Zorbey! El yomonmi, bey yomonmi? Jumlayi olamga ko‘rsatib qo‘yaman hali”. Buning ustiga Kalo‘g‘lon darrov bir reja tuzdi. Rejaga ko‘ra ertasiga tongda poyabzalining tagiga bir miqdor qorasaqich surtib qo‘yadi. So‘ngra bir tilanchi qiyofasiga kirib to‘g‘ri Zorbeyning saroyi tomon otlanadi. Odatdagidek Zorbey shu tong ham saroyning oldidagi yo‘lga bir kosa oltin sochadi. Keyin esa chekkaga o‘tib, pistirmada poylay boshlaydi. Yo‘l ustiga oltinlar sochilishi bilan Kalo‘g‘lon ham harakatga tushadi. U yerdan uzoqlashgach, yengil bir tilanchi kabio‘zini tutadi va go‘yo oltinlarni ko‘rmagandek, ularga qiziqmayotgandek tutadi. Bu vaqtda qadamba-qadam ilgarilarkan, yerga sochilgan oltinlarni ustidan bosishga harakat qilayotgandek ko‘rsatayotganmish. Qiyom holidagi qorasaqichga yopishayotgan oltinlarni sezdirmasdan yig‘ayotgan edi.
Shunday qilib yo‘l ustida Kalo‘g‘lon bosmagan oltin qolmadi. U yerdan uzoqlashib bir chekkaga chiqadi. Poyabzalining tovoniga surtilgan qorasaqichga yopishgan oltinlarni dona-dona yig‘ib ola boshladi. Tabiiyki, u oltinlarnio‘ziga sarflamaydi. Chunki oltinlar uniki emasdi. Shu tufayli Kalo‘g‘lon bir xalta oltinni olib borib u yerdagi faqir fuqarolarga - xalqqa bitta-bittadan bo‘lib beradi. G‘arib-bechoralarni shunday sevintirdiki, asti so‘ramang. Chunki bu oltinlar xalqdan nohaq to‘plangan edi.
O‘sha tarafda tuzgan rejasining ish berishini saroyning balkonida Zorbey soatlarcha kutibo‘tirardi. Saroyning yo‘lidan bir to‘da olimo‘tib ketdi, ammo bu holatda qandaydir g‘ayritabiiylik bor edi. Yo‘ldan o‘tganlardan hech biri egilib bir dona ham oltin olmagan emish. Oqshom bo‘lgach, joyidan qo‘zg‘algan Zorbey: “Ey Xudo! Bugun bu yerdan bir tilanchi o‘tdi. Keyin boshqalari…Tushunarliki, tilanchi oltinlarni ko‘rmadi. Nega boshqalari yerga sochgan oltinlarimni ko‘rmadi. Kutgan odamim kelmagangao‘xshaydi. Chunki u to‘ng‘iz kelganda aniq oltinlarning hidini olgan bo‘lar edi, Yaxshisi, pastga tushib qaray-chi. Agar haliyam oltinlar o‘sha yerda bo‘lsa, borib yig‘ib olay” – debo‘ylaydi. Oltinlarini yig‘ib olishi niyatida bo‘lgan Zorbey u yerdan oltin tugul bir baqir (mis) ham yo‘qligini ko‘rgach, masala nimada ekanligini angladi va bu holatdan kayfiyati buzildi. Ug‘azab bilan “Voy ayyor-ey”- deb mushtlarini siqadi. “Ablah, tilanchi qiyofasida kelib, meni chuv tushirdimi hali. Qarab tur, men seni tutishni yo‘lini bilaman”. Aslida Zorbey faqat qushlarning ishqibozi emas edi. Uning bir tuyasi bor ekan, bu tuya shunday tez yugurar ekanki, go‘yo yugurmas, uchar emish. Zotan nomi ham “Uchar tuya” emish. Shunday ajoyib tuya ekanligi sababli hamma mana shu tuyaning egasi bo‘lishni xohlar emish. Tuyani sotib olish uchun har kuni cho‘ntagi pulga to‘la xaridorlar kelar emish. Ammo Zorbey “Menda sotiladigan tuya yo‘q” deb oluvchilarni ortiga qaytarar edi. Mana shuning uchun ham Zorbey Kalo‘g‘lonni tutish uchun Uchar tuyadan foydalanishga qarar qiladi. Qisqa muddat o‘ylab ko‘rgach, puxta reja tuzadi. Uyg‘onishi bilanoq bir odamini yoniga chaqirib, o‘ylagan rejasini bayon etishga kirishdi. Odamiga: “O‘g‘lim, Uchar tuyani oxuridan olib chiq, bozorga olib bor. Lekin uni biz bilgan xaridorlarning hech biriga sotma… biz izlagan odamni kut…” deya uqtiradi. Qushimni otgan ovchi to‘plagan oltinlari bilan boy bo‘lgan. Shu sababdan bunday bebaho tuyani qo‘ldan boy bermaydi. Agar o‘ylaganib amalga oshib, ovchi kelsa, darhol uni tutib, menga keltir. Tabiiyki, Zorbeyning Uchar tuyani bozorga - savdoga qo‘yganligi xabari qisqa muddat ichida atrofga yoyildi. Odamlar bir-biriga: “Eshitdingizmi, qo‘shnilar, bizning Zorbey Uchar tuyasini sotuvga qo‘yibdi. Uni sotishga qaror qilibdi” degan xabarni tarqatibdilar.
Uchar tuyaning sotilishi haqidagi xabar yoyilib-yoyilib, oxir Kalo‘g‘lonning qulog‘iga yetadi. Zorbey xalqdan nohaq yig‘ib olgan boyliklarni xalqqa qaytarishga qaror qilgan Kalo‘g‘lon Uchar tuyani qo‘ldan boy berarmidi?! Lekin u bu ishning bir aldov ekanligini yaxshi anglagan edi. Shu tufayli u ham bir qarshi reja tuzadi. Rejaning asosini tuzib, chiroyli qiz qiyofasiga kirib, bozor tomon otlanadi. U yerga borgach, pastdagi rastadan bir katta eshak sotib oladi. “Chu” deb otga minadi. Bozorning yuqori qismiga borish uchun eshagiga “ix” deydi. Bir muddato‘tgach, Kalo‘g‘lon tuya bozoriga keladi. U yerga borgach, eshagidan tushib yunglarini yulib tashlaydi. Eshagi bilan bozorning bu chetidan narigi chetigacha boradi. Bu vaqtda atrofga qarab-qarab Uchar tuyani ham nazaridan qochirmasmish. Oxiri izlaganini topishga muvaffaq bo‘ldi. Uchar tuya uncha uzoqda emasdi. U yerdan o‘tayotgan, sirtdan qaraganda bir yolchi kabio‘zini tutayotgan Kalo‘g‘lon tuya sotuvchisining oldiga keladi. Uyalib, bir yosh qiz kabi salom beradi. Orqadan tuya sotuvchisiga:
- “Janob, bir qarab yubora olasizmi -deb so‘raydi. - Bu yerlarda musofirman… Kichik bir yordamga muhtojman. Iltimos qilsam, menga yordam bera olasizmi?”.
- “Albatta, yordam beraman, kichik xonim” deya yuzlanadi tuyachi. - Zotan men doim odamlarga yordamga tayyorman. Yordam so‘raganlarni hech qachon ortiga qaytarmayman. Qiziq, hozir mendan qanday yordam lozim?
- “Shu atrofda biroz ishim bor edi…- deydi. - Men qaytgunimga qadar eshagimga ko‘z-quloq bo‘lishingizni istayman. Nima deysiz?”
Tuyachi:

  • “Albatta, sizga yordam beraman, kichik xonim. Eshagingizni bering va siz ishingizga qarang”- deya javob berdi.

Kalo‘g‘lon eshagining no‘xtasini tuyachiga berib, u yerdan ohista uzoqlashdi. Atrofdagi bozorchi olomonga qo‘shilib ketdi. Juda uzoq yerga ketmaydi. Darrov ortga qaytadi, u yerdan bir qat pastda turadi. Tuyachining parishonxotir bo‘lishini kuta boshlaydi. Unday bo‘lsa, uzoq kutish kerak emasdi. Tuyachi bir xaridor bilan gaplashayotgan ekan, Kalo‘g‘lon joyidan qo‘zg‘aladi. Uchar tuyaning no‘xtasi bir qoziqqa bog‘langan edi, uni qoziqdan yechib oldi. So‘ngra ipni ushlab, oyoqlarining uchiga bosib-bosib u yerdan uzoqlashadi. Albatta, bu yog‘i ortga qaytish…
Orqada qolgan tuyachi qo‘lida eshakning no‘xtasini tutgan holda uzoq muddat kutadi. Oradan ancha vaqto‘tgan bo‘lsa-da qiz qaytib kelmaydi. Shaksiz, bu holat qarshisida tuyachi shubhalanib qoladi. Katta-katta ko‘zlari bilan o‘ngga, so‘lga qaray boshlaydi. Tabiiyki, bu vaqtda uo‘z tuyasining ham yo‘qolganini sezib qoladi. Shu payt aldanganini sezib qoldi. Otni olgan allaqachon Uskudardano‘tgan bo‘lsa, endi nima ham qilardi? Bechora tuyachi nima ham qilsin? Tushdagi katta eshak bilan gunohkorona saroy tomon otlandi.
Ma’lum vaqtdan keyin Zorbeyning qarshisida bo‘ldi. Bozorda sodir bo‘lgan voqealarni xo‘jayiniga tushuntirib berishni xohlar edi, ammo u juda qiynaladi. Kuyinadi, siqiladi…Ming‘irlaydi, xullas, bo‘lib o‘tganlarni Zorbeyga tushuntirishni uddalay olmadi. Albatta, Zorbey hammasini tushundi, Dimyatga guruchga ketayotgandi, uydagi bu majorodan ham jahli chiqdi. Qoshlarini chimirib: “Seni biror narsa qilib qo‘ymasimdan ko‘zimdan yo‘qol, ovsar” deya odamni saroydan quvib yuboradi. Kalo‘g‘lon ishini hal eta olmagan bu bechora saroydan uzoqlashar ekan, Zorbey bu safar undan ham qattiqroq ishonadigan uch odamini huzuriga chaqiribdi. Bu safar ham ularga vaziyatni tushuntirdi. Odamlariga: “Siz hoziro‘zgacha kiyimlarni kiyim tashqariga chiqasiz…” deydi. Biror bahona bilan shahardagi yo‘l xonlarining saroylarini, hatto atrofdagi shaharcha va qishloqlarni uyma-uy kezasiz. Qaysi uyning havlisida egar yoxud otimga aloqador biror narsa ko‘rsangiz, u yerning eshigiga belgi qo‘ying. Keyin esa uy egasiga sezdirmasdan bu yerga qayting. Qolganini menga qo‘yib bering. Qani, arslonlarim, ko‘rayin-chi sizni. Buyruqqa muvofiq shahardagi hamma yo‘lchi xonlarnikiga to‘xtaydi. Lekin izlaganlarining biror izini topa olmaydilar. Buning ustiga har biri atrofdagi bir boshqa yerga tomon otlanishadi. Shaharcha va qishloqlardagi uylarning eshigiga biror bahona bilan kirib kuzatishni boshlaydi. Kirgan hovlilarning hech qaysida tuyaga oid biror belgini uchratishmabdi. Shunday qilib ular borib-borib Kalo‘g‘lonning qishlog‘ida uchrashishadi. Bu yerlar har tarafda yo‘qsillik hukmron bo‘lgan kichik bir joy ekan. Ular izlayotgan odam bu yerda bo‘lmasligiga ishonchi komil edi. Shu yurib kelishgan ekan atrofdagi uylarga ko‘z yugurtirishga qaror qilishdi. Torgina ko‘chalarni ham aylanishga kirishdi. Eng oxiri Kalo‘g‘lon bilan onasining kulbasining oldiga kelib qolishdi. Albatta, bu kulbaning hovlisida tuya bo‘lishi ehtimoldan uzoq edi. Lekin odamlar to‘g‘ridagi burchakda turgan tuya egarini ko‘rib qolishdi. Shubhasiz, Zorbeyning odamlari izlagan odamning uyi aynan shu edi. Ancha kunlardan beri atrofni kezgan va charchoqdan o‘lar holga kelgan Zorbeyning odamlari vaziyatni anglashlari bilan bir oh tortdilar. Ha! Nihoyat izlagan kishisini topganlariga ishonch hosil qilishdi. Shu payt ulardan biri xaltasidan pichoq va bo‘r chiqarib kulbaning taxta eshigiga bir ishorat qo‘ydi. Keyin esa vazifasini muvaffaqiyat bilan yakunlagan odamlar xursandchilik bilan u yerdan uzoqlashdi. Sabrsizlik bilan ularni kutgan Zorbeyni xabardor etmoq uchun saroyga qaytdilar. Shu on odamlaridan nihoyat kutilgan xabarni olgan beyning kayfiyati nihoyatda chog‘ bo‘libdi. To‘g‘isi, shu kunlarda hech bunchalik xursand bo‘lganini eslolmaydi. Mamnuniyat bilan odamlarining yelkasini siladi. Tabiiyki, qarshisidagi odamlarning har birini bir katta xalta to‘ldirilgan oltin bilan mukofatlashni ham unutmadi. Oxirgi chorani ko‘rgan Zorbey qisqa vaqt ichida Kalo‘g‘lonni tutib keltirib, jazosini berishni niyat qildi. Ammo bu safar juda ehtiyotkorlik bilan ish tutdi. Ishni yolg‘iz o‘zi emas, mamlakat podshosi bilan birga hal qilishga qaror qildi. Shu qarorga kelgan Zorbey tayyorgarligini qilib darhol yo‘lga otlandi. Xuddi bola kabi sevina-sevina mamlakat poytaxti tomon jo‘naydi. U yerga borishi bilanoq podshohning huzuriga chiqadi. Bo‘libo‘tgan voqealarni oqizmay-tomizmay unga so‘zlab beradi. Ammo buo‘zgacha tushunildi…
Hikoyani eshitib bo‘lgach, podshoh Zorbeyning dushmani kichkina bir Kalo‘g‘lon emas, go‘yo yetti tog‘ning ofati deya tushunadi. Hattoki podshoh ham bu odamdan qo‘rqib ketadi. U shunday qo‘rquv bilan bosh vazirini huzuriga chorlaydi. Apil-tapil qarshisiga kelgan vaziriga shunday deydi: “Tingla, vazir Zorbey aytgan o‘sha ayyor odamni tezroq tutib kelishingni xohlayman. Lekin ehtiyot bo‘l. Zero, vaziyat seno‘ylaganingdek emas. U odam ofat… Shunga ko‘ra chora ko‘r, rejani shunga ko‘ra tuz… Qani, seni bir ko‘rayin-chi!”
Zorbey erinmasdan bo‘lgan voqealarni boshidan oxirigacha so‘zlab berdi. Magarki bu vazir dunyodagi eng aqlli vazirlardan biri edi. “No‘” demasdanoq no‘xotni anglagan, ship demasdan savolni yechganlardan emish. Shu tufayli bir ongina o‘yladi. Avval “Hm” dedi, boshini liqillatdi. “Oltin qush qafasiga patlari yulungan holda kelganiga qaraganda qushning oltin patlari o‘sha hushyor ovchida bo‘lishi kerak” deya fikr qiladi. Qosh va ko‘z orasida bir reja tuzgan bosh vazir darhol amalga oshirishga kirishdi. Ishni mamlakatning to‘rt tarafiga jarchi qo‘yishdan boshladi. Jarchilar barcha shaharcha va qishloqlarda “Eshitmadim demanglar” deya isitma ko‘rmagan Dovud ovozi bilan bir-bir baqirishni boshlaydi. “Muhtaram podshohimiz farmonlarini yozish uchun oltin pat izlayaptilar. Kimdadir shunday pat bo‘lsa saroyga olib kelsin. Bu ishi uchun bebaho mukofat ham bor. Bu katta hadiyani kim olishni istaydi?” deydilar.
Albatta, saroy jarchilari bu orada Kalo‘g‘lonning qishlog‘ida ham to‘xtaydi. Bu xabarni u yerda ham yoyishadi. Shunday qilib Kalo‘g‘lon podshohning oltin pat izlayotganini eshitgach, joyidan qo‘zg‘aldi. Shu payt Oltin qushning patlari yodiga tushdi. Darhol yugurib borib, ularni yashirib qo‘ygan joyidan chiqaradi. Ular orasidan eng yaxshisini tanlab qo‘liga oldi. Nihoyat, oltin payt bir ishga yaraydigan bo‘ldi. Oltin patnio‘zi bilan olib poytaxt sari otlandi. Hamdao‘sha paytda podshohning dunyo go‘zali bo‘lgan qizini ko‘rish nasib bo‘lar. Kim bilsin? Ammo Kalo‘g‘lon qishloqdan iznsiz keta olmas edi. Shuning uchun masalani onasiga so‘zlab beradi va undan bir necha kunga poytaxtga ketish uchun ruxsat so‘raydi. Onasi biroz paysalga soladi. Ammo “Modomiki ishingning uchida podshoh bor ekan, bora qol…” deydi. Istaganidek javob olgan Kalo‘g‘lon hayajon ichida poytaxt tomon otlandi. Ko‘pi ketib ozi qoldi. Safarining so‘ngida poytaxtga sog‘-salomat yetib keldi.
Bu katta shaharga ikkinchi marta kelishi edi. Saroy qayerda joylashganligini bilar edi. Shaharning kirish qismidagi oraliq ko‘chalardan tezlik bilan ilgarilab bordi. Ancha oldin ko‘rib hayron bo‘lgan bu shaharning ko‘rkam yodgorliklar bilan bezangan maydonlaridano‘tib izlagan manziliga yetib keldi. Ma’lum vaqt u yerda turib podshohning dunyo go‘zali bo‘lgan qizi yashaydigan saroyni hayrat ichida tomosha qildi. Saroy ham saroymisan saroy ekan. Oltin darvozalari, marmar devorlari …Goyoki qaraganlar sehrlanib qoladigandek. Biroq Kalo‘g‘lonning xayoli saroyning hashamatida emas, podshohning qizida emish. Shu tufayli ko‘zlari jomlarda bo‘lsa-da, ko‘nglining sultonini izlamoqda ekan. Aslida podshoh qizini bir on ko‘rsa yetar emish. Lekin qiz nozlimisan, nozli ekan. Go‘zal qiz na shishada, na balkonda edi. Afsuslar bo‘lsinki, shu tufayli Kalo‘g‘lon biroz mahzun bo‘ladi. Bugun uning omadi kelmabdi. Chorasizlikdan go‘zallar go‘zalini izlamoqdan voz kechgan Kalo‘g‘lon saroyning barcha eshigiga boradi. Eshik oldida turgan saroy xizmatchilariga bu yerga kelishining sababini tushuntirdi.

  • “Mana, sultonimiz izlayotgan oltin pat. Agar ruxsat bersangiz, bu qimmatli patni hukmdorimizga taqdim etsam, ruxsatingiz bilan, janob” - deydi.

Oltin patni ko‘rgan eshikbonlar, darhol chetga chiqib, unga yo‘l beradi. Ulardan biri yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib, Kalo‘g‘lonni boshvazirning oldiga olib boradi. Boshvazir uni orqasidan boshlab podshoh huzuri tomon yetakladi. Shunday qilib, Kalo‘g‘lon oxiri Sultonning huzurida bo‘ladi. Hol-ahvol so‘ragach, “Podshohim…” deya gap boshlaydi. “Siz e’lon berib izlagan oltin pat menda. Mana, u menda… Uni zoti oliylariga tadqim qilish men uchun sharaf. Marhamat, oltin patingiz, davlatli sultonim!”
O‘z taxtida xotirjam o‘tirgan podshoh hayajon bilan joyidan qo‘zg‘aldi. Qarshisidagi Kalo‘g‘lon u izlagan odam ekanligini hah deya tushunadi. Demak, Zorbeyning tarifiga ko‘ra yetti tog‘ning ofati shu ekanda. Bir bechora Kalo‘g‘lon! Bekorga qo‘rqqanligini anglagan Zorbey, tabiiyki, bu safar qoshlarini chatib joyidan qo‘zg‘aladi. Shunday birg‘azab ohangi bilan “Bu bir bahona edi, ey tilyog‘lamachi!” deya o‘shqirdi. Kalo‘g‘lonning qo‘lidan oltin patni tortib oldi. Necha kunlar davomida jarchini baqirtirgan podshoh hatto patga qiyo ham boqmadi. G‘azab bilan yon tomoniga otib yubordi. Keyin esa: “Seni ustingdan shikoyat bor, Kalo‘g‘lon” deya davom etdi. “Eshitishimcha, haddingdan oshibsan, bizning Zorbey bilan bo‘lmaydigan o‘yinlarni o‘ynabsan. Davlat odami bilano‘ynashish ham ish bo‘ldimi? Shuning uchun ham kechirilmas darajada aybdorsan. Hozir esa qilgan ishlaringning jazosini olasan”. Omon zamon deyishga qolmay podshohning amri bo‘yicha harakatga tushgan askarlar paldir-puldur yugurishdi. Kalo‘g‘lonni tutadi va ko‘tarishadi. Og‘zim ko‘zim dedirmay qarg‘a nasos bilan olib kelib zindonga tashlaydilar. Kalo‘g‘lon qorong‘u zindonda ma’lum vaqt sassiz, sadosiz qoldi. Ko‘zlari qorong‘ulikka ko‘nikkach bu yerda uzoq qolishini angladi. Zero ichkariga it bog‘lasang turmaydi. Ya’ni bu yer juda ham yomon edi. Aslida u biroz oldin tashqariga chiqishi va asl haqiqatni podshohga aytishi kerak edi. Biroq hozircha buning iloji yo‘q ekanligi yaqqol ayon. Chunki qalin tosh devorlarni va temir eshiklarni ochish imkonsiz edi. Kalo‘g‘lonni bu yerdan faqat bir insongina chiqara olar edi. U ham, afsuski, zindon qorovuli edi. Agar ishontira olsa...
Shu tufayli fursatni kutishga qaror qildi. Buning ustiga boshini hujraning darchasidan chiqarib: “Hey, zindonbon ota” deya so‘z boshladi. Bilasanmi, men bechora bu yerda aybdor bo‘lganim uchun yotibman. Xo‘sh, sen nega yotibsan? Ipak kabi mayin ovozini eshitgan zindonbon yotgan joyidan qo‘zg‘aldi. Lekino‘ziga berilgan savolga javob bermadi. Kalo‘g‘lonning so‘zi ustida o‘ylanib qoldi. Iyaklarini ushlagan holda uzoq o‘yladi. To‘g‘risi ham zindonband ota shu kunga qadar bu haqida jiddiy o‘ylab ko‘rmaganini eslolmaydi. Albatta, Kalo‘g‘lon va boshqa mahbuslar aybdor bo‘lganliklari uchun zindonda. Eh, nega u ham zindonda?! Biroz o‘ylab ko‘rgach, Kalo‘g‘lon haq degan fikrga keldi. Bir tomondan bu kichkina yigitning so‘zi soyasida ko‘zi ochildi. Shunday qilib Kalo‘g‘lonning zindonbon bilan bo‘lgan suhbati qizidi. Suhbat davomida ancha yillar oldin zindonbon ham Kalo‘g‘lonning qishlog‘idan ekanligi va shaharga ko‘chib ketganligi anglashiladi. Agar ular yana suhbatni davom ettirishsa, hatto qarindosh chiqib qolishlari ham hech gap emasdi. Shuningdek, Kalo‘g‘lon hamshahariga samimiyat bilan ochilishga qaror qildi. Muloyim ohang bilan hamma dardini, ya’ni boshidano‘tgan barcha narsani oxirigacha so‘zlab beradi. Suhbatinining so‘ngida “Tashqarida qilishim kerak bo‘lgan bir ish bor, yurtdoshim” deydi. “Menga ko‘p emas, ikki soatgina ruxsat bersang, juda ham mamnun bo‘laman. Bu vaqt ichida qo‘lga tushadi yoki qochadi deb xavotir olma umuman. Hech kimga ko‘rinmayman, qo‘lga tushmayman ham, qochmayman ham. Ishimni tugatgach, darhol qaytaman. Ishonchingni oqlayman”.
Shubhasiz, zindonbon ota yaxshi odam edi. Shu tufayli Kalo‘g‘lonning samimiy so‘zlariga osonlik bilan ishondi. Darrov o‘rnidan turib, hujraning eshigini ochib beradi. Keyin esa uni eshikdan tashqariga chiqardi. Yo‘lga otlantirdi. Zindonning orqa eshigidan erkinlikka chiqqan Kalo‘g‘lon o‘ng-u chapga chalg‘imay to‘g‘ri poytaxt bozoriga ketdi. U yerdan yungli va kattakon bir qo‘yning terisini sotib oladi. Keyin esa bir qo‘ng‘iroqchining oldida to‘xtaydi. U yerdan yungining har tukiga bir qo‘ng‘iroq taqtirdi. Ishini bitirib, o‘ng-u so‘lga chalg‘imay yana zindonga qaytdi.
Zindonbon Kalo‘g‘lonning qaytib kelganini ko‘rgach, so‘zini ustidan chiqqanidan ziyoda sevindi. Yigitning kal boshini silarkan, “Ofarin, yigitcha. Ishonchimni oqlading”, deydi. Siz haqiqatdan ham durust o‘g‘lonsan. Qolaversa, begunoh ekanligingni ham isbotlading. Shunday qilib Kalo‘g‘lon zindonbonning ishonchini butunlay oqladi. Xullas, zindonbon ota oxirgi so‘z sifatida: “Bundan keyin senga hamma narsa mumkin” deydi. “Qaror qildim: bundan keyin hujraning eshigini ham qulflamayman. Hattoki, kunduzi ham mening xonamda turishing mumkin. Birgalikda suhbatlar quramiz, choy ichamiz, yaxshi vaqto‘tkazamiz”. Kalo‘g‘lon hurmat bilan cho‘zildi. Zindonbonning qo‘lini o‘pdi va rahmat aytdi. “Tashakkur, ota” dedi. “Bundan buyon meni ham o‘g‘ling qatorida ko‘r”. Qisqa qilib aytganda oradan bir kunduz o‘tdi. Qorong‘u bo‘ldi. Hozir tirikchilik davri edi. Shu tufayli Kalo‘g‘lon tashqariga chiqish uchun zindonbondan izn so‘radi. Uning ishonchini qozongan edi. Tabiiyki, zindonbon ota hech qanday e’tirozsiz unga ruxsat berdi. Kalo‘g‘lon yana bir marotaba orqa eshikdan chiqdi, ko‘lankalarda berkina-berkina kunni kech qildi. Bu qisqa sayohatni tugatib, bir yo‘l topib saroyga kirdi. Bir xizmatchi xotin kabi o‘zini tutib, podshohning yotoqxonasigacha borib yetdi. U yerdagi bir xilvatga yashirinib, yonida olib kelgan qo‘ng‘iroqli mo‘ynani ustiga ildi. Yonginasida joylashgan podshoh yotoqxonasi eshigi oldiga keldi. U yerda dik-dik sakray boshladi. Shubhasiz, u sakrashi bilan ustidagi qo‘ng‘iroqlar yer-u ko‘kni boshiga ko‘tarishdi. Bu vaqtda xonasida uxlayotgan podshoh ko‘p o‘tmasdan qo‘ng‘iroqning ovoziga uyg‘ondi. “Nimalar bo‘lyapti?” deyishga ham ulgurmasidanoq xona eshigi ochildi va Kalo‘g‘lon ichkariga otildi. Podshoh qarshisidagi odmi kiyimdagi har tukiga qo‘ng‘iroq taqilgan, yungli bu maxluqni ko‘rgach qo‘rquvdan: “Onajon” deb baqira boshladi. Qo‘rqinch ichida o‘zini yopinchiqning tagiga otdi. Yashirinib oldi. Lekin ko‘rpa tagida dir-dir titrayotgan edi. Biroz o‘zini qo‘lga olgach, g‘ayritabiiy kiyimli bu sharpaga “Sen kimsan” deb so‘rash xayoliga keldi. Buning ustiga Kalo‘g‘lon ovozini qo‘ldan kelgancha yo‘g‘onlashtirib: “Men ming bir jonli Gonjalusman” deya javob beradi. “Bu yerga seni jazolash uchun keldim. Jazolanishga tayyor bo‘l!” Podshoh ovozini eshitishi bilan sirli maxluq Gonjalus deb hisoblayotgan Kalo‘g‘longa yolvora boshladi. “Iltimos, janob Gonjalus, meni jazolama” der ekan, haliyam titrar edi. “Nima istasang bajo keltiraman! Xalta-xalta oltin beraman. Qo‘l ostimda katta-katta xazinalarim bor. Ko‘za-ko‘za oltinlar, sandiq-sandiq javohirlarim... Shularning hammasi, hamma hammasi seniki bo‘lsin!”
Kalo‘g‘lonning ko‘zi na oltinlarda, na javohirlarda ekan. Shu tufayli: “Yo‘q, podshoh hazratlari, sen mening eng yaqin do‘stimni zindonga tashlading. Shuning uchun seni jazolashimgao‘zing sababchisan. Endi seni na oltin, na durlar qutqara oladi . Ya’ni senga aslo afv yo‘q. Na iloj, jazolanasan!”
Podshoh uchun zindondagi do‘stni ozod qilishdan oson ish yo‘q edi.

  • Gonjalusjon, do‘sting kim ekan, ayt, qani, hoziroq ozod qilaman” – dedi.

Ming bir jonli Gonjalus afandi do‘stining ta’rifini berdi:

  • “Kecha sen jazolagan Kalo‘g‘lon bor-ku, o‘sha mening do‘stim. Ertaga ertalab qiladigan birinchi ishing uni qo‘yib yuborish bo‘ladi. Tushundingmi, gumroh podshoh”.

Bo‘yinbog‘ini bukib:

  • “Albatta, istasang, hoziroq qo‘yib yuboraman”. Kalo‘g‘lon ustidagi po‘stin qo‘ng‘iroqlarini jiringlatib so‘zini davom etdi.

  • “Shoshma, hali tugamadi. Do‘stimni ozod qilibgina qolmaysan, go‘zal qizingni ham unga berasan. Tushundingmi?”.

Podshoh qo‘rquvdan ajib yuz ifodasi bilan: “Albatta, albatta... Agar qizimning ko‘ngli bo‘lsa, nega bermayman, Mana berdim” - deya javob berdi.
Gapirishda davom etdi Kalo‘g‘lon: “Shuningdek, sening shu Zorbeying bor-ku, unga ham aloqador ikki og‘iz so‘zim bor. Bu odam zolim odam.o‘ziga qarashli xalqqa zulm o‘tkazmoqda. Nohaq to‘plagan o‘lponlari evaziga qushlar sotib oladi va ularni to‘playdi. Qush to‘la saroyida, chirillagan ovozlar orasida; bir qo‘li yog‘da, bir qo‘li bolda yashaydi. Isrofgarchilikdan hech ham qo‘rqmaydi. Hozir sen bir podshoh sifatida unga ham tegishli jazoni berasan, zero xalq bu zolim odamdan qutulsin. Shunday qilib adolat qaror topsin”.
Xulosa qilib aytganda, shu kecha Kalo‘g‘lon aytadiganini aytib podshoh huzuridan ketadi. Avvalambor, ustidagi qo‘ng‘iroqchali po‘stinni yechadi. Uni buklab axlat qutisiga otadi. Kelgan yo‘lidan yashirinchao‘tib zindonga qaytadi.
Zindonbon u doim so‘zini ustidan chiqqanligini yana bir karra ko‘rgach, “Barakalla” deydi. Bu zamonda sen kabi to‘g‘ri insonni topish mushkul, Kalo‘g‘lon” deydi. Afsuski, ko‘pincha insonlar bergan so‘zlarining ustidan chiqmaydi. Qolaversa, haqiqiy inson bo‘lishning uch shartidan biri bergan so‘zida turishdir...”
Kalo‘g‘lon qolgan ikkisiga qiziqadi: “Qolgan ikkisi-chi” deya so‘raydi.
Zindonbon bobo so‘zini shunday yakunlaydi: “Yolg‘on gapirmaslik va omonatga xiyonat qilmaslikdir...”
Shu kecha lof to‘g‘rilikdan ochilgan ekan, zindonbon va Kalo‘g‘lon tongga qadar gaplashib chiqishdilar. Suhbat davomida ezgulik va yaxshilik haqida gaplashadilar. Hatto bir-biriga ertaklar ham aytib beradilar. Ular aytgan ertaklarga boshqa mahbuslar ham quloq tutishdi. Shubhasiz, aytilgan ertaklarning barchasi yaxshilik,o‘zgalarga naf yetkazish, tinchliksevarlik mavzusida bo‘lganligi uchun mahbuslar qilgan yomon ishlaridan afsuslanib qolishdi. Jazoni o‘tab, bu yerdan chiqqanlaridan so‘ng to‘g‘ri inson bo‘lishga ahd qilishdi. Ertasiga ertalab podshoh yaxshi odam ekanligini isbotladi. Birinchi ishi boshvazirini oldiga chaqirish bo‘ldi. Unga “Zindonga tashlangan Kalo‘g‘lonni afv etdim. Hozir zindonbonga xabar yubor va uni ozodlikka chiqar” – dedi. Shunday qilib Kalo‘g‘lonning ozod qilinishi haqidagi farmon zindonbonga yetkazildi. Qarorga binoan zindonbon ota Kalo‘g‘lonni padshoh huzuriga yubordi. Podshoh Kalo‘g‘lonning boshidan kechirganlarini so‘radi. Yo‘qsil bir ovchi ekanligini, Oltin qushni bexosdan otib qo‘yganligini, shu sababli xalqqa zulm qilgan Zorbeyning nishoni bo‘lib qolganligini, insonlarga nohaqlik qilinishini qabul qila olmaganligi, shu tufayli Zorbey bilan urush boshlaganligini, maqsadi insonlardan tortib olingan oltinlarni yana ularga qaytarish va zolim bir odamning adabini berib qo‘yish ekanligini so‘zlab berdi. Ya’ni hikoyasini boshdan oxirigacha bayon qildi. Qarshisidagi bu tirishqoq yigitni bafurja tinglagan podshoh “Qara, o‘g‘lim” deya so‘z boshladi. “Seni tushundim. Qilganlaringni ham to‘g‘ri deb bilaman. Ammo sen aytgan haqsizlikka qarshi yolg‘iz boshing bilan urush boshlashing to‘g‘ri emas. Bu ishdan ogoh bo‘lishing bilan davlat xizmatchilariga xabar berishing kerak edi. Hatto menga ham... Tushunishimcha, bunday yo‘l borligini bilmagansan. Shu tufayli muammoni hal qila olmagansan. Bu safar seni kechirdim. Ammo haqsizlikka qarshi kurashing meni mamnun qildi. Bundan keyin ham shunday davom etishing uchun yo‘l ochaman senga”
Ajabo, bu qanday yo‘l emish!!!
Bu uchun podshoh kecha bergan ikkinchi va’dasidan ham qaytmadi. Odamlariga buyruq berib, qizini ham huzuriga keltirtirdi.
Podshoh qiziga Kalo‘g‘longa ishora qilib “Qaragin, qizim” deydi. “Agar seni shu yigitga berishni xohlasam, sen nima deysan?”
Podshohning qizi ham Kalo‘g‘londan yaxshisiga borarmidi?! Zotan vazirlarningo‘g‘illarini umuman xushlamas emish. Saroyda yoki atrofda ulardan boshqa biror kimsa bor bo‘lsa ekan, tanlasa... Shu sababdan sulton qizi otasining taklifiga e’tiroz bildirmaydi. Jim qoladi. Uyalib yerga qaray boshlaydi. Otasi bundan angladiki, qizining ko‘ngli bor. Shunday qilib podshoh qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y qilib, qizini Kalo‘g‘longa uzatadi. Saroyga kuyov bo‘lgan Kalo‘g‘lon ishsiz qolarmidi...
Tabiiyki, saroyga vazir bo‘ldi. Bundan buyon u haqsizlikka qarshi kurashini to‘g‘ri yo‘lda olib bora olardi. Bu vaqtda zolim Zorbey ham vazifasidan olinib, jazolandi. Shu bilan tugab qolmadi, boshqa mintaqalarning ham beylari ham ta’qib qilindi. Ularning orasida nomunosib ish qilganning taqdiri Zorbeynikidan farq qilmadi. Kalo‘g‘lonning soyasidao‘lkada adolat qaror topdi. Hamma narsa joy-joyiga tushdi. Shu kundan barcha boshliqlaro‘zlarini tuzatishdi. Xalq ham shu paytga qadar bo‘lmagan xotirjamlik bilan yashay boshladi.
Bu orada podshohning suyukli kuyovi va aqlli vaziri bo‘lgan Kalo‘g‘lonning ham kayfi chog‘ edi. Kalo‘g‘lon yaxshi farzand edi, albatta, bechora onasini ham unutmadi. Onasini saroyga olib kelib, uning ham yaxshi hayot kechirishini ta’minladi.
Shu kundan boshlab Kalo‘glon vazifasini bajarish davomida yo‘qsillarga yordam berdi. Tabiiyki, nohaqlarni ham jazosiz qoldirmadi. Shunday qilib barchadan duo oldi.
Ertak shundan iborat edi... So‘ngida ko‘kdan naq sakson million olma tushdi. Mamlakatdagi odamlar qo‘llariga tushgan olmalarni olib ishtaha bilan yeyishdi va Kalo‘g‘longa tashakkur aytishdi. Zero, u tashakkurga arzigulik rahbar edi. Ertak shu yerda tamom bo‘ldi!
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling