Til va nutq aloqasi


Download 40.66 Kb.
bet14/17
Sana28.07.2023
Hajmi40.66 Kb.
#1663141
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
altyn

58.Ilmiy uslub

lmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g’risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi.


Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi.
Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlarid


57.Tеrminlarning yasalishi

Termin (lot. terminus - chek, chegara, chegara belgisi) - ilm- fan va kasb-hunar sohalariga oid narsa, voqea-hodisa haqidagi tushunchalarni aniq ifodalaydigan, ma’nosi maxsuslashtirilgan, qo‘llanish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki birikma. Har bir fan yoki sohaning o‘ziga xos terminlari mavjud. Ayrim ilmiy manbalarda termin o‘rnida atama, istiloh so‘zi qo‘llanmoqda.


O‘zbek tilida so‘z yasalishi O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi so‘zlar tub va yasama so‘zlarga bo‘linadi. Masalan: kitob – tub so‘z, kitobxon esa yasama so‘z; bug‘doy, rang so‘zlari alohida-alohida olinganda tub so‘zlar, ammo bug‘doyrang – yasama so‘z; tog‘ – tub so‘z, ammo tog‘ma-tog‘ yasama so‘z; besh, o‘n tub so‘zlar, o‘n besh yasama so‘z hisoblanadi.


60.Imlo me’yorlari haqida ma’lumot bering.

Imlo me'yorlari , ya'ni to‘g‘ri yozish me'yorlari nutqiy savodxonlikni belgilovchi asosiy mezon sanaladi . Imlo me'yorlari til vakillari tomonidan ongli ravishda kelishilgan holda yaratiladi . Bu me'yorlarning amal qilishi maxsus imlo.3 qoidalari bilan tasdiqlanadi . Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi asosidagi yozuv me'yorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995 - yil 24 - avgustda tasdiqlangan « O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari » ga tayanadi . Unga harflar imlosi , o‘zak va qo‘shimchalar imlosi , bo‘g‘in ko‘chirish , so‘zlarni qo‘shib va ajratib yozish kabilarga oid qoidalar kiritilgan . Yozma nutqda bu qoidalarga amal qilish majburiydir .


- i unlisi bilan tugagan fe'llarga qo‘shilgan - v , - q qo‘shim chalari i unlisini u ga aylantiradi . Masalan : sovi >sovuq , to`qi > to‘quvchi , o‘qi o‘quv . Lekin og‘riq , iliq , qaviq so‘zlarining o‘zagidagi i oʻzgarmaydi .
- illa qo‘shimchasi orqali taqlidiy so‘zlardan fe'l yasalganda ( taqilla , chirilla kabi ) asos so‘z tarkibida v yoki y tovushi bo‘lsa , bu qo‘shimcha -ulla tarzida aytiladi va shunday yoziladi : gurulla , shovulla , lovulla kabi .
Unli tovushlar bilan tugagan parvo , avzo , obro ' , mavzu , mavqe kabi fors - arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda quyidagicha yoziladi :
a ) I va II shaxs qo‘shimchalari qo‘shilganda ushbu so‘zlardan so‘ng y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi : parvoyim , avzoying , obro‘yingiz , mavzuyim , mavqeying kabi ;
b ) III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo , obro ' , avzo , mavqe so‘zlariga -yi shaklida qo‘shiladi , mavzu , orzu soʻzlariga -si shaklida qo‘shiladi : avzoyi , obro‘yi , mavzusi , orzusi kabi .



Download 40.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling