Til va madaniyat
Tarjimada milliylikni aks ettirish usullari
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
Tarjimada milliylikni aks ettirish usullari
Tarjimada milliylikni aks ettirish usullari haqida Sharq-u G‘arb olimlari koʻplab tajribalar oʻtkazgan va turli qonun-qoidalar yaratgan boʻlsalar-da, konkret asardagi milliy realiyalarni oʻgirishda doimo aniq bir koʻrsatma berib boʻlmaydi. Hozirgi Sharq tillaridan G‘arb tillariga yoki aksincha qilingan tarjimalar tahlili jarayonida tarjimashunoslik fani oldida turgan muammolar, bir qator turmush tarzida koʻplab oʻxshashliklar 134 Ziyoda KASIMOVA boʻlishidan tashqari, ularning san’atga, adabiyotga boʻlgan qarashlaridan ham uyg‘unlikni sezish mumkin. Qadim-qadimdan davom etib kelayotgan quda-andalik an’analari, umumiy bozor, mehnat vositalari va shakllarining koʻplab oʻxshash tomonlari bor. Bularning hammasi birgalikda xalqlarimizning urf-odati, ma’naviy qarashlarida umumiy oʻxshash tomonlarini yaratgan. O‘zbek millati va o‘zbek xalqiga xos, o‘zbek madaniy hayotini ifodalovchi realiyalarning tarjimada rus tilida berilishi haqida so‘z yuritar ekanmiz, shuni ta’kidlash joizki, tarjimonlar ularni ifodalashda tarjimaning transliteratsiya usullaridan keng foydalanadilar. Quyida Аbdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” romanining o‘zbek tilidan rus tiliga qilingan tarjimasini tadqiq qilish asosida aniqlangan bir qator misollarni keltirib o‘tamiz: O‘zbek madaniyatida chopon kiyim ustidan kiyiladigan, ichiga paxta solib qavilgan uzun milliy kiyim [O‘TIL 2008, 506] bo‘lib, muhim ahamiyatga ega. Chunki o‘zbeklarning ko‘pgina urf-odat va marosimlarida, xususan, beshik to‘yi, fotiha, aza marosimlarida choponning alohida vazifasi mavjud: Бу қандай чопон? [Qodiriy 2004, 47]. Unashilganidan bexabar Otabek tomonidan aytilgan ushbu gapning tarjimasini ko‘ramiz: Что это за халат? [Кадыри 2009, 53]. Rus tilining izohli lug‘atida халат so‘zi quyidagicha berilgan: ХАЛАТ, -а, м. Домашняя или рабочая одежда, запахиваю- щаяся или застегивающаяся сверху донизу [Ожегов, Шведова 1935, 985]. Yuqoridagi tarjimada choponning ustki kiyim ekanligi hamda shakli asos qilib olingan, biroq oʻzbek milliy kiyimi oʻzining mohiyatini yoʻqotgan. Hasanali nutqidan misol: Дунёдан чароғчисиз бораман [Qodiriy 2004, 47]. Ma’lumki, chiroq so’zi ko’chma ma’noda farzand yoki yaqin odam deganidir. O’zbek xalqida chirog‘ini yoqish, ya’ni marhumdan keyin uning uy-joyini obod qilib asrash [O‘TIL 2008, 493] kabi milliy tushuncha mavjud. Shu mazmundagi maqol ham bor: O‘g‘il yoqqan chiroqni qiz ham yoqar [O‘TIL 2008, 493] Ruscha tarjimada: А ни сына, ни дочери нет у меня [Абдулла Кадыри 2009, 52]. Tarjimada ko’rinib turibdiki, farzandsizlik mohiyatan aks etgan, ammo marhumdan keyin uning uy-joyini obod qilib asrash 135 Urf-odatni ifodalovchi realiyalar: asliyat va tarjima tushunchasi o‘z aksini topmagan. O‘zbek urf-odatiga ko‘ra, kelinni yoki yangi tug‘ilgan bolani birinchi marta ko‘rishda yaqin kishilar, qarindosh-urug‘lar tomonidan beriladigan sovg‘a ko‘rmana deb ataladi. Asarning ruscha tarjimasida подарка tarzida ifodalangan bo‘lib, biror sabab bilan sovg‘a berish ma’nosi ochib berilgan, aynan kelinni yoki yangi tug‘ilgan bolani birinchi marta ko‘rishda beriladigan sovg‘a semasi to‘liq aks etmagan. “O’tkan kunlar” asari tarjimasida milliy urf-odatlarni ifodalovchi realiya birliklar transliteratsiya (aynan ifodalash), izohlash va ekvivalent birliklar bilan ifodalash tamoyillari asosida tarjima qilingan: nisholda (нишалда), yor-yor (яр-яр), tavanxona (таванхана), suyunchi (суюнчи), bosh-oyog‘ kiyim (полная сарпа), o'g’ilmi yoki holva (мальчик или халва). Xulosa Deyarli ko'p o'rinlarda realiyalar muvaffaqiyatli tarjima qilingan bo'lsa-da, ba’zi o’rinlarda semantik jihatdan mos bo'lmagan tarjimalar ham uchraydi (choponning халат, hujraning комната, osh berishning угощение tarzda berilishi kabi). Bunday holatda realiya o'zining madaniy semasidan uzoqlashib, faqat vazifasiga ko’ra o’xshatilgan. Realiyalarning ma’lum xalq madaniyatini ifodalovchi birliklar ekanligini inobatga olib, ularning asl mohiyatini tarjimada aks ettirish muhimdir. Buning uchun realiyalarni transliteratsiya qilib, ularning ma’no-mazmunini havola qilish, izohlash, sharhlash kabi usullardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling