Til va yozuv masalalari


Download 25.26 Kb.
bet3/5
Sana02.01.2022
Hajmi25.26 Kb.
#197294
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu f17a79525bc6d9199b09e447d8c214d9

Yozuv turlari

Piktografik yozuv

Logografik, yozuv

Iyeroglifik yozuv

Ideagrafik yozuv

Mixsimon yozuv

Fonografik yozuv
Ko’pchilik olimlarning fikricha, har qanday yozuvning asosida musavvirlik yotadi. Atrof-tevarakdagi narsalarni suratda aks ettirish hamma xalqlarga xosdir. Shuning uchun hozirgi zamon yozuvi bo’lmagan paytda odamlar ba’zi hodisa va voqealarni uzoq, masofaga yetkazish niyatida yoki zamonda abadiylashtirishni, jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish yo’li bilan amalga oshirishgan. Bunday yozuv piktografik yozuv deb nom olgan. Bu atama ikki so’zdan iborat bo’lib, birinchi yarim lotincha pictus (chizilgan) va ikkinchi yarmi grekcha grapho yozaman degan ma’nolarni anglatadi. Bu yozuvning birliklarini piktogrammalar deb atashgan.
ORFOGRAFIYA

Adabiy tilning yozma shaklini, to‘g`ri yozuv qoidalarini (imlo qoidalarini) o‘rganadi. Imlo qodalari quyidagi tamoyillarga – prinsiplarga asoslanadi:

1.Fonetik yozuv- bu yozuv qoidasiga ko‘ra so‘z o‘zak-negizida birorta fonetik hodisa kuzatiladi. Fonetik hodisalarga asosga qo‘shimcha qo‘shilishi bilan yuz beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi.

Tovush tushishi - bunga ko‘ra asosga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida asosda unli yoki undosh tovush tushib qoladi. Masalan: past, sust so‘zlariga –ay fe’l yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilsa tovush tushadi: pasay, susay;ikki, olti, yetti kabi sonlarga jamlovchi son qo‘shimchasi qo‘shilsa (-ov, -ala, -ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikkov, yettalasi, oltov.

Men, sen kabi olmoshlariga qaratqich va tushum kelishiklari qo‘shimchasi (–ni,-ning) qo‘shilsa: meni, seni, mening, sening.

Bag`ir, ko‘ngil, shahar kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, ikkinchi bo‘g`indagi a, i, u kabi unlilar tushib qoladi: shahri, ko‘ngli, bag`rim, burni kabi.


Download 25.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling