Bts-2-22 gurux talabasi Qurbonova Nargizaning Boshlang`ich sinflarda o`zbek tilini o`qitish metodikasi fanidan tayyorlagan 1-mustaqil topshirigʻi. Topshiruvchi talaba: Qurbonova N. Fan oʻqituvchisi: Rustamova Dilfuzaxon


Download 50.5 Kb.
bet5/5
Sana28.10.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1732509
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mustaqil ish Fonetika

Undosh tovushlar orfoepiyasi
Undosh tovushlar orfoepiyasi ko‘proq kombinator va pozitsion omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalarga bog‘liq bo‘adi.Хususan:
1) b, d jarangli undoshlari so‘z oхririda jarangsiz p, t tarzida talaffuz etiladi, bu hol o‘zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor hisoblanadi : kitob> kitop, borib>borip,yozib>yozip, savod> savot, obod> obot kabi;
2) b, d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qollanganda assimilatsiyaga uchrab, p,t holida talaffuz etiladi, bu hol ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi: ibtidoiy> iptidoiy,ketdi> ketti;
3) j.z undoshlarining jarangsiz undoshlar ta’sirida sh, s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy>ishtimoiy, mazkur>maskur kabi;
4) b,d undoshlarining intervokal holatda (ikki unli orasida) sirg‘aluvchi v, g‘ undoshlariga o‘tishi ham adabiy talaffuz me’yorlariga хilof emas: bora ber>boraver, keta ber>ketaver, qo‘shiq> qishlog‘i kabi.
Leksikologiya (leksika va ...logiya) — tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni muayyan bir tilning leksikasini oʻrganuvchi boʻlimi. L. har bir soʻzni yolgʻiz holda emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi. L. tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda soʻz yasalishi haqidagi taʼlimot kabi sohalari bilan chambarchas bogʻliq. L.ning asosiy muammolaridan biri soʻzning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. L.da soʻzlarning maʼno jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaʼni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, so`z maʼnolarining erkin yoki bogʻliq holda boʻlishi kabi masalalari ham oʻrganiladi. Leksika muayyan bir tizim sifatida koʻrilganda, soʻz maʼnolari va tushunchalarning oʻzaro bogʻliq holda boʻlishi koʻzda tutiladi. L. lugʻat tarkibining amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, soʻzlarning uslubiy jihatdan tasnifiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, soʻzlashuv va adabiy tillarda foydalanish meʼyorlarini, professionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksikalashgan soʻz birikmalarini meʼyorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling