Til va nutq aloqasi


Download 40.66 Kb.
bet12/17
Sana28.07.2023
Hajmi40.66 Kb.
#1663141
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
altyn

51.Til va tafakkur

Til va tafakkur


Til va tafakkur bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy hodisalardir. Inson nutqi, til vositalari bo‘lmasa, fikrlash ham bo‘lishi gumon. Tafakkur va til aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda, til - tafakkurning borliq shakli. Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog‘liq holda mavjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd etiladi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biror-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr tushun-cha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo‘ladi. Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon tug‘diradi.


52.Tеzis va taqriz

Tezis – Ilmiy asar, maqola, doklad va shu kabilardagi asosiy g’oyalarning qisqa va lo‘nda ifodasi. Haqiqat ekanligi isbotlanishi lozim bo‘lgan hukm, mulohaza, fikr.

Taqriz - sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа аsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаyi nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi.
Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vа аmаliy аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.


53.Yozuv haqida ma’lumоt

Nutqni qog‘ozda aks ettirish uchun xizmat qiladigan harfiy grafik shakllar tizimi va shu tizimga asoslanuvchi aloqa vositasi yozuv deyiladi. Yozuv tilning makon (masofa) va zamon (vaqt) jihatdan chegaralanganlik qirralarini to‘ldiruvchi ikkilamchi aloqa vositasidir. Yozuv jamiyat tarixi, adabiyot va san’at tarixi, til tarixini o‘rganishda muhim manbadir. Yozuv o‘z tarixiga ega. Yozuvning hozirgi ko‘rinishlari uzoq izlanishlar va takomillashtirib borishlar mahsulidir. Insonlar o‘tmishda piktografik, logografik, ieroglifik, fonografik, yozuv turlaridan foydalanganlar. Nutq mazmuni jonli va jonsiz narsalarning rasmi, shartli tasvir tarzidagi grafik shakllar asosida ifodalanadigan yozuv piktografik (lot piktus - chizilgan va grek. grapho yozaman) yozuv deyiladi. Mazkur yozuv birliklari piktogrammalar deb ataladi. Yozuvning bu tun mukammal bo‘lmay, u rasmlar orasidagi munosabatlarni, ularning tarkibini ko‘rsata olmaydi. Shuningdek, bu yozuvda mavhum tushunchalarni aks ettirish imkoni deyarli yo‘q edi. Bu holatlar mazkur yozuvdagi matnni bir necha xil o‘qishga, talqin qilishga olib keladi. Piktografik yozuvning mukammallashib borishi natijasida ideograflk (yun. idea tushuncha va grarho - yozaman) yozuv paydo bo‘lgan. Manbalarda bu yozuv turi logografik (yun. logos so‘z va grarho - yozaman) yozuv deb ham ataladi. Bu yozuvda ma’lum ramzlardan foydalaniladi, ramzlar borliqdagi narsalarni aks ettirib qolmay, tildagi so‘zlarni ham lfodalaydi, tildagi har bir so‘z o‘z ramziga ega bo‘ladi. Logografik yozuv birliklari logogrammalar deyiladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliq shakii orqali ifodalashgan. Xitoyliklar esa «yaxshi» so‘zini ayol kishi, bola ramzlari orqali ifodalaganlar.





Download 40.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling