Tillaga sotilgan nomus


Download 113.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi113.48 Kb.
#1330040
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tillaga sotilgan nomus (1)

Generated by Gulsanamxon Abdullayeva on February 2, 2023
Er: - darrov vahima qilma, dugonalaridan so’rab ko’rmadingmi? 
Biror ish bilan ushlanib qolgandir.
Ayol: - telfoni o’chiq, dugonalaridan ham so’radim. Hech kim 
bilmaydi. Ishdan chiqishganiga uch soat bo’libdi. 
Er: - biroz kutaylikchi. Balki kelib qolar. 
SAHNA - 9 (2 KUNDAN SO’NG)
Eshik taqqilladi. Eskiroq hovlining burchagida, So’rida bir 
qariya momo bilan Dono o’tirar edi. 
Momo: - Qizim eshikka qarangchi, kimdir keldi shekilli. 
Dono : - hop deb (eshik tomonga o’rnatilgan kamera tomonga 
yurdi. Boshqa bir kamerani yonidan ko’ylagining etagiga qadar 
tushgan sochlarini bitta qilib o’rilgan qiz o’tdi.)(kamera 
orqadan dononing eshikka yaqinlashishini kuzatib bordi). 
Eshikni ochib Dono hayrat va qo’rquvdan qotib qoldi. 
Dono: - Da..da. 
Dadasi: Dono bu yerda nima qilyabsan. (jahl bilan gapirdi) 
Dono: - da..da, haligi…
Dadasi: - tez oldimga tush sen bila uyda gaplashamiz
Qiz temir darvozali eshikdan chiqar ekan qo’shni uy eshigi 
oldida turgan yigitga (kameraga) qaradi. Yigir bilan ko’zlari 
to’qnashdi. Qizning uzun-uzun kipriklari orasidan yosh 
tomchisi dumaladi ( kamera tomchilarning dononi yuzidan 
yumalashini kuzatadi) 
Yigit(kamera) qiz o’tirgan mashina o’rnidan qo’zg’alib 
uzoqlashib ketguncha kuzatib turdi.
SAHNA - 10 (DONONING UYI)
Dononing uyida qarindoshlari, 6 kishilik xontahta atrofida 2 
ta xolasi, ammasi va amakisining xotini o’tirib 
o’zlaricha maslahat qilishyotgan edi. Dononing onasi 
xontahtaning pastida, ammasi yuqorida, amakising xotini uning 
o’ng tarafida, bir xolasi chap tarafda , uning pastida esa 
Dononing onasi o’tiribdi. Kichik xolasi tik turibdi. 
Ammasi: (zarda aralash) - qizingni vaqtida xolamning 
nevarasiga berishing kerak edi. Mana endi qara nima bo’ldi. 
Qizingni nomi qora bo’ldi. Butun mahallaning og’zida qizi bir 
yigit bilan qochib ketibdi degan gap. Hali ham bo’lsa 
ayttirib bervor .


6.
Generated by Gulsanamxon Abdullayeva on February 2, 2023
Dononing onasi: - qizim ko’nmasa, uni yaxshi ko’rmagan 
insoniga berolmayman ku. 
Amakising xotini: - qizingiz ko’nsa berasizmi? Qiz bolaning 
sevgisi to’ydan keyin bo’ladi
Dononing onasi - … (boshini egib, hayolchang ,oʻtiradi)
Kichik holasi: - opa qizingiz kelsin, ko’ngliga qo’l solib 
ko’ring. Balki rozi bo’lar usha bolaga tegishga. 
Hovlidan erining ovozini eshitib ayol shoshib turib ketdi. 
SAHNA- 11 
Dononing otasi: - onasi… (ovozini balandlatib xotinini 
chaqiradi)
Onasi: - voy, qizim, keldilarmi.
Qiz indamay boshini egib turaverdi.
Otasi: bor, ichkariga olib kir. (Keyin jahl bilan) ikkala 
qulog’ing bilan eshitib ollaring bugundan boshlab ostona 
hatlab ko’chaga chiqish yo’q. (darvoza tomonga burulib, 
ko’chaga chiqib ketdi, kamera darvoza eshik yopulguncha 
orqasidan kuzatib qo’ydi)
Onasi qizini olib (kamera tomong burulib) uyga kirib 
ketishdi.
SAHNA - 12
Qarindoshlari darvozadan chiqishmoqda (kamera uzoqroqd, chap 
burchakdan ko’rsatadi). uydan chiqishgach, 
xayrhushlashib ikki tarafga tarqalishdi. Uydan 
uzoqlashgach Dononing ammasi kelinini yoniga tortib 
pichirladi( kamerada Dononing kenayisi va ammasi yo’lda 
to’xtab pichirlashyabdi)
Ammasi: - xolamni qizi telfon qildi manga, bu yerda bo’lgan 
voqealarni eshitishibdi. Xullas, xolavachcham og’lini qiz 
bilan yuzma-yuz qilib qo’ysak bizga bir kamplakt tilla qilib 
berishga va’da berdi. 
Kenayisi: - buni qanday qilamiz. Baloga qolib ketmaymizmi? 
Ammasi: - e yoq, yigit faqat gaplashmoqchi ekan. Endi bunday 
qilamiz…(kamera tomon yurib, yurib gaplashib ketishdi.) 
SAHNA - 13
3 kundan so’ng Dononing Ammasi tel qildi. 


7.

Download 113.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling