Til va nutq aloqasi


Tinish belgilari haqida ma’lumot(ingliz va o‘zbek tili misolida


Download 40.66 Kb.
bet17/17
Sana28.07.2023
Hajmi40.66 Kb.
#1663141
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
altyn

89.Tinish belgilari haqida ma’lumot(ingliz va o‘zbek tili misolida).

Tinish belgilari ning qoʻllanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiygrammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) prinsiplari asosida belgilanadi.[1]Tinish belgilari oʻz vazifasiga koʻra, 2 ga boʻlinadi: a) chegaralovchi Tinish belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, bironbir gap boʻlagini intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib koʻrsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (soʻzlovchi)ning subyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qoʻshtirnoq, yagona qoʻshaloq belgi sifatida qoʻllanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi Tinish belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan boʻlaklarini, birgalik ergashishli qoʻshma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga koʻra turlarini, nutqning boʻlinganligini koʻrsatuvchi T.6.: nuqta, soʻroq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, koʻp nuqta. Baʼzi Tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish belgilari tuzilish jiqatdan ham 2 ga boʻlinadi: a) bir elementli Tinish belgilari — vergul, tire, nuqta; b) koʻp elementli Tinish belgilari Bu guruh, oʻz navbatida, 2 elementli (surok va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (koʻp nuqta) va 4 elementli (qoʻshtirnoq) Tinish belgilari ga ajraladi. Qoʻllanish oʻrniga koʻra, Tinish belgilari 3 guruhga boʻlinadi: gap oxirida qoʻllanadigan Tinish belgilari (nuqta, soʻroq va undov belgilari), gap oʻrtasida qoʻlanadigan Tinish belgilari (vergul) va aralash, yaʼni gapning turli oʻrinlarida qoʻllaniladigan Tinish belgilari (tire, ikki nuqta, qoʻshtirnoq, qavs, kup nuqta).




90.Hujjatlar tariхi
91.Hujjat turlari va uslublari
92.Hujjat tayyorlashda qanday sintaktik birliklardan foydalaniladi?

O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham ifodalaydi.


O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim davrlarga borib taqaladi.
O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham ifodalaydi.

O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim davrlarga borib taqaladi.



Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X- asr va undan oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto M.Qoshg'ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi, shuningdek, elchilarga beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asarida yorliq va noma ma’nosi o'rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi. Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog’il qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog‘ozlariga bitilga
Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi diplomatik aloqalarga oid bolib, arablarga qarshi harbiy kuchlami birlashtirish masalasiga bag'ishlangan. Hujjatlarda buyruqlar, soliq va boj yig‘ish moliyaviy harajatlar ro'yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm xarobalaridan esa charm va taxtachaga yozilgan hujjatlar topilgan. Tuproqqal'a hayot bo‘lgan davrdagi xonadan a'zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon-mol ro'yxati, xo'jalik asboblarining olingani haqidagi tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy tillar mutaxassisi S.E.Malov “Памятники древнетюркской письменности” (М-Л, 1951) asarida qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat, oldi- sotdi, ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi.
qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat, oldi- sotdi, ijaraga
Download 40.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling