Til va madaniyat
E-pochta: vasiya06@mail.ru ORCID ID
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
E-pochta: vasiya06@mail.ru
ORCID ID: 0000-0003-2119-1777 Iqtibos uchun: Shamsiyeva, M. B. 2021. “Bilingvizmning bilingval bolalar nutq qobiliyatlari rivojiga ta’siri ”. Ozbekiston: til va madaniyat 1 (1): 80–89. 80 Uzbekistan: Language and Culture 2021/1(1) ota-onalar va bolalarining fikrlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda o‘z bilingval rivojlanishi haqidagi introspektiv qarashlar ifodalangan tadqiqotlar yetarli emas, biroq ular ham asta-sekin paydo bo‘ladi. 1959-yilda chop etilgan shunday ishlardan biri Vilgelm Teodor Elvertning o‘z oilasida qanday qilib ikki tilni (onasidan ingliz tili va otasidan nemis tili) va deyarli bir vaqtda uchinchi til (italyan tilini boshqalardan, chunki oila Italiyada yashagan)ni o‘zlashtirganini tavsiflaydi [Elwert 1959]. Hozirda bunday ishlar lingvoetnografiya (Language ethnography) tarkibida rivojlanadigan lingvistik avtoetnografiya (Linguistic auto-ethnography)ga kiritiladi. Olimlar o‘z lingvistik tarixlarini, jumladan, tilni o‘zlashtirish, ularning ota- onalari, boshqa oila a’zolari tilini o‘zlashtirishi, shu tariqa, oilaning lingvistik va lingvomadaniy tarixini bayon qiladilar. Bunday ishlar- ning aksariyati o‘zining ikki tillilik va ko‘p tillilik tajribasini anglash bilan bog‘liqdir. Ibragim Chinarbash “Lost between languages” maqolasida turk, kurd, arab va ingliz tillarini oilada, so‘ngra maktab va talabalik davrlarida o‘zlashtirganligi borasidagi multilingval tarixini yoritadi [Çinarbaş 2014]. Ulg‘aygan bolalar ko‘pincha o‘zining ikki tilligi va ko‘p tilligini ijobiy baholaydilar, mamnuniyat bilan o‘z tajribalari borasidagi mulohazalari bilan bo‘lishadi. Bugungi kunda “ikki tilli shaxsning nutq faoliyatida tilga oid va ensiklopedik bilimlarning o‘zaro ta’siri qay tarzda amalga oshirili- shi, ularning xotirasida qanday tashkil etilganligi” va “ular qaysi til orqali o‘zlashtirilgani hamda qaysi til orqali uzatilishi kerakligi”ni tushuntira oladigan tildan foydalanishning yaxlit jarayonini modellashtirish va integral tipdagi nazariyani ishlab chiqish tadqiqotchilarning diqqat markazida turibdi. Ikki tillilikka doir psixolingvistik tadqiqotlar shaxsning til-nutq mexanizmlarini tavsiflashga yo‘naltirilgan umumnazariy konsepsiyalarga asoslanadi (N.P. Antipev, V.P. Belyanin, Y.M. Vereshagin, A.A. Zalevskaya, V.G. Kostomarov, Ye.V. Nakaznaya, U.F. Makki, G.A. Maktamkulova, M.S. Maleshina, I.L. Medvedeva, M. Siguan, M.T. Zokirov, Sh. Jo‘rayev, B. O‘rinboyev, M. Qurbonova, N. Sayidrahimova va h.k). Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling