Bts-2-22 gurux talabasi Qurbonova Nargizaning Boshlang`ich sinflarda o`zbek tilini o`qitish metodikasi fanidan tayyorlagan 1-mustaqil topshirigʻi. Topshiruvchi talaba: Qurbonova N. Fan oʻqituvchisi: Rustamova Dilfuzaxon


Download 50.5 Kb.
bet1/5
Sana28.10.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1732509
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mustaqil ish Fonetika


BTS-2-22 gurux talabasi Qurbonova Nargizaning Boshlang`ich sinflarda o`zbek tilini o`qitish metodikasi fanidan tayyorlagan 1-mustaqil topshirigʻi.
Topshiruvchi talaba: Qurbonova N.
Fan oʻqituvchisi: Rustamova Dilfuzaxon.


1-mustaqil ish
Mavzu: Fonetika, orfografiya, orfoepiya va leksikologiya bo`limlari yuzasidan matnni tahlil qilish.
Reja:
1. Fonetika, orfografiya haqida ma’lumot.
2. Orfoepiya va leksikologiya bo`limlari yuzasidan matnni tahlil qilish.
3. Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Fonetika, orfografiya haqida ma’lumot.

Fonetika — tilshunoslikning nutq tovushlarini o‘rganadigan bo‘limi.
O‘zbek tili fonetikasi shu tildagi tovushiartizimini, ulaming hosil bo‘lish o‘mi va usulini, miqdoriy xossasini, fonologik ahamiyatini, tovush o‘zgarishlarini tekshiradi. Fonetika urg‘u va uning tarkibini, o‘mi va vazifasini, intonatsiya, pauza, bo‘g‘in tuzilishi kabi masalalami ham o‘rganadi. So‘zlar, iboralar, gaplar - um uman, nutq tovushlar vositasi bilan shakllanadi, zéro tovush tilning moddiy qobig‘idir. Har qanday fonetik holat va fonetik biriik fonologik ahamiyatga ega bo'lgandagjna ijtimoiy vazifani bajaradi va mustaqil fonema bo‘la oladi. Masalan, bir va ber so‘zlarining turii ma’noga egaligi / va e unlilarining farqigagina asoslangan: har ikkisi ham old qator unli bo‘lib, lablanmagan; farqlovchi belgi bitta, ya’ni i ning tor rezonatorligi, e ning esa o‘rta rezonatorligidir. O‘zbek tilidagi 6 unlining o‘zaro farqi ba’zan bir fonologik belgiga, ba’zan 2 yoki 3 fonologik belgiga asoslangan bo‘ladi. a va o unlilarining farqi 2 fonologik belgiga asoslangan: a - old qator va lablanmagan, o esa orqa qator va lablangan. / va ol unlilarining munosabati ham xuddi shunday. Bundan tashqari i tor, o‘ esa o‘rta keng rezonatorli. O va i ning farqlanishida ham hamma fonologik belgi qatnashadi: i - old qator, tor rezonatorli, lablanmagan, o esa orqa qator, keng rezonatorli, lablangan.
Farqlovchi belgilarqancha ko‘p bo‘lsa, ularning neytrallashuvi (farqining yo‘qolishi) shuncha kam uchraydi, va, aksincha, farqlar qancha kam bo‘lsa, neytrallashuv ko‘p uchraydi. Masalan, i ning o bilan neytrallashuvi deyarli uchram aydi. E ning i bilan neytrallashuvi tabiiy, chunki ulaming farqi bir belgiga asoslangan. 0 ‘ bilan u ham bir belgi asosida farqlanishi tufayli ba’zi shevalarda sonor undosh oldida neytrallashadi. Masalan, ko‘l - kul. Undoshlarda paydo bo'lish o‘rniga ko‘ra neytrallashuv juda kam uchraydi, lekin paydo bo‘lish usuli (portlovchi va sirg‘aluvchi) va ovozning ishtirokiga ko‘ra (jarangli — jarangsiz) -juda ko‘p uchraydi. Neytrallashuv so‘zning oxirida (misol: maktab - maktap, odob — odop, qatiq - qatuv, sariq - saruv, katak - katay, xorij - xorich), ba’zan morfemalar chegarasida yuz beradi (qishloq - qishlog'im, ko‘sak - ko‘sagi, ko‘ylak - ko‘ylagi).
So'zning boshida neytrallashuv deyarli uchramaydi, shuning uchun o‘zbek tilida so‘zning bosh qismi fonema namoyon boladigan kuchli holat, so‘zning oxiri esa kuchsiz holat o‘midir.
So‘zning o‘rtasidagi - morfemalar chegarasidagi neytrallashuv esa fonologik saviyadagi morfonologik tovush almashinuvidir.
Nutq tovushlarining hosil bolishida ishtirok etuvchi nutq oiganlarining jami nutq apparati deyiladi va ular quyidagilardan iborat:
1) nafas apparati (bunga o‘pka, bir juft bronx va nafas yo‘li kiradi);
2) bo‘g‘iz bo‘shlig‘i (bunga turli shakldagi tog'aylar va un paychalari ham kiradi);
3) og‘iz bo‘shlig‘í (bunga ti!, qattiq va yumshoq tanglay, kichik til, lab va tishlar kiradi);
4) burun bo‘shlig‘i. Tovush hosil qilishda faol qatnashadigan (harakatli) organlar - til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, un paychalaridir. Faol bolmaganlari tish, qattiq tanglay, burun rezonatoridir.
O‘pka - nutq tovushlarini talaffuz etish uchun zarur bo‘lgan havo oqimi manbaidir, bo‘g‘izesa un (ovoz) manbaidir. Unlilar, sonor va jarangli undoshlardagi ovoz un paychalarining bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida tebranishi natijasidir. Og‘iz bo‘shlig‘i shovqin hosil qiladigan organ bo‘lishi bilan birga tovush kuchaytiigich vazifasini ham bajaradi. Og'iz bo‘shlig‘idagi organlaming turlicha harakati turli tovushlami hosil qiladi.
Tovush — nutqning fonetik jihatdan boMinmaydigan (fonema bundan mustasno) biriigi. Tovush so‘z vagrammatik ko‘tsatkichlami shakllantirar ekan, uning so‘z ma’nolarini farqlashda xizmat qiladigan turi fonema deb ataladi. Tovush nutq organlari orqali talaffuz qilinib (analiz qilinib), quloq orqali eshitiladigan (sintez qilinadigan) til hodisasidir. O‘zbek tilida 28 ta mustaqil fonema bor. Ulardan 6 tasi unli, 22 tasi undosh fonemalardir. 3 ta mustaqil bo‘lmagan undosh bor. Ular: f, / va «£‘dir. f va / (sirg‘aluvchi) undoshlari bo'Igan bir qancha so‘zlar o‘zlashgan bo‘lsa ham, bu undoshlar o'zbek tilida fonologik darajaga ko‘tari!madi. Ular / [qorishiq (affrikat)] va p ning variant! darajasidadir. ng undoshining so‘zdagi o‘mi chegaralangan bo‘lsa ham (so‘z boshida uchramaydi), mustaqil fonemadir. Uning ming-min, o‘ng-o‘n, tong-ton, ong-on, to ‘ngto‘n, eng-en kabi kvaziomonimlari mavjud. ng fonemasining uvular (chuqur tilorqa) variant! ham mavjud (ng‘): yong‘oq, qo‘ng‘iz. Bu undosh mustaqil fonema emas. Jamiyatning har bir a’zosidan to`g`ri so`zlay olish va savodli yoza bilish talab etiladi. O`quv muassasalari oldida turgan asosiy vazifa ham shu talab asosida kelib chiqadi. Adabiy tilning ikki shakli bo`lib, ulardan biri yozma nutqdir. Bu nutq orfografiya qonun-qoidalariga asoslanadi. Demak, orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xos bo`lib, u tildagi o`zak-negiz va qo`shimchalarni agona tarzda to`g`ri yozish haqidagi qoidalar yig`indisidir. Kirill grafikasi asosidagi imlo qoidalari 1956 yilda tasdiqlangan. Bu imlo qoidalari quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:
1. Ayrim harflar imlosi;
2. O`zak-negiz va qo`shimchalar imlosi;
3. Qo`shma so`z va so`z birikmalari imlosi;
4. Bo`g`in ko`chirilishi;
5. Bosh harflarning yozilishi.
1995 yil 24 avgustda lotin grafikasi asosidagi o`zbek yozuvining imlosiga doir qoidalari tasdiqlandi. Bu imlo qoidalari quyidagi bo`limlardan tuzilgan:
1. Ayrim harflar imlosi: unlilar imlosi, undoshlar imlosi.
2. Asos va qo`shimchalar imlosi.
3. Qo`shib yozish.
4. Ajratib yozish.
5. CHiziqcha bilan yozish.
6. Bosh harflar bilan yozish.
7. Ko`chirish qoidalari.
Ikki xil grafikaga asoslangan imlo qoidalari ayrim o`rinlari bilan farqlanadi.
1.Orfografiya grekcha orphos («to`g`ri») va grapho («yozaman») so`zlaridan tashkil topgan bo`lib, «to`g`ri yozaman» degan ma’noni bildiradi.
Imlo qoidalari orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy, an’anaviy va differentsiya tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Fonetik va morfologik tamoyillar o`zbek orfografiyasining asosiy tamoyillaridir.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling