Til va madaniyat


Bolalarda ikki tillilikning rivojlanishi


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Bolalarda ikki tillilikning rivojlanishi
Bilingvizm Alsgeymer kasalligi rivojlanishini to‘xtatadi. 
Bolalar lingvistika geniysidirlar. Butun dunyoda bolalarga hech kim 
o‘rgatmasa-da, ona tilini tabiiy va aralash holda o‘zlashtiradi. Ikki tilni 
eshitish imkoniga ega bo‘lgan bolalar ikkalasini ham o‘rganadi va ikki 
81
Bilingvizmning bilingval bolalar nutq qobiliyatlari rivojiga ta’siri


til sohibiga aylanadi. Vashington instituti tadqiqotchilari 1 yoshdan 
uch yoshgacha bo‘lgan bilingval, ikki tilni bir vaqtda o‘zlashtirayotgan 
bolalarda miya qay tarzda tilni ishlab chiqarishini o‘rgandilar. Bola 
miyasini o‘rganishda qo‘llanadigan vosita – magnitoensefalografiya, 
qisqartirilgan shakli “MEG” apparati mutlaqo xavfsiz bo‘lib, bolalar 
miyasini o‘rganishda qo‘llanadi. Institut tasarrufidagi ushbu MEG 
apparati bolalar uchun maxsus yaratilgan bir nechta apparatlardan 
biridir. Tadqiqotning maqsadi uyda ikki tilda so‘zlashiladigan oilada 
o‘sayotgan bolalarning miyasida nima yuz berayotganini aniqlashdan 
iborat bo‘lgan. Bu bolalar hali gapirmasidan ularning miyasi 
o‘rganilganda faqat bir tilni eshitadigan bolalar miyasidan farqlanish 
bo‘lish-bo‘lmasligini aniqlash maqsad qilib olingan. Tekshirilgan 
bolalarning yarmi ikki tilli oila bolalaridan iborat. Ota-onalardan 
biri ispan tili, ikkinchisi ingliz tili sohibi. Qolgan bolalarning ota-
onalari ingliz tili sohiblari bo‘lgan va oilada faqat bir tilda muloqot 
amalga oshirilgan. Bolalarni MEGga tayyorlashda maxsus raqamli 
ruchkalar va shapkacha qo‘llanadi. Bu protsedura bola boshi shaklini 
kuzatish imkonini beradi, MEG shlemini kiyganda muntazam uning 
harakatlarini kuzatish mumkin. So‘ngra bolalar MEG xonasiga 
keltiriladi va maxsus kresloga o‘tqiziladi. Miya kuzatilayotgan vaqtda 
boshida shlem MEG kiyilgan, ota-onalari bolaning yonida o‘tiradi. 
Bolalarga turli tillarda tovushlar eshittiriladi, ayni holda ispan va 
ingliz tillari. Ba’zi tovushlar ingliz tiliga va ba’zilari ispan tiliga xos, 
ba’zilari esa ikkalasiga ham xos. Tadqiqotdagi barcha bolalar 11 
oylik, chunki mana shu davrda bolalar ilk so‘zlarini talaffuz qila 
boshlaydilar. Monolingv bolalar miyasi faqat ingliz tili, ona tilidagi 
tovushlarni qabul qilishga moslashdi, ularga hech qachon murojaat 
qilinmagan ispan tili tovushlari, ular hech qachon eshitmagan 
tovushlarni qabul qilishga moslashmadi. Bilingv-bolalarda mana bu 
holat yuz berdi (1-rasm):
82
Manzura SHAMSIYEVA
1-rasm.


Bilingval bolalar miyasi ikki tilni ham qabul qilish jarayoniga 
moslashdi. Bu shuni anglatadiki, bolalar miyasi atrofidagi har qanday 
til va tillarni qayta ishlashi mumkin. Faqat bir tilni eshitadigan 
bolalar bir tilga ishlov beradi. Ikki tilni eshitadigan bolalar ikki tilni 
ishlaydi. Bu tadqiqotning yana bir yangiligi shundan iborat: miyada 
miya old qobig‘i mavjud, bu sxemada u yashil rang bilan belgilangan. 
U old miya qismida joylashgan. Miyaning bu qismi diqqat qaratish, 
vazifalarga yo‘naltirish va moslashuvchan o‘ylashda ishlatiladi. 
Bilingval bolalarning miya faolligi kuchliroq, til tovushlariga nisbatan 
miya reaksiyasi, ayniqsa, miyaning old qismida uchliroq ekanligini 
ko‘rishimiz mumkin (2-rasm).
2-rasm. 
Buning sabablaridan biri shuki, tillar o‘rtasidagi muntazam 
o‘tish (o‘zgarish), ya’ni kod almashishi miyani mashq qilishga majbur 
qiladi, diqqatni o‘zgartirishda ishtirok etadigan miya tarmog‘ini 
mustahkamlaydi va bu bilingvlarning kognitiv rivojlanishiga yordam 
beradi. Boshqa tadqiqotlarning ham ko‘rsatishicha, nafaqat bilingval 
bolalar, katta bilingvlar ham kognitiv bilimni talab qiladigan 
vazifalarni bajarishda afzalliklarga ega bo‘ladi. Bolalar gapirishdan 
oldin – 11 oylikdanoq moslashuvchan tafakkur bilan bog‘liq 
bo‘lgan miya qismlaridagi farqlarni kuzatishimiz mumkin. Demak, 
tadqiqotning ko‘rsatishicha, bola miyasi bir vaqtning o‘zida ikki tilni 
qiynalmasdan o‘zlashtira oladi. 
Bilingvizm bolalar nutqni o‘zlashtirishini sekinlashtiradi, 
degan tushuncha mavjud, biroq tadqiqotlar buni tasdiqlamaydi. 
Bilingvizm qonuniyatlarini o‘rganish bir tilni o‘rganish jarayoni bilan 
bir xil ekanligini ko‘rsatdi. Bilingval bolalar va bir tilli bolalar ham 
ilk so‘zlarini bir vaqtda talaffuz qila boshlashdi. Masalan, bilingv 
bolalar va bir tilli bolalar nutqidagi so‘zlar sanab chiqilganda bir xil, 
ba’zi hollarda bilingval bolalarning so‘zlari ularnikidan ham ko‘proq 
83
Bilingvizmning bilingval bolalar nutq qobiliyatlari rivojiga ta’siri


bo‘ldi. Yana bir xavotir ikki tillilik chalkashlikni keltirib chiqarishi 
bilan bog‘liqdir. Bu shu bilan bog‘liqki, bilingvlar bir gap yoki bir 
vaziyatda ikki tilni aralashtirib yuboradilar. Bu kodlarning o‘zgarishi 
yoki almashishi deyiladi. Bu o‘zgarish yoki almashish chalkashlikni 
keltirib chiqaradimi? Fanning fikricha, yo‘q. Aksariyat bilingvlar 
kodni o‘zgartirishadi. Masalan, oilada uch tilda gaplashiladi va 
shu sababli bolalar ba’zan uchta tilni ham aralashtirib gapiradi. 
Bu bolalarda chalkashlik borligini anglatadi. Bunday aralashtirib 
gapirishning 1-sababi – u shunday gapira oladi, chunki bilingv bolalar 
monolingvlardan farqli ravishda zaxirasida yana bir til mavjud bo‘lib, 
o‘sha tildan so‘zlarni oladi, bir so‘zni boshqa tilda yaxshiroq biladi, 
shuning uchun o‘sha tildan so‘z olib qo‘llaydi. 2-sababi shundaki, 
u shu so‘zni tushunadigan odamlargagina bu so‘zlarni qo‘llaydi, 
bu tilni tushunmaydigan muhitda, masalan, maktab va bog‘chada 
ushbu so‘zlarni qo‘llamaydi, bilingvlar qachon tilni aralashtirish 
mumkinligini juda yaxshi farqlaydilar. Eksperimentlarning ko‘r-
satishicha, hatto ikki yoshli bolalar ham o‘z tilini kim bilan muloqot 
qilayotganligiga qarab moslashtiradi. Kodlarni almashtirish bu turli 
tillardagi so‘zlarni tasodifiy almashtirish degani emas. U grammatika 
qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Kodlarni almashtirish ikki tilda ham 
lingvistik bilimlarni talab qiladi. Shu sababli kodning alamashishi 
chalkashlikning emas, lingvistik mahoratning belgisidir. Bu bilingval 
bolalar va kattalar uchun ham mutlaqo normal va kutilgan holatdir. 
Bilingvizm chalkashlikni keltirib chiqarmaydi va tilni o‘zlashtirish 
jarayonini kechiktirmaydi.
Mana shu dalillarga asoslangan holda biz 7-9 yoshli bilingval 
bolalarda bilingvizmning ta’siri qay tarzda namoyon bo‘lishi, 3 
yoshgacha bo‘lgan davrdagidan farq bo‘lish-bo‘lmasligini aniqlash 
maqsadida tajriba o‘tkazdik. Chunki aksariyat bilingval bolalarda 
nutqi ravon emasligi, o‘z ona tilini unutib qo‘yish hollarini 
kuzatamiz. Bu kabi masalalarga oydinlik kiritish maqsadida bir qator 
psixolingvistik metodikalar yordamida bilingval bolalar nutqi tadqiq 
etildi. Maqolada 7-8 yosh oralig‘idagi bilingv bolalarda o‘tkazilgan 
tajriba natijalarini keltirib o‘tamiz.
Tadqiq etilgan 7-8 yoshli bilingval bolalarda ifodaning 
dekodlash jarayoni turlicha kechdi. Bu xabarda bolaga ma’lum bo‘lgan 
hodisa, aloqalar, oldingi tajribada yuzaga kelgan va barqarorlashgan 
yoki xabar mazmuni faqat rasmiy grammatik belgilarning tahlili 
asosida tushunarli bo‘lishiga bog‘liqdir. Dastlabki holatda ifodani 
tushunish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ikkinchi holatda so‘zlarning 
teskari tartibli passiv qurilmalaridan farqli o‘laroq, bevosita obyektga 
84
Manzura SHAMSIYEVA


ega bo‘lgan sodda faol gaplarni tushunish va anglash osonroq 
kechadi. Tushunish uchun murakkab tahlil o‘tkazish talab etilganda 
barcha bolalar qiyinchilikka uchrashdi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling