Til va madaniyat
Iqbol O‘RAZOVA Xulosa
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
94
Iqbol O‘RAZOVA Xulosa Yuqoridagi fikrlardan quyidagilarni xulosa qilish mumkin: - “Suhayl va Guldursin” asari o‘zbek adabiyotidagi ilk ishqiy- romantik dostondir. Shu sababli mukammal syujetga ega bu dostonni adabiy tomondan tadqiq qilish adabiyotshunoslar oldidagi dolzarb masala bo‘lmog‘i lozim. - Doston tili jonli xalq tiliga yaqinligi bilan e’tiborga molikdir. Asarda, asosan, turkiy so‘zlar ishlatilgan va har uchala lahja elementlarini ko‘rish mumkin. Ammo o‘g‘iz lahjasi boshqalariga qaraganda faolroq. Buni ijodkorning Xorazm yurtida tug‘ilib o‘sgani va Oltin O‘rda adabiy muhitiga og‘iz lahjasi ta’siri yuqori bo‘lgani bilan izohlash mumkin. - Asarda o‘g‘iz lahjasiga xos fonetik unsurlardan, asosan, badiiylik yaratish, ya’ni badiiy san’atlarni shakllantirish maqsadida foydalanilgan. - Dostonda qo‘llangan o‘g‘iz lahjasiga xos grammatik shakllar aruz vazni talablarini bajarish va so‘zni vaznga tushirish uchun ishlatilgan. - Muallif Kopernikdan oldin Yer Quyosh atrofida aylanishini bilgan va bu ma’lumotdan tashbeh sifatida foydalangan. Demak, Sayfi Saroyi asarlarining til xususiyatini o‘rganish asar badiiyatini ochishga xizmat qiladi, shu bilan birga ajdodlarimiz salohiyati chegara bilmas ekanligini ham dalillash imkonini beradi. Adabiyotlar Аҳмадхўжаев, Э. 1987. "Алишер Навоийгача бўлган ўзбек шоирлари асарлари қўлёзмасининг тарқалишига доир". Адабий мерос 1 (39): 18-27. Греков, Б.Д., Якубовский, А. Й. 1956. Олтин Ўрда ва унинг қулаши. Тошкент. Маллаев, Н. М. 1976. Ўзбек адабиёти тарихи. 1-китоб. 3-нашри. Тошкент: Ўқитувчи. Ўзбек адабиёти тарихи. 5 томлик. 1-том. Тошкент: Фан. 1977. Фозилов, Э. 1973. XIV аср Хоразм ёдномалари. Тошкент: Фан. Уч булбул гулшани. Тўплам. Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1986. Исҳоқов, Ё. 2014. Сўз санъати сўзлиги. Тошкент: Ўзбекистон. 95 "Suhayl va Guldursun” dostonida o‘g‘uz lahjasining qo‘llanishi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling