Til va madaniyat


“Katorga” leksemasining semantik taraqqiyoti Xulosa


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

101
“Katorga” leksemasining semantik taraqqiyoti


Xulosa
Qiyosiy tahlil jarayonida “katorga”ning avvalgi va hozirgi 
ma’nosida ham “yopiqlik” semasi to‘liq saqlanib qolganligi ma’lum 
bo‘ldi. Turli davr lug‘atlarida “katorga”ga berilgan ta’riflarni o‘rganib, 
manbalardagi unga o‘zakdosh so‘zlarning ma’nolarini qiyoslab, 
olimlarning bu haqdagi qarashlarini tahlil qilgan holda uning sof 
turkiy leksema ekanligi haqidagi xulosaga kelish mumkin. Zero, 
tarixiy-ijtimoiy sabablarga ko‘ra qadimgi turkiy tildan rus tiliga va 
u orqali dunyoning boshqa tillariga o‘tib, jahon kezgan turkiy so‘zlar 
ko‘p miqdorni tashkil qiladi. Afsuski, ba’zida o‘zbek xalqining xijolat 
bilan qiynalib talafffuz qiladigan, og‘zaki nutqqa o‘zlashgan “utyug” 
kabi rus so‘zlari aslini olganda sof turkiy ekanligini bilmaymiz. 
“Utyug”ni aksent bilan “utik” deb noto‘g‘ri talaffuz qilayotganimizdan
uyalamiz. Vaholanki, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ot-it 
turk” asarida turkiy xalqlarda kiyimni tekislash, unga ishlov berish 
ma’nosidagi “utimaq” fe’li mavjudligi aytiladi. Demak, “utimaq” 
harakatini amalga oshiruvchi vosita vazifasini “utik” bajargan.
Buni biz, aksincha, asli kabi talaffuz qilayotganimizni bilmaymiz. 
Birgina shu so‘z turkiy xalqlarning madaniyati o‘sha davrlardayoq 
qanchalik darajada ekanligiga guvohlik berishi mumkin.
XI asrda yozilgan asarda kiyimni tekislab, unga ishlov berib kiyish 
madaniyati shakllangani qayd etilgan bo‘lsa ham, aslida bu buyum va 
harakatning mavjudligi undan ham oldingi asrlarga borib taqalishi 
mumkin. Qadimgi turkiy tildan rus tili va u orqali o‘zga tillarga 
ko‘p miqdordagi so‘zlarning o‘zlashishini ham madaniy turmush 
va taraqqiyotning yuqori darajasi natijasi, deb asoslash mumkin. 
“Katorga” ham xuddi shunday. Bu leksemani katta sig‘imli lug‘atlarda 
ba’zan rus, ba’zan yunon tiliga oid, ba’zan esa umuman kelib chiqishi 
noma’lum ekanligi qayd qilingan. “Katorga” o‘ziga xos semantik 
taraqqiyot davrini o‘tagan. Aynan shu sababli va o‘zga tilning talaffuz 
me’yoriga moslashib, xuddi boshqa leksemalar kabi, ayrim fonetik 
o‘zgarishlarga uchragan. Lekin uning semantikasida “qishki, yopiq 
yuk tashuv vositasi” degan dastlabki ma’nosidan butunlay uzilish 
holati yo‘q. Demak, xulosa sifatida “katorga”ni asli turkiy leksema 
deb baholash mumkin.
Adabiyotlar
Баскаков, Н. А. 1979. Русские фамилии тюркского происхождения.
Москва: Наука. 
Этимологический словарь тюркских языков. Москва, 1977
Фасмер, М. 1986. Этимологический словарь русского языка. Москва. 
Гумбатов, Г. 2012. Историческая прародина тюрков. Баку:
102
Kamola RIXSIYEVA


Элм и тахсил. 
Кожевникова, Й.А. 2009. Тюркизмы в современном русском языке. 
Шипова, Й.Н. 1976. Словарь тюркизмов в русском языке. Алма-Ата: 
Наука. 
Юналеева, Р.А. 2005. Тюркизмы в русской классике: словарь с тексто-
вым ииллюстрациями. Казан: Таглимат. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling