Ikromova Muazzam Dilmurod qizi


Download 44.5 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1112147
TuriReferat
Bog'liq
1. Ikromova Muazzam TAQRIZ LOTIN TILIDA


Ikromova Muazzam Dilmurod qizi 13.00.02- Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi boʼyicha pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Oliy taʼlim muassasalarida boʼlajak chet tili oʼqituvchilarini CEFR asosida kasbiy tayyorlash metodikasi (ingliz tili misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi avtoreferatiga
TАQRIZ
Respublikada oliy taʼlim tizimini yetakchi chet el OTMlari tajribalari asosida sifat jihatdan rivojlantirish, talabalarda kasbiy kompetentsiyani rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Tadqiqotchi Ikromova Muazzam Dilmurod qizi tomonidan olib borilgan tadqiqot ishi aynan mana shu muammoni olib chiqilganligi bilan dolzarb sanaladi.
Tadqiqotchi Ikromova Muazzam Dilmurod qizi tomonidan tadqiq etilgan tadqiqot ishi oliy taʼlim tizimini islox qilishga doir qator farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarni bajarishda muayyan darajada xizmat qiladi.
Dunyoda jamiyat rivojlanishining asosiy pogʼonasi boʼlgan taʼlim jarayonida shaxsning shakllanib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy izlanishlar, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni asrash va kelajak avlodga yetkazish, ijobiy biznes muhitini yaratish, iqtisodiy va diplomatik hamkorlik uchun nutqiy muloqotni oʼrnatish vositasi sifatida chet tilini oʼrni katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Boʼlajak chet tili oʼqituvchilarini CEFR asosida tayyorlash orqali halqaro maydonda kommunikativ aloqalarni oʼrnatish, nafaqat, taʼlim tizimi uchun balki, iqtisodiy-ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirishga ham asos boʼlib hizmat qiladi. Bu esa, oliy taʼlim muassasalari boʼlajak chet tili oʼqituvchilarining kasbiy va kommunikativ kompetentsiyalarini takomillashtirishni taqozo etadi.
Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʼyicha yangi Oʼzbekistonning 2022-2026 yillarga moʼljallangan taraqqiyot strategiyasida mamlakatimiz rivojlanishida ahamiyatli hisoblangan taʼlim sifatini oshirish boʼyicha, xususan oʼrta taʼlim tizimini zamon talablariga moslashtirish, malakali kadrlar bilan taʼminlash hamda inson kapitalini rivojlantirish oldimizdagi asosiy ustuvor yoʼnalishlardan biri etib belgilandi. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʼrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida oliy taʼlim muassasalarida chet tilini oʼqitilishi sifat darajasini oshirish borasida xorijiy tillar boʼyicha oʼquv mashgʼulotlarini olib borayotgan pedagog kadrlarning malakasini oshirish boʼyicha oʼquv dasturini qayta koʼrib chiqish vazifasini qoʼyilganligi tadqiqot ishimizning ilmiy amaliy ahamiyatini yanada oshiradi.
Tadqiqotning kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, uning Oʼzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarining ustuvor yoʼnalishlariga muvofiqligi koʼrsatilgan, muammoning oʼrganilganlik darajasi tahlil etilgan, tadqiqot maqsadi va vazifalari, obʼekti, predmeti aniqlangan, tadqiqot metodlari, ilmiy yangiligi, olingan natijalarning ishonchliligi va amaliyotga joriy etilishi yoritilgan, nazariy va amaliy ahamiyati, eʼlon qilingan ishlar, dissertatsiyaning tuzilishi haqidagi maʼlumotlar keltirilgan.
Tadqiqotning maqsadi oliy taʼlim muassasalarida boʼlajak chet tili oʼqituvchilarini CEFR asosida kasbiy tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat etib belgilangan. Shunga koʼra, Tadqiqotning vazifalari:
• oliy taʼlim muassasalarida boʼlajak chet tili oʼqituvchilarini CEFR asosida kasbiy tayyorlash tuzilmasi va komponentlarini aniqlashtirish;
• boʼlajak chet tili oʼqituvchilarini CEFR asosida kasbiy tayyorlashning metodik taʼminotini takomillashtirish;
• boʼlajak chet tili oʼqituvchilarini CEFR asosida kasbiy tayyorlashning didaktik tizimini takomillashtirish;
• boʼlajak chet tili oʼqituvchilarini CEFR asosida kasbiy tayyorlash bosqichlarini takomillashtirish deb belgilangan va samaradorlikka erishilgan.
Dissertatsiya avtoreferati mazmun hamda uning asosli ekanligini oʼrganish natijalariga asosan quyidagi mulohazalarni keltirish mumkin:
1. Аvtoreferatda berilgan muammolar va yechimlarning ayrim bandlarini konkretlashtirish maqsadga muvofiq boʼlardi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida qayd etilgan qamchilik dissertatsiya avtoreferati mazmuniga taʼsir qilmaydi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Farmonida Oʼzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarish, oliy taʼlimni modernizatsiya qilish borasida xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy taʼlimning ilgʼor standartlarini joriy etish, jumladan oʼquv dasturlarida nazariy bilim olishga yoʼnaltirilgan taʼlimdan amaliy koʼnikmalarni shakllantirishga yoʼnaltirilgan taʼlim tizimiga bosqichma-bosqich oʼtish vazifalari asosiy ustuvor yoʼnalishlardan biri etib belgilandi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi PF-5712-son farmoni, 2021 yil 19 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʼrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5117-son, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvar hamda 2020 yil 29-dekabrda Oliy Majlisga murojaatnomalari va Qarorlari va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son “Umumiy oʼrta va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi “Xorijiy tillarni oʼrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 312-son qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
13.00.02- Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi boʼyicha pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya yakunlangan, mustaqil bajarilgan, sodda pedagogik tilda bayon etilgan.
Dissertatsiya avtoreferati OАK talablari asosida rasmiylashtirilgan, shuningdek, dissertatsiya avtoreferatining mazmuni eʼlon qilingan ishlar mazmuniga mos keladi, tadqiqot ishi yakunlangan. Tadqiqotchi Ikromova Muazzam Dilmurod qizining “Oliy taʼlim muassasalarida boʼlajak chet tili oʼqituvchilarini CEFR asosida kasbiy tayyorlash metodikasi (ingliz tili misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi 13.00.02- Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi boʼyicha pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.
QDPI Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va
huquq ta’limi kafedrasi pedagogika fanlari
bo’yicha falsafa doktori (PhD), v/b dotsenti J.A.Qurbonov
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling