Til va madaniyat


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Kalit so‘zlar: eski o‘zbek adabiy tili, lahja, kelishik shakllari, jo‘nalish 
kelishigi, fe’l shakli, fuziya. 
Kirish
Sayfi Saroyining “Suhayl va Guldursun” asari o‘zbek 
adabiyotidagi ilk ishqiy-romantik dostondir (Sababi “Qutadg‘u bilig”
va “Hibat ul-haqoyiq” asarlari mavzu jihatidan pandnoma doston 
hisoblanadi). Asar 1394-yil yozilgan bo‘lib, syujet chizig‘iga egaligi 
va hayotiy haqiqatga yaqinligi bilan ajralib turadi. Asar aruzning 
hazaji musaddasi maqsur vaznida yozilgan bo‘lib, vazn talabiga qat’iy 
rioya qilingan.[Mallayev 263]. Doston 82 bayt, ya’ni 164 misradan 
iborat bo‘lib, kirishdan tashqari “Suhaylning chohda yotmishi”,
“Suhaylning tush ko‘rmishi”, “Shoh qizi Guldursun Suhaylni ko‘rgoni 
va uni sevib qolganin bayoni”, “Guldursunning chohga tushub 
Suhayl bilan so‘zlashgoni”, “Suhayl bilan Guldursunning chohdan 
chiqib qochganlari bayoni” kabi boblardan iborat. Muallifning har 
bir bobni asar mazmunidan kelib chiqib sarlavha shaklida nomlab 
borishi ham ijodkor yutug‘i sanaladi. Doston voqealari Xorazm xalq 
og‘zaki ijodiga mansub “Guldursun” afsonasi motivida yozilgan. 
1O'razova Iqbol Abdikarimovna – tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi 
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
E-pochta: orazovaiqbola@gmail.com
Iqtibos uchun: O'razova, I. A. 2021. “Suhayl va Guldursun” dostonida o‘g‘uz 
lahjasining qo‘llanishi”.  Ozbekiston: til va madaniyat  1 (1): 90–96.
90
Uzbekistan: Language and Culture 2021/1 (1)


Lekin muallif doston boshlanmasida ushbu asar afsonaga emas
aksincha hayotiy voqealarga asoslangani, Suhayl esa shoirning o‘z 
zamondoshi bo‘lganini aytib o‘tadi:
Emas afsona chin ushbu bitilmish,
Bu chin afsonatek ishqda yetilmish.
Ayittim og‘labon davrim jafosin,
Bir erning qissayi ahd-u vafosin [Uch bulbul gulshani 326].
Tarixiy voqelarga tayansak, Xorazm Oltin O‘rda xonligiga 
qarashli ekanligi hamda Amir Temur va To‘xtamish o‘rtasidagi jang 
Temur g‘alabasi bilan tugaganini inobatga olsak, muallif tarixiy 
voqealar asosida asarni shakllantirganiga ishonish mumkin.
Doston yakunida esa asar voqealari to‘qima syujet emasligiga 
yana bir bor ishora qilinadi:
Bo‘lur bu bitikkim, tarixga yodgor,
Bu yodgorimda yolg‘on yo‘g‘-u chin bor [Uch bulbul gulshani 
330].

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling