Til va madaniyat


“Katorga” leksemasining semantik


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

“Katorga” leksemasining semantik
 taraqqiyoti
Kamola Rixsiyeva
1
Abstrakt
Ushbu maqolada “katorga” leksemasining semantikasi tahlil 
qilingan. “Katorga” leksemasining kelib chiqishi, asosi, yasalishi hamda 
ma’no taraqqiyoti qadimgi turkiy til lug‘atlarida yoritilishi o‘rganilgan. 
O‘zbek, rus va ingliz tili izohli hamda elektron lug‘atlarida berilgan
ma’nolari qiyosiy tahlil qilingan. Rus olimlarining bu mavzudagi 
tadqiqotlari va lug‘atlarida izohlangan ma’nolari asosida uning yunon 
emas, balki turkiy so‘z ekanligi asoslangan. Tilshunos olimlarning bu so‘z 
etimologiyasi haqidagi fikrlarini tahlil qilish asosida yangi xulosalar bayon 
qilingan. Qadimgi turkiy tildan rus tili va u orqali boshqa tillarga o‘zlashgan 
shu kabi so‘zlar haqida qisqacha fikr-mulohazalar qayd qilingan.
Kalit so‘zlar: leksema, semantika, semantik taraqqiyot, o‘zlashma, 
lug‘at, elektron lug‘at, izohli lug‘at, etimologiya, katorga.
Kirish
Har qanday tilning lug‘at tarkibiga nazar tashlar ekanmiz,
unda turli hajmda boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarning o‘rni
alohida bilinib turadi. Dunyoda sof tilning o‘zi yo‘q. Tillarning qadim 
tarixi, tabiati va xususiyatlarini tadqiq etishda shu tildan boshqa 
tillarga o‘zlashgan leksemalar etimologiyasini va semantikasini 
o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki bunday semantik, 
etimologik tahlil jarayonida ana shu leksemaning o‘zlashish davri, 
dastlabki shakli va ma’nolari oydinlashib, leksemaning tarixiy-
semantik taraqqiyotini aniqlashimiz, u haqida yangi ma’lumotlar 
olishimiz mumkin. Tilning ijtimoiy tabiati ham shunda namoyon 
bo‘ladi. Ya’ni til jamiyat bilan tug‘iladi, u bilan birga taraqqiy etadi, 
rivojlanadi. Ijtimoiy-madaniy hayotdagi o‘zgarishlar, avvalo, tilning 
leksik sathida yaqqol aks etadi. V.fon Gumboldt ta’rificha, har qanday 
kichik til ham o‘rganish va tadqiq etishga loyiqdir. Dunyoda ko‘p 
1Rixsiyeva Kamola G'ofurovna – o‘qituvchi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling