Til va nutq aloqasi
Metafora haqida ma’lumot bering
Download 40.66 Kb.
|
altyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 87.Sinekdoxa haqida ma’lumot bering
- 88.So‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
85.Metafora haqida ma’lumot bering
metaphora — koʻchirish, koʻchim) ad. Soʻz yoki iborani oʻxshashlik yoki oʻxshatishga asoslangan koʻchma maʼnoda ish-latish va shunday maʼnoda ishlatilgan soʻz yoki ibora; istiora, majoz (maye., quloq soʻzi-ning dutorning qulogʻi, "bosh" sozining "kochaning boshi" birikmasilaridagi maʼnosi metafora asosida yuzaga kelgan 87.Sinekdoxa haqida ma’lumot bering Sinekdoxa (yun. synekdoche — birga nazarda tutmoq, birga oʻylamoq) — metonimiya (majoz)ning koʻrinishlaridan biri; S.da ham maʼno koʻchishi oʻxshashlik, bogʻliklikka asoslansada, bu yerda koʻchish obʼyektlari oʻrtasidagi miqdoriy belgi yetakchilik qiladi; butun narsaning nomini uning qismi nomi bilan va, aksincha, qism nomini butun narsaning nomi bilan atash, koʻplik sondagi soʻz oʻrniga birlik sondagi soʻzni qoʻllash yoki aksincha ishlatish, baʼzan jinstur munosabatidagi soʻxtarning birbiri oʻrnida qoʻllanishi va boshqa Masalan, "tirnoqqa zor boʻlmoq" iborasida tirnoq (qism) soʻzi bola, farzand (butun) maʼnosida, "besh qoʻl barobar emas" iborasida esa qoʻl (butun) soʻzi barmoq (qism) maʼnosida qoʻllangan; M. Sholoxov oʻz asariga "Inson taqdiri" deb nom qoʻyganda ham alohidalik (inson) oʻrnida umumiylikni (odamlar, butun bir xalq) nazarda tutgan. "Sotuvchi, haridor bilan xushmuomala boʻl!" koʻrinishidagi shiorlarda ham birlik sondagi sotuvchi va haridor soʻzlari aslida barcha sotuvchi va haridorlarni nezarda tutadi. S. badiiy adabiyotda asarning taʼsirchanligi va emotsionalligini oshirishda yoki subyektiv munosabat bildirishda muhim vosita hisoblanadi 88.So‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari So'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari So'zlar shakl va ma'nosiga ko'ra 4 turga bo'linadi bular: 1⃣ Omonimlar-shakldosh so'zlar. 2⃣ Sinonimlar-ma'nodosh so'zlar. 3⃣ Antonimlar-zid ma'noli so'zlar. 4⃣ Paronimlar-talaffuzdosh ammo turli ma'noni anglatuvchi so'zlar. OMONIMLAR Omonimlar(omo ... va yun. oputa — nom, ism) — umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan, tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar omonimiya deyiladi. O.ning lugʻaviy va grammatik koʻrinishlari farqlanadi.O.ning tilda paydo boʻlish sabablari turlichadir: avvallari har xil aytilib, bir xil eshitiladigansoʻzlar talaffuzining tarixiy jarayonda tovush almashinishi yoki talaffuz oʻzgarishi natijasida bir-biriga mos kelib qolishi; (ot — ism, ot — hayvon; oʻt — olov, oʻt — oʻsimlik) boshqatillardan oʻzlashgan soʻzlarning talaffuz va yozilish jihatidan onatilidagi soʻzlarga mos kelib qolishi (turbosqich; tur-xil, nav); tilda mavjud boʻlgan koʻp maʼnoli soʻz maʼnolarining bir-biridan uzoqlashishi (dam — nafas; dam — hordiq; dam — bosqon) va boshqa O. bir yoki bir necha soʻz turkumi doirasida boʻlishi mumkin: bir soʻz turkumi doirasida omonimik uya tashkil etuvchi, yozilishi va talaffuzi aynan bir xil boʻlgan soʻzlar toʻliqyoki mutlaq O. deyiladi (chang —gʻubor, toʻzon; chang — cholgʻu asbobi); faqat ayrim shakllardagina mos keladigan, boshqa-boshqa turkumlariga mansub soʻzlar notulik O., boshqacha aytganda, omoshakllar deyiladi, qoʻy (hayvon) — qoʻy (feʼlning buyruq shakli). SINONIMLAR Sinonimlar(yun. synonymos — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv, uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa Mas, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi.Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan suzlar guruhi S.l ar qatorch deyiladi. S.lar qatori 2va undan ortiq suzdantashkil topadi. Mas, buloq — chashma S. qatori 2 suzdan, yuz—aft— bashara — bet... S. qatori esa kup suzlardan tuzilgan. Kup maʼnoli suzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolaribilan bir yoki birdan ortiq S. qatoriga kirishi mumkin. Mas, bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga,boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kirad PARONIMLAR Paronimlar(para... va yun. Onyma — nom, ism) — talaffuzi, eshitilishi va morfem tarkibi oʻxshash, leksik maʼnolari boshqa-boshqa yoki qisman yaqin boʻlgan soʻzlar. Tilda ana shunday soʻzlarning mavjud boʻlish hodisasi paronim i ya deyiladi. Paronimiya muammosi nutkda P.ni ataylab yaqinlashtirish yoki ularning maʼnosini bilmay, farqlamay adashtirib qoʻllash (nutqiy xato) natijasida kelib chiqadi. P.ning qoʻllanishi bilan borlik, bunday masalalar tegishli ravishda nutq madaniyati va uslubshunoslik tomonidan oʻrganiladi. "P." terminini dastlab Aristotel yasama soʻz maʼnosida taklif etgan. Misol uchun quydagilar paronim bo'ladi: Xol- hol Abzal-afzal Tanbal-tambal Yoqilg'i-yonilg'i ANTONIMLAR Antonimlar(anti ... va yun. onoma — ism, nom) — zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. (baland — past, uzun — qisqa); 2) affik-sal A. (suvli — suvsiz); 3) sintaktik A. (ochiq yuz — tund bashara). Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli so‘zlar antonim deyiladi.Antonimik juft hosil bo‘lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan o‘zaro qarama qarshi bo‘lishi kerak. Fe’llardagi bo‘lishli-bo‘lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qo‘llanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tunu kun (har doim). Ko‘p ma’noli so‘z o‘zining har birma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga sinonim bo‘lishi mumkin: xafa so‘zi bir o‘rinda xursand so‘ziga antonim bo‘ladi.Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam.Bundan tashqari unga sinonim bo‘lgan shod, xushvaqt kabi so‘zlarga antonim bo‘la oladi. Demak, bir so‘z sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlarning har biri bilan atnonim bo‘la oladi: qattiq – yumshoq, saxiy; tez – sekin, og‘ir; chiroyli – go‘zal – xushro‘y– ko‘hlik; xunuk – badbashara – badburush – ta’viya. Antonimik juftlar ko‘chma ma’noifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga ko‘chgan), achchiq-chuchuk (otga ko‘chgan). Download 40.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling