Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi
Download 5,03 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti
mehnatchi – mehnatkash, tilchi – tilshunos, qonunchi – qonunshunos, do’ppichi –
do’ppifurush – do’ppido’z, holvachi – holvafurush, muqovachi – muqovasoz, tunukachi – tunukasoz, somsachi – somsapaz, mantichi – mantipaz, maslahatchi – maslahatgo’y, qasidachi – qasidago’y, etikchi – etikdo’z kabilar (T o j i ye v Yo. O‘zbek tilida shaxs otlari yasovchi affikslar sinonimiyasi. – Toshkent, 1987, 12- 62-betlar). Misollar tahlilidan kelib chiqib, sifat so‘z turkumi doirasidagi grammatik birliklar anchagina me‘yorlashganligini ayta olamiz. Ularda faqat qo‘llanishdagi uslubiy farqlarni ajrata bilish lozim. Masalan, sifat yasovchi qo‘shimchalarning asosiy qismi umumiste‘moldagi birliklar bo‘lib, barcha uslublarda ishlatilsa-da, -dor, -kor, -mand, -omuz, -’arast, -’arvar, ba-, ser-, no- lar adabiy tilda so‘zlashuvchilar nutqida, -iy, -viy, -gan, -simon, -on, -ik, -iv, -al, - shunos affikslarining ilmiy, ommabop va rasmiy uslublarda bir muncha faolligi seziladi. Badiiy uslubda esa –lik qo‘shimchasining –liq, -lig’, -luq, -lug’ kabi variantlari ajralib turadi (K a r i m o v S. O‘zbek tilining badiiy uslubi. – 22 Samarqand, 1992, 53-54-betlar). Binobarin, vazifaviy uslublar nuqtai nazaridan ular ana shu tarzda me‘yorlashgan. Ammo, bu o‘rinda gap butunlay boshqa masalada - ularning o‘zaro sinonimlashuvi borasida ketayapti. «O‘zbek tili grammatikasi»da «O‘zlik daraja formasi asosan - (i)n, ba‘zan - (i)l affiksi yordamida obektli fe‘llardan yasaladi: tashlanmoq, maqtanmoq, qo’shilmoq va boshqalar. Bir-ikkita fe‘ldagina o‘zlik daraja formasining - (i)sh affiksi yordamida yasalishi uchraydi: joyla - joylash, ker – kerish kabi» deyilgan (O‘zbek tili grammatikasi, 1 tom, 445-446-bet). Ammo til materiallari bunday holatlarning ham anchagina ekanligini ko‘rsatadi: asabiylanmoq – asabiylashmoq, butunlanmoq – butunlashmoq, vahshiylanmoq – vahshiylashmoq, dadillanmoq – dadillashmoq, yengillanmoq – yengillashmoq, yovuzlanmoq - yovuzlashmoq, jarangsizlanmoq - jarangsizlashmoq, joylanmoq - joylashmoq, jipslanmoq - jipslashmoq, juftlanmoq - juftlashmoq, zichlanmoq - zichlashmoq, loylanmoq - loylashmoq, loyqalanmoq - loyqalashmoq, moyillanmoq - moyillashmoq, moslanmoq - moslashmoq, muvofiqlanmoq - muvofiqlashmoq, oydinlanmoq - oydinlashmoq, ravshanlanmoq - ravshanlashmoq, ruhsizlanmoq - ruhsizlashmoq, razillanmoq - razillashmoq, sog’lomlanmoq - sog’lomlashmoq, suyuqlanmoq - suyuqlashmoq, soddalanmoq - soddalashmoq, siyqalanmoq - siyqalashmoq, sekinlanmoq - sekinlashmoq. taranglanmoq - taranglashmoq, tetiklanmoq - tetiklashmoq, takomillanmoq – takomillashmoq, tezlanmoq – tezlashmoq, tartiblanmoq – tartiblashmoq, tartibsizlanmoq – tartibsizlashmoq, ulanmoq – ulashmoq, uzoqlanmoq – uzoqlashmoq, uvoqlanmoq – uvoqlashmoq, xastalanmoq – xastalashmoq, xoslanmoq – xoslashmoq, xarobalanmoq – xarobalashmoq kabi. So‘zlarning ana shu shakllari imlo lug‘atlarda o‘z ifodasini topgan va ularda o‘zlik nisbatda qo‘llanilayotgan –lan/-lash qo‘shimchalarini sinonimlar sifatida qarash, binobarin, bunday qo‘llanishlarni me‘yoriy holat sifatida anglash mumkin. Ammo ularning qo‘llanilishida aylanmoq – aylashmoq, achchiqlanmoq – achchiqlashmoq, ishqalanmoq – ishqalashmoq, sudlanmoq – sudlashmoq singari holatlar borki, ularda yuqoridagi qo‘shimchalarni o‘zaro sinonim sifatida qarash 23 mumkin bo‘lmaydi. Chunki so‘zlarning ma‘nosidagi va fe‘llar nisbatidagi ikki xillik bunga imkon bermaydi. Gavdalanmoq, foydalanmoq, shodlanmoq, Download 5,03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling