Til va nutq aloqasi
Download 40.66 Kb.
|
altyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19.Terminolgiya haqida ma’lumot bering
- 20. Argo so’zlar haqida ma’lumot bering.
18. Dialektalizm nima? . Ma’lum bir hududda yashovchi kishilar nutqiga xos leksema dialektal leksika deyiladi. Ular ilmiy terminologiyada dialektizm deb yuritiladi. Misollar: kalapo‘sh (Buxoro) – do‘ppi, g‘o‘z (Xorazm) – yong‘oq, mishiq (Farg‘ona) – mushuk, poku (Samarqand) – ustara
19.Terminolgiya haqida ma’lumot bering. Terminologiya (termin va … logiya) — 1) 1) leksikanutg bir sohasi; muayyan fan, texnika, ishlab chiqarish. tarmogʻining, sanʼat, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bogʻliq terminlari majmui; 2) tilshunoslikning terminlarni oʻrganuvchi sohasi. Terminologiya tor maʼnoda maʼlum bir sohaga oid maxsus leksika. Mas., fizika terminologiyasi, ijtimoiysiyosiy terminologiya, mashinasozlik terminologiyasi kabi. Terminologiya umumxalq tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi. Uz navbatida u, umumxalq tilining boyishi uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan birga rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni boshdan kechiradi. Maʼlum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina oʻsha tilda maxsus terminologiya vujudga keladi. 20. Argo so’zlar haqida ma’lumot bering. Argo (fransuz. argot) ayrim professional yoki sotsial guruhning o‘ziga xos tili. Argo bir necha til unsurlaridan iborat qorishiq va ko‘p hollarda, boshqalarga tushunarsiz nutq turida namoyon bo‘ladi. Argo nutqda kommunikatsiya predmetini sir tutish maqsadida qo‘llanadi: 1) o‘g‘rilar nutqida: mandarin (tilla), akula (panjarani kesish uchun moslama), kalamush (o‘z yaqinlarinikiga «tushadigan»), urkagan (tajribali o‘g‘ri); mahbuslar nutqida: maymun (oyna), shobla (qalloblar guruhi), bashli (pul) krokodil (qaychi), lebed (geroin), ment (militsioner), xafa qilmoq (zo‘rlamoq), pushka (pistolet). Argotizmlar turli koloniya, turma, guruh va hududlarda farqlanadi. Argo ham jargon kabi so‘zlashuv nutqida va badiiy adabiyotda sotsial-ramziy vazifa bajarish uchun ishlatiladi. O‘zbek tilshunosligida jargon va argo ilmiy tadqiq qilinmagan. Download 40.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling