Til va nutq aloqasi
Shartnoma hujjati qanday tayyorlanadi
Download 40.66 Kb.
|
altyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 104 . Guvohnoma hujjati haqida ma’lumot
103
Shartnoma hujjati qanday tayyorlanadi. Shartnoma — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimniig turi, sharhidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan Shartnoma mazmuni bayon qilingan hujjat ham „Shartnoma“ termini bilan ataladi. „Shartnoma“ soʻzining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar Shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi, Shartnoma tuzish burchi qonumajburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shahrini ham tuzishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining FKda Shartnoma toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar, shahrining koʻrinishlari, Shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi bayon qilib berilgan (FK, 353 —385moddalar). Xalqaro huquqdagi Shartnoma tushunchasi toʻgʻrisida xalqaro shartnoma, mehnat huquqidagi Shartnoma tushunchasi toʻgʻrisida mehnat shartnomasi, tadbirkorlik faoliyati subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan fuqarolik huquqiy Shartnoma haqida xoʻjalik shartnomasi maqolalariga qarang. 104 . Guvohnoma hujjati haqida ma’lumot GUVOHNOMA — 1) yuridik faktlarni (mas, bola tugʻilganini, nikohdan oʻtilganini, nikoh bekor qilinganini) tasdiqlaydigan hujjat. G., albatta, tasdiqlanishi shart boʻlgan yuridik faktlarni nazarda tutadi, bu shart qonun yoki boshqa huquqiy hujjatlarda koʻrsatiladi. Guvohnoma shaqli va belgilari tegishli huquqiy hujjatda qayd etilib, ularga rioya qilmaslik Guvohnoma haqiqiy deb topilmasligiga sabab boʻlishi, mazmuni boʻyicha faqat sud orqali bahslanishi mumkin. Guvohnoma maxsus nom bilan ataladi (mas, oliy oʻquv yurtini bitirganlik toʻgʻrisida yoki prof. ilmiy unvonini berish toʻgʻrisida Guvohnoma va h. k.); 2) muayyan sohada ishlayotgan yoki tahsil olayotgan shaxslarga (mas, Prezident devoni, Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, sud, militsiya, Adliya vazirligi xodimlariga, advokatlarga, oliy oʻquv yurti talabalari, oʻqituvchilari va h. k. ga) topshiriladigan, egallab turgan lavozimlari yuzasidan guvohlik beradigan hujjat; 3) maʼlum bir shaxsning xizmat va b. holatlarini, shuningdek, biror ishga (mas, taftish oʻtkazishga) vakolatini tasdiklovchi hujjat. Shaxsga muayyan malaka berilganligi haqidagi Guvohnoma va shu turdagi boshqa Guvohnoma larda uning muddati koʻrsatilmaydi, malaka komissiyasi raisi va aʼzolari imzosi boʻladi. Biror shaxsga muayyan imtiyoz berilganligi haqidagi Guvohnoma matnida tegishli qonun yoki hukumat qaroriga havola yoziladi. Download 40.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling