Til va nutq aloqasi


Download 40.66 Kb.
bet13/17
Sana28.07.2023
Hajmi40.66 Kb.
#1663141
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
altyn

55.Yozuv haqida ma’lumоt
56.Yozuvlar tariхi

Dastlab Osiyoliklar yozuv materiali sifatida sopol taxtachalardan foydalanganlar. Yahudiylar esa qo‘rg‘oshin plastinkalarga yozganlar. Rim imperatorligida mis va asl metallar kumush, oltin ishlatilgan. Keyinchalik yozuv ashyolari olinadigan eng qulay manba o‘simliklar dunyosi bo‘lib qolgan. G‘arb xalqlarining ko‘pchiligi yozish uchun daraxt po‘stlog‘i va taxtachalardan foydalanganlar. Rimliklar birinchi bo‘lib taxtachalarga yoza boshlaganlar. Ular qora qayin; gipsdan kitob shaklida taxtachalar tayyorlab, sirtiga mum surtganlari va yozuv materiali sifatida ishlatganlar. Sharq mamlakatlarida taxtachalar o‘rniga palma bargi qo‘llangan. Shuning dek, surp va shoxlarga ham yozganlar. Qadimgi arablar esa suyakka, ayniqsa fil suyagiga xat bitganlar. Misrliklar yozuv uchun papirusni ixtiro qilishgan. Ular papirusdan qayiq yasashgan, bo‘yra va ip to‘qishgan, poyabzal tikishgan. Papirusning eng yaxshi poyalaridangina qog‘oz tayyorlangan Papirusdan qog‘oz tayyorlash usuli qat’iy sir saqlangan. O‘sha paytlarda papirus savdoda zig‘irdan keyin ikkinchi o‘rinda turgan. Papirus so‘zi asli yunoncha (papuros) bo‘lib, qog‘oz degan ma’noni anglatadi. Papirus so‘zi o‘zbek tilida quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi: 1) tropik va suptropik mamlakatlarda o‘sadigan qamishsimon ko‘p yillik o‘simlik; 2) qadimgi misrliklar va boshqa xalqlar tomonidan shu o‘simlik poyasini yelimlab yopishtirib, o‘rama shaklida tayyorlangan, qog‘oz o‘rnida foydalanilgan material; 3) shunday materialga yozilgan qadimgi matn. Shuningdek, tilimizda papirus so‘zi asosida yuzaga kelgan.




59.Adabiy va badiiy nutq orasidagi farq nimada

Arаb yоzuvlаri milоddаn o‘rtа hisоb bilаn ming yil muqаddаm mа’lum bo‘lgаn. Milоddаn аvvаlgi birinchi ming yillikning bоshlаridаn tо milоdimizning VII аsrigаchа, ya’ni аrаblаr istilоsigаchа, хаlqimiz runik yоzuvidаn kеng fоydаlаngаn. Аrаb istilоsigаchа vа undаn kеyin аnchа vаqtgаchа O‘rхun-Enasoy, Avеstо, Sug‘d, Qаdimgi Хоrаzm, Qаdimiy uyg‘ur yоzuvlаridаn kеng fоydаlаnilgаn. Jumlаdаn, Avеstо yоzuvidа zаrdushtiylik dinining 27 jilddаn ibоrаt muqаddаs kitоbi, o‘z dаvrining hаqiqiy еnsiklоpеdiyasi hisoblangan “Аvеstо” bitilgаn. 2001- yildа Yunesko qаrоri bo‘yichа butun dunyо bo‘ylаb “Avesto”ning 2700 yilligi nishonlandi. Yuqоridа sаnаb o‘tilgаn hаr bir yоzuvdа ko‘plаb bаdiiy, fаlsаfiy mazmunda yarаtilgаn, qаdimiy rivоjlаngаn dаvlаtlаr mаdаniyati o‘z ifоdаsini tоpgаn. Аfsuski, bu аsаrlаr, ulаr sаqlаngаn kutubхоnаlаr аrаb istilоchilаri tоmоnidаn shаfqаtsiz yo‘q qilingаn. Lеkin, хаlq оngidа vа аmаliy hаyоtidа аrаb istilоsigаchа mаvjud bo‘lgаn yоzuvlаrdаn fоydаlаnish оdаti qismаn XVI аsrgаchа sаqlаngаn.


Хаlqimizning аrаb istilоsigаchа bo‘lgаn yоzuvlаri tаriхini o‘rgаnish, ulаrning аlifbо tizimi bilаn оmmаni tаnishtirish, shu yоzuvlаrdа yarаtilgаn аsаrlаrni tоpish vа nаshr еtish, shu аsоsdа millаtimiz dunyоqаrаshini kеngаytirish, tаriхimizning bаrchа mа’nаviy bоyliklаridаn хаbаrdоr qilish mustаqillikni mustаhkаmlаshning shаrtlаridаn biridir.
Adabiy so‘zlashuv uslubi umumxalq adabiy tilining keng tarqalgan va barcha sohalar uchun bop turi bo‘lib, u adabiy me’yorlarga mos, ishlangan va tartibga solingan bo‘ladi.
Adabiy so‘zlashuv uslubi kundalik muloqot uchun xizmat qiladi, o‘qitish ishlari, tarbiya va tashviqot shu uslubda olib boriladi, badiiy adabiyot shu uslubda yaratiladi.
Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki tinglovchiga hissiy-estetik ta’sir etishga yo‘naltirilganligi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalardan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo‘llashi yoki o‘zi yangilarini yaratishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi.
Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko‘lami, ijod usuli, poetik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o‘ta qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va adabi-yot asarlari shu uslubda yaratiladi



Download 40.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling