Til va nutq aloqasi


Download 40.66 Kb.
bet1/17
Sana28.07.2023
Hajmi40.66 Kb.
#1663141
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
altyn


2. Til va nutq aloqasi.
Til va nutq hodisalarini o'zaro farqlash ularning munosabat mohiyatini o'rganish arab tilshunosligida VIII-IX asrlardayoq mavjud edi. Mazkur tushunchalarning munosabat shakll hozirga qadar dunyo tilshunoslarining diqqatini o'ziga jalb qilib kelmoqda. Smernitskiy A. I., Panfilov V.Z., Melnichuk A.S., Solnsov V.M. kabl Praga tilshunoslari sistem tilshunoslik taraqiyotiga ulkan hissa qo'shib, til va nutq munosabati tarixi xususida o'z mulohazalarini bildirgan edilar. Lekin til va nutq hodisalarini va ularga xos birliklari tom ma'noda ilmiy-nazariy hamda amaliy farqlash; «til» va «nutq tushunchalariga batamom yangi ma'zmun berilishi F.de Sossyur va uning izdoshlari yaratgan ta'limot bilan boqliqdir. Til va nutq maslalariga munosabat dunyoning muayyan taraqqiyot darajasidagi tillarda o'ziga xos tarzda talqin qilinmoqda. Jumladan, hozirgi o'zbek tilshunosligida o'zaro dialektik bog'liq boʻlgan til va nutq hodisalarining farqiga oid ayrim fikrlar bayon qilinayotgan bo'lishiga qaramay, bu masalaning hal qilinishi lozim bo'lgan Jihatlari ko'p.
Tilshunslik boshqa fanlardan ajralib, o'zicha a'lohida mustaqil fan deb tanilgan davrdayoq, til va nutqni fariqlashga e'tibor berilgan edi. Ammo fan taraqqiyoti tarixi davomida hamma sohada ham til va nutq bir-biridan farqlanavermaydi. Shuning uchun, ko'pincha nutqqa xos hodisalar til hodisasi sifatida talqin qilinib keldi.
Keyingi davrlarda til bilan nutqni farqlab yondashish o'zbek tili tadqiqotlari uchun asos qilib olina boshlagani nutq tovushi va fonema, fonetik va fonematik o'zgarishlar, leksema, leksik va situativ nominatsiya, qurilma va ularning yuzaga chiqishi, lug'aviy birliklarning makro va mikro tekstdagi xususiyatlarini, o'zbek tili sintaksisi sathida mohiyat va hodisa kabi masalalarni atroflicha chuqur tadqiq moliyat va hodisa kabi masa etish imkonini yaratmoqda.
Til va nutq tushunchalarining tarixiy taraqqiyotdagi madaniy xizmati cheksiz. Biroq, tilning ifoda imkoniyatlari nutq orqali, nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo'lmas ekan, tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi.

Download 40.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling