Til va nutq aloqasi


Buyruq hujjati qanday yoziladi


Download 40.66 Kb.
bet11/17
Sana28.07.2023
Hajmi40.66 Kb.
#1663141
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
altyn

107
Buyruq hujjati qanday yoziladi

Buyruq — 1) yakka hokimlikka asoslangan huquqiy hujjat. Muayyan muassasa yoki boshqa tur tashkilot oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qoʻllaniladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shartsharoitlar, sabablar koʻrsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruq havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). Baʼzi buyruqni asoslashga hojat boʻlmasligi mumkin, bunday hollarda ular toʻgʻridantoʻgʻri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi; 2) Qurolli Kuchlarda boshliqning oʻz qoʻl ostidagilarga yozma yoki ogʻzaki ravishda bergan farmoyishi; bu farmoyish boʻysunuvchilar uchun qonun hisoblanadi.


108👇
BUYRUQDAN KO‘CHIRMA
Amaliyotda asosiy faoliyatga oid buyruqlardan ko‘chir- ma tayyorlashga ehtiyoj tug‘iladi. Hujjatdan ko'chirma - asl hujjatning muayyan bir qismidir. Buyruqdan ko‘chirma buyruqning farmoyish qismidan oldingi hamma qismlarini qamrab oladi. Buyruqning farmoyish qismidan esa faqat aniq holat uchun zarur bo'lgan ma’lumot olinadi.
Buyruqdan ko‘chirma, odatda, blankaga yozilib, tasdiqlab beriladi: «Asliga to‘g‘ri» jumlasi bilan kotib (yoki buyruqdan ko‘chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi. Buyruqdan ko‘chirma electron shaklda olinganda, electron raqamli imzo yoki QR kod bilan yoxud boshqa himoya vositalari bilan ham tasdiqlanishi mumkin. 9-10-ilovalarda buyruqdan ko`chirma na’munalari berildi.
109👇

Ko‘rsatma


Idoralarda xabarsifat - metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bogMiq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko'rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ulaming o'rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko'rsatma muassasaning o'ziga xos ish qog'oziga bosiladi. U ham buyruq kabi odatda. sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon «maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llaniladi va «YUKLAYMAN», «TAVSIYA ETAMAN» so'zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «TAVSIYA ETAMAN» so‘zi qoMlanadi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi.
110👇

Farmoyish — boshqaruvga doir huquqiy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalarga oid qarori F. shaklida chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94moddasida koʻrsatilishicha, Prezident konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar va F.lar chiqaradi. "Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fukarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va F.lar chiqaradi" (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 98modda). Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi F.lar chikarishi Konstitutsiyada koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, muassasa rahbarining yakka uzi tomonidan chikariladigan huquqiy hujjatlar ham F. hisoblanadi. F. mansabdor shaxslarning muayyan aniq doirasiga moʻljallanib, uning amal qilish va bajarilish muddati belgilangan boʻladi.

FARMON — 1) muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (Prezident) chiqaradigan muhim huquqiy hujjat. F. bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi. Umumiy qoidaga koʻra, F. mazkur davlat konstitutsiyasi va qonunlariga (OʻzRda — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Krraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va OʻzR qonunlariga) zid boʻlmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida Prezident F.lari Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasi roziligisiz mustaqil tarzda Prezident tomonidan qabul qilinadi. F. — mazmun va mohiyatiga koʻra, konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon boʻlib, yuridik kuchi nuqtai nazaridan konstitutsiya va qonun normalariga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonuni (2000-yil 14 dek.)ga koʻra, Prezident F.lari belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart. Gʻarb mamlakatlarida, F.ga oʻxshash hujjatlar koʻpincha dekret (AQShda ijro etuvchi direktivalar) deb ataladi; 2) Eron shohlari, Usmonli turk imperiyasi sultonlari, Old va Oʻrta Sharq mamlakatlarida qad. hukmdorlarning oliy buyrugʻi


Zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi.
2. Hujjat nomi ( Buyruqdan ko‘chirma).
3. Sanasi.
4. Raqami (№).
5. Joyi.
6. Sarlavhasi.
7. Matni (asoslovchi qismi, «BUYURAMAN» so‘zi, farmoyish qismidan
kerakli bandi).
8. Imzo chekkan shaxs.
9. Tasdiqlash famiiiyasi (yoniga «imzo» degan so‘z yoziladi) belgisi...
Farmoyish
Muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo'lib, uning kuchi bo‘limlaming tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqorolarga taalluqli boMadi. Farmoyish matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida «BUYURAMAN» so‘zi o‘miga «TAVS1YA QILAMAN», «RUXSAT BERAMAN» kabi iboralar ishlatiladi.
Ko‘rsatma
ldoralarda xabarsifat - metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bogMiq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko'rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ulaming o'rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko'rsatma muassasaning o'ziga xos ish qog'oziga bosiladi. U ham buyruq kabi odatda. sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon «maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llaniladi va «YUKLAYMAN», «TAVSIYA ETAMAN» so'zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «TAVSIYA ETAMAN» so‘zi qoMlanadi. ICo‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash boMadi.



Download 40.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling